Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni o‘tgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan kishilardir.
Ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatida qatnashishiga qarab raqobatlashish tarmog‘ida band bo‘lgan barcha kadrlar ikki guruhga bo‘linadi:
raqobatlashish -ishlab chiqarish personali (S.ICH.P) – asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari;
noishlab chiqarish personali – uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog‘liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;
rahbarlar – direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP);
xizmatchilar – hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).
Xodimlar soni deganda korxonada band bo‘lgan barcha ishchi va xizmatchilarning umumiy soni tushuniladi4. Bu ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
Ro‘yxatdagi xodimlar soni.
Ishga kelgan xodimlar soni.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni deganda korxona ro‘yxatiga kiritilgan doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlaydigan hamda shu korxonadan maosh oladigan barcha xodimlar tushuniladi.
Amaliyotda, ayniqsa, taxlil qilishda o‘rtacha ruyxatdagi xodimlar soni degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi. Bu bir oyga, bir chorakka, yarim yilga, to‘qqiz oyga va bir yilga hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |