85. Фуқаролик ҳуқуқ ва бурчлари вужудга келишининг қандай асослари мавжуд? Фуқаролик ҳуқуқлари қандай усуллар орқали ҳимоя қилинади? FKning 8-moddasi 2-qismida fuqarolik huquqlari va burchlari vujudga kelish asoslari sanab chiqilgan. Ulardan quyidagilardan iborat: 1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek, garchi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsada, unga zid bo‘lmagan shartnoma va boshqa bitimlardan;
2) davlat organlari hamda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida qonunda nazarda tutilgan hujjatlaridan; 3) sudning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilagan qarorlaridan; 4) qonun yo‘l qo‘ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; 7) asossiz boyib ketish natijasida; 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlar natijasida.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari FKning 11-moddasi mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib quyidagilardan iboratdir: huquqni tan olish; huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararni to‘lash; neustoyka undirish; ma’naviy ziyonni qoplash; huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish; davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi
86. Зарарни қоплаш деганда нимани тушунасиз? Давлат органлари ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари томонидан етказилган зарар ким томонидан тўланади? Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asosiy shakli boʻlgan zararni qoplashni uchta turi bor. Birinchisi zarar (real va boy berilgan foyda)ni qoplash (FKning 14-moddasi) boʻlib, bu umumiy xususiyatga ega. Bundan tashqari zararni qoplash maxsus usuli sifatida, agar huquqbuzar huquqbuzarlik orqali ma’lum bir foyda koʻrgan boʻlsa, mazkur foydani zarar koʻrgan shaxs foydasiga undirish ham qoʻllaniladi. Va nihoyat mualliflik huquq va turdosh huquqiy munosabatlarda zararlar yetkazilishidan qat’i nazar, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzar aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zararni oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlanishi (Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunning 65- moddasi) ham mavjud. Moddiy zararni qoplashdan tashqari ma’naviy zararni qoplash ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning alohida turlari boʻlgan majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik va zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni qoʻllash masalalari ushbu darslikning tegishli qismlarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |