1. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат тушунчаси ва турлари. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати. J


Фуқаронинг ҳуқуқ ва муомала лаёқати. Унинг вужудга келиши. Фуқарони муомалага лаёқатсиз деб топишга сабаб бўлган асослар


Download 101.11 Kb.
bet39/51
Sana06.05.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1435040
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
umumiy savol-javoblar(1)

87. Фуқаронинг ҳуқуқ ва муомала лаёқати. Унинг вужудга келиши. Фуқарони муомалага лаёқатсиз деб топишга сабаб бўлган асослар. Fuqarolik kodeksining 18-moddasi mazmuniga ko‘ra fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno (Fuqarolik kodeksining 23- moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan chunonchi, xizmat bo‘yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash choralari qo‘llanilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosidan tashqari boshqa fuqarolik huquqlarini cheklash choralari vaqtinchalik harakterga ega. Huquq layoqati inson tug‘ilgandan boshlab to u vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat bo‘lib hisoblanadi. Inson o‘zini holatidan qat’i nazar chaqaloq bo‘ladimi, aqli zaif bo‘ladimi, ruhiy hasta bo‘ladimi baribir to‘laqonli huquq layoqatiga ega. Yuqorida ko‘rsatilganidek umumiy qoida bo‘yicha huquq layoqati subyekti sifatida mavjudlik chaqaloq tirik tug‘ilishi bilan boshlanadi. Biroq, qonun ba’zi holatlarda hali tug‘ilmagan ya’ni ona qornida homila sifatida mavjud bo‘lganda ham uning kelgusidagi manfaatlarini qonun e’tiborga oladi, qo‘riqlaydi. Masalan, agar meros qoldiruvchi fuqaro vafot etgan hollarda uning nafaqat hayot paytida tug‘ilgan farzandlari balki, qonunda belgilangan tartibda meros ochilgandan so‘ng tug‘ilgan farzandlar ham merosxo‘r sifatida e’tirof etiladilar (FKning 1118- moddasi)

Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling