Reja Kirish Kadrlar siyosati va uning raqobatlashish taraqqiyotidagi roli Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi


Download 109.88 Kb.
bet1/10
Sana29.03.2023
Hajmi109.88 Kb.
#1307680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu


Reja
Kirish

  1. Kadrlar siyosati va uning raqobatlashish taraqqiyotidagi roli

  2. Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi, va aniqlash
    yo‘llari

  3. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

  4. Iqtisodiyotda kadrlar malakasini takomillashtirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan raqobatlashish ning mavqei alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasidagi aniq fikr va g‘oyalar belgilab berildi, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilinishi kerakligini aytdi. Bunda, “O‘zbekiston raqobatlashish i rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat raqobatlashish i raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun choratadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat”1 deb ta’kidlab o‘tdi.
Buni iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida raqobatlashish ning ulushi 2018 yildagi 35 foizdan 2019 yilda 37 foizga ortishi kutilayotganligidan ham ko‘rish mumkin.
Raqobatlashish ning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, ular raqobatlashish tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Raqobatlashish ning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda raqobatlashish ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo‘lgani kabi 2017 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo‘ljallangan aniq dasturiga ega bo‘lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u raqobatlashish ning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Buni yurtimizda amalga oshirilayotgan ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratilayotganligi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida e’tiborning kuchayayotganligi, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish borasidagi olib borilayotgan islohotlardan, «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish borasidagi, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishlarning samarali amalga oshirilayotganligidan va mamlakat iqtisodiyotda tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilib, iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulot tarkibida raqobatlashish ning ulushi oshirishga qaratilayotganligidan ko‘rish mumkin.


  1. Kadrlar siyosati va uning raqobatlashish taraqqiyotidagi roli

Raqobatlashish taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan taʼminlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida oʼrin egallaydi. Аyniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida raqobatlashish korxona (firma)larni kadrlar (xodimlar) bilan taʼminlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xodimlar (kadrlar) oʼzlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasi va maʼnaviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri hisoblanadi.
Shu sababli ham “Hamma ishlarni kadrlar hal qiladi” - degan mashhur qoida hozirgi kunda ham aslo oʼz dolzarbligini yoʼqotgani yoʼq. Аksincha bu asosiy fikr Respublika Prezidentining asarlari, maʼruzalari va suhbatlarida qayta-qayta tilga olinmoqda.
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatga ega. Аynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori boʼlsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish koʼrsatkichlari shunchalik yaxshi boʼladi.
Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini, garchi ular oʼrtasida maʼjoziy maʼnoda aytganda “xitoy devori” yoʼq boʼlsa va ular kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qoʼllansada, bir-biridan farqlash lozim.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, maʼlumoti, kasbiy koʼnikmalari, korxonaning u yoki bu boʼgʼinlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band boʼlgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy-malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi. Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat boʼlgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy “shaxs”, iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi.
Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar taʼsir koʼrsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va hokazolar. Аyniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kadrlar siyosatining dolzarb muammolari Prezident asarlari va nutqlarida nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan. Kadrlar siyosati Senat tomonidan koʼrib chiqiladi, koʼpgina qonun va qarorlarda oʼz ifodasini topadi.
1997 yilning avgust oyida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi va taʼlim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi – taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʼtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʼla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Bu strategik fenomen mamlakatimizda taʼlim tizimini eng zamonaviy talab – ehtiyojlar asosida oʼzgartirib yubordi. Davrimizning bu ulugʼvor hujjati qabul qilingandan beri kadrlar tayyorlash borasida tub yangilanishlar yuz berdi. Lekin keyingi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassislar yetishmayotganligi sezilib qoldi. Shu sababli Respublika Prezidenti va Senat hamda Vazirlar Mahkamasi istiqlol, mustaqillik bilan hamkorlik qilishga rozi boʼlgan, tayyor turgan barcha mutaxassislarni ishga jalb eta oldi. Аyni bir vaqtda yoshlar orasidan rahbar kadrlarni izlash, tanlash, tayyorlash va tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mavjud xodimlardan gʼoyat oqilona foydalanish manfaatlarini koʼzlab, ularni bir ish sohasidan boshqa ish sohasiga hamda bir hududdan boshqa bir hududga yuborish usulini keng qoʼlladi.
Mustaqillik yillarida xalq xoʼjaligining barcha sohalari uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, jumladan, raqobatlashish ning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, fidoyi, tafakkuri oʼtkir, tashkilotchilik qobiliyati zoʼr, oʼz ishini yaxshi biladigan mutaxassislar qoʼlida jamlangandir.
Mamlakatimizda XXI asr kadrlari oʼsib yetishmoqda, ular iqtisodiy, ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyotining eng murakkab muammolarini hal etishga qodirdirlar.
Raqobatlashish ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari (ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 2017 yilda mehnat resurslari soni 18672,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0 foiz ga o’sishi kuzatildi.
Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 foiz), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4315,2 ming kishini (23,1 foiz) tashkil etdi.
Respublikada ish bilan band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,7 foiz ga o’sdi.
2017 yilda ish bilan band aholi sonining 2016 yilga nisbatan yuqori o’sish sur’atlari tashish va saqlashda 2,6 foiz ni, moliyaviy va sug’urta faoliyatida 2,4 foiz ni, qurilishda 2,1 foiz ni va savdoda 1,9 foiz ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish bilan bandlarning asosiy ulushi qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi (27,3 foiz), raqobatlashish (13,5 foiz), savdo (11,0 foiz), qurilish
(9,5 foiz) va ta’lim (8,2 foiz) sohalari hissasiga to’g’ri keldi.
BMT statistika komissiyasi 1966 yilgi 14 sessiyasida «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasini joriy qilgan. Ularga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishida va xizmat qilishda qatnasha oladigan shaxslar majmuasi kiradi deb aytilgan.
Mehnat resurslari deganda mehnatga qobiliyatli yoshdagi (ayollar 16-54, erkaklar 16-59 yoshda) ishchilar soni tushuniladi. Bu chegara qonun orqali belgilangan. Mehnat resurslari chegaralangan, lekin hayotda nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar mehnat qobiliyatidan (ish kuchidan) foydalaniladi.
Har bir korxonada xodimlar siyosati ishlab chiqiladi va quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:

  • sog‘lom va ishlash qobiliyatiga ega jamoani shakllantirishga;

  • korxona ishchilarining malaka darajalarini oshirishga;

  • jinsi va yoshiga hamda malaka darajasiga ko‘ra optimal tuzilgan mehnat jamoasini shakllantirishga;

  • o‘zgarib borayotgan holatlarni anglaydigan, yangi va ilgor ishlab chiqarishni sezadigan va uzoqni ko‘ra oladigan yuqori mahoratga ega rahbarlarni tanlashga. Xodimlar siyosati o‘z ichiga quyidagilarn oladi:

  • xodimlar tanlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarish;

  • kadrlar tayyorlash va uzluksiz ularning malakasini oshirish;

  • to‘liq bandlik sharoitida xodimlarni yollash;

  • shakllangan ishlab chiqarish tizimiga muvofiq ishchilarni joylashtirish;

  • mehnatni rag‘batlantirish;

  • mehnatni tashkil etishni takomillashtirish;

  • korxona ishchilari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish va boshqalar.

Xodimlarni tanlashda odatda asosiy e’tibor uning ixtisoslashtirilgan bilimiga qaratiladi. Bu esa tez eskiradi. shuningdek, xodimlar va ishga kirmoqchi bo‘lganlarning qaysilari o‘z bilimini doimo oshirib borish qobiliyatiga ega ekanligiga e’tibor berilmaydi.
Gorvard universitetining prezidenti D.Bok ushbu holatga ishora bilan qayd etadiki: Agar siz bilim olishni qimmat deb hisoblasangiz, unda bilimsizlikdan keladigan zararni xisoblang. Savodsizlik va insoniy kapitalning etarli darajada sifatli emasligi uchun biz qiladigan xarajatimiz juda yuqori. shuning uchun kadrlarni o‘qitish bu xarajat emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun, korxona ishini doimiy takomillashtirib borish uchun zarur bo‘lgan omili deb qarash zarur.
Yaponiyada korxona va firmalarning kadrlar siyosati birinchi o‘rinda universitetlar va ilmiy markazlar bilan aloqalarni kuchaytirishga, ikkinchidan, raqobatlashish ni robotlashtirish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, bu ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning o‘sishidan tashqari, ishchi va mutaxassislar o‘rtasida raqobatchilik muhiti yaratilishiga ham xizmat qiladi.
Germaniyada iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasidagi deyarli barcha o‘zgarishlar kadrlar siyosati bilan bog‘liqdir. Korxonalarning kadrlar salohiyatini shakllantirishda xodimlar malakasi va ma’lumot darajasi asosiy omil hisoblanadi.
Kadrlar siyosati Fransiya va Italiya korxonalarida ham etakchi o‘rinni egallaydi. Gretsiyada raqobatchilik tufayli kompaniya va firmalar ishlab chiqarishni doimiy ravishda modernizatsiya qilishlari, yangi texnologiyalarni qo‘llashga yirik miqdordagi mablag‘larni sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Biroq modernizatsiyalashning yakuniy maqsadlariga xodimlar malakasi ishlab chiqarishning texnik darajasiga mos kelgan holdagina erishish mumkin. shu sababli ko‘plab raqobatlashish korxonalari ishchi va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini keng ravishda amalda qo‘llaydilar.



  1. Download 109.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling