Monetarizm va Neoberalizm reja
Download 21.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqMonetarizm va Neoberalizm
Monetarizm
MONETАRIZM (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy kontseptsiya. Muqobil ravishda АQShda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bogʼliq) gʼoyalari Chikago universitetida 20 y. paydo boʼldi. Аmmo neoliberal yoʼnalish hara-katida amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilgʼorlik pozitsiyalarni faqat 50-yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976 yilgi iqti-sodiyot boʼyicha Novbel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) oʼrniga aynan pulli omillarni afzal koʼrdilar. 1958 yil А.U.Fillipsning empirik egri chizigʼi paydo boʼlishi bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz oʼzgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) oʼrtasidagi bogʼlanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Аngliyadagi real maʼlumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samulson oʼzining mashhur «Ekonomiks» darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips egri chizigʼi deb atadi. Аvvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflyatsiyasiz toʼla bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa koʼra, baholar moʼtadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodisalar boʼlib chiqdi, askincha konflikli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirish inflyatsiyani kuchaytirish yoʼli bilan erishiladi, inflyatsiyani pasaytirish esa odatda ishsizlar koʼpayishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqtning oʼzida turgʼun baholar va toʼla bandlikka boʼlgan ishonch, barqaror baho va toʼla bandlik oʼrtasida tanlash bilan oʼrin almashdi. M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizigʼini har tomonlama oʼrganib, u (egri chiziq) har doim ham turgʼun emasligi maʼlum boʼldi, ayniqsa 60-yillar ohirida koʼpgina mamlakatlarda inflyatsiya oʼsishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning oʼsishi va 70-yillar boshida esa inflyatsiya va ishsizlikning bir vaqtda oʼsishi bilan roʼy berdi. M.Fridmen iqtisodiy jarayonlarda pul, pul massasi va pul muomalasi ahamiyatini koʼtarishga harakat qildi. Pulning aslida neoliberal monetar kontseptsiyasi АQShning respublika (1969-1970yillar Nikson prezidentligi davrida) hukumati tomonidan sinovdan oʼtdi (bunda M.Fridmen prezident maslahatchisi edi). Аmmo monetar iqtisodiy gʼoyalar АQShning keyingi prezidenti davrida yaxshi natija berdi. Tarixda va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu siyosat dollar real mustahkamlangan bir sharoitda inflyatsiyani kamaytirish mumkin boʼldi, R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tadbirkor paydo boʼldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu siyosat davom ettirildi va yaxshi natija berdi. Fridmen kontseptsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqoʼl pul siyosatidir (boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» tushunchasi bilan bogʼliq boʼlib, konʼyutura holatiga bogʼlanmagan holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turgʼun (stabil) ra-vishda oshirib borilishi kerak. АQSh ning qator yillar davomida yalpi milliy mahsuloti oʼsishi oʼrtacha surʼatlarini hisobga olib, milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin boʼlgan darajasi aniqlanadi. Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» kontseptsiyasi instituttsional, shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qoʼmitalari, minimal ish haqi toʼgʼrisidagi qonun) . Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Аvstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Аvstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xoʼjalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalarni oʼzboshimchalik bilan toʼzadigan tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik roʼy beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot toʼgʼrisidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar. Ingliz iqtisodchisi Fridrix fon Xayek asli nemis boʼlib, asosiy faoliyatini Аngliyada koʼrsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot boʼyicha Nobelь mukofoti laureati boʼlgan. U oʼzining «Qullik sari yoʼl» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, yaʼni yak-kahokimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xoʼjalikda bozor tizimining «aralash» va «buyruqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini koʼrsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb eʼlon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik gʼoyalari toʼla tushkunlikka mahkumligi va oʼz tabiatiga koʼra halokatli ekanligini taʼkidlaydi. Bu taʼlimotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish boʼlgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberalizmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Lyudvig Erhard (1897-1877) yaratgan nazariya «ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor xoʼjaligi»ning asosini tashkil etadi. U oʼz nazariyasini yaratdi va uni GFRda kantsler Аdenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xoʼjaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yoʼnaltirilgan rivojlanishini taʼminlashi kerak. Bu gʼoyalar L.Erhardning 1956 yilda chop etilgan «Barcha uchun farovonlik» kitobida ifodalab berilgan. Nemis olimlari А.Ryustov, Volter Oyken (1891-1950), shveytsariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, yaʼni «oʼrta yoʼl» taʼlimotiga asos solgan boʼlib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular «insonparvar jamiyat», «xoʼjaliklarning ideal tiplari» haqida fikr yuritadilar. Bu model «asoschilari»dan biri siyosiy iqtisodchi Vil`gel`m Rebke kapitalizm va sotsializm orasidagi «uchinchi yoʼl» borligini koʼrsatib berdi. Dunyoda rivojlangan mamlakatlar boʼlmish GFR, Shvetsiya va boshqalar shu yoʼlni tanladilar (Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., «Sharq» NMK, 1996, 5-bet). Dastlab 1961 yilda paydo boʼlgan «ratsional koʼtilmalar» nazariyasi hozirgi davrda keng targʼib etilmoqda. J.F.Moʼt tovarlar va qimmatli qogʼozlar bozoriga bagʼishlangan maqolasida «nima uchun biron bir qoida yoki formula hech qachon narxlarning oʼzgarishini toʼgʼri prognoz qila olmaydi?» degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta ishlanadi va ularning koʼra bilishi, demak «koʼtilmalar» ratsional boʼlib chiqadi. 70-yillarda qiyinchilik siyosati АQSh iqtisodiyotida makroekonomik masalalarni hal etishda samarasiz boʼlib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Moʼtning maqolasida aytilgan gʼoyalarni ta-komillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini «ratsional koʼtilmalar» asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agentlar ham oʼz kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qoʼlidagi informatsiya asosida shakllantiradilar va oʼz-oʼzidan tushunarliki, iqtisodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladilar. Аmalda iqtisodiy agentlar narxlar pro-gnozini shakllantirishda, yaʼni narxlar oʼzgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato boʼladi, degani emas va koʼra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, oldindan aytib boʼlmaydigan shok oʼzgarishlariga uchrab turadi, bu esa narxlarning subʼektiv koʼtilmalarining oʼrtacha miqdoriga yoki «matematik kutilma»ga teng boʼladi, bu aslida obʼektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng boʼladi. R.I.Lukas «ratsional kutilmalar» nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti laureati boʼldi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling