1. Notarial organlar vazifasi xato berilgan javobni toping


Download 27.17 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1707358
Bog'liq
8 sinf test umumiy


1. Notarial organlar vazifasi xato berilgan javobni toping.

A) pul summalari va qimmatli qog`ozlarni depozitga qabul qilish.


B) notarial idoralarni tashkil etish.
C) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash.
D) ko‘chmas mulk sotib olinganligi haqida guvohnoma bеrish.

2. Shaxs necha yoshdan boshlab to`la muomala layoqatiga ega bo`ladi ?


A) 18 yoshdan


B) 16 yoshdan
C) Tug`ilgan paytidan boshlab
D) 14 yoshdan

3.Nechinchi yilda “O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari haqida” to`g`risidagi qonun qabul qilingan ?


A) 1948-yilF
B) 1993-yil
C) 1950-yil
D) 1995-yil

4. Quyidagi gap kimga tegishli ?


“ Inson tarbiyasi darajasi boshqani huquqini hurmat qilish bilan belgilanadi ”
A) Amir Temur
B) Abu Nasr Farobiy
C) Muhammad Kamol Pilav
D) Abu Bakr Xorazmiy

5.Huquqiy munasabatlarning elementlari muvofiq berilgan qatorni toping.


1.obyekt 2.obyetiv tomon 3.subyektiv huquq 4.yuridik pretsedent 5.yuridik majburiyat
A) 1.3.5
B) 1.2.5
C) 1.2.4
D) 1.2.3.4

6. Prezident Bosh vazir nomzodini ma`qullash uchun kimga taqdim etadi ?(Yangi konstitutsiya)


A) Oliy Majlis palatalari


B) Oliy Majlis Senati
C) Oliy Majlis Qonunchlik palatasi
D) Vazirlar Mahkamasi

7. Huquqiy davlatning asaosiy belgilari muvofiq berilmaganini toping.


A) Huquqning ustivorligi


B) Sudning mustaqilligi
C) Davlat organlariga haddan tashqari vakolat berilganligi
D) Hokimyat vakolatlari taqsimlanishi
8. Quyidagilardan huquqiy jihatdan muvofiq berilmaganini toping.

A) O`zbekiston davlat tuzilish shakliga ko`ra unitar.


B) Kodeks-mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega.
C) Prokuror lotinchada “himoyachi” ma’nosini anglatadi.
D) Fuqarolik huquqi dastlab Rimda vujudga kelgan.

9. Huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi nima ?





  1. Huquq normasi.

  2. Huquq sohasi.

  3. Huquq instituti.

  4. Huquq mexanizmi.

10. Huquq funksiyasining qaysi birida zarur bo`lganda majburlash zarur bo`lganda jazolashni ham nazarda tutadi ?





  1. Barqarorlashtirish

  2. Tartibga solish.

  3. Qo`riqlash.

  4. Tarbiyalash.

11. Fuqarolik kodeksining qaysi moddasida 18 yoshga to`lgan shaxs to`la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo`lishi yozilgan ?





  1. 18-modda

  2. 22-modda

  3. 10-modda

  4. 2-modda

12. Quyidagilardan huquq manbalarining turlari to`g`ri berilgan javobni toping.


1. huquq tarmoqlari


2. yuridik pretsedent
3. xalqaro shartnoma
4. huquqiy munosabat

A)1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 2,4


13. Ov qilish huquqidan mahrum qilish qaysi javobgarlik turiga kiradi ?





  1. Ma`muriy

  2. Intizomiy

  3. Fuqaroviy

  4. Jinoiy

14. O`zbekistonda qaysi huquq sohalarida javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar ayrim hollarda orqaga qaytish kuchiga ega ?





  1. Jinoiy va Ma`muriy

  2. Jinoiy va Fuqaroviy

  3. Ma`muriy va Fuqaroviy

  4. Ma`muriy va Intizomiy

15. “Oltin kumushi bo`lmagan odam kambag`al emas balki es-xushi va kasb-hunari bo`lmagan kishi kambag`aldir ” ushbu fikr kimga tegishli ?



  1. Shanyan

  2. Majididdin Xavofiy

  3. Muhammad Kamol Pilav

  4. Abu Nasr Farobiy

16. Bir shaxsdan qarz olib uni vaqtida qaytarmaslik qaysi huquqbuzarlikka sabab bo`ladi ?





  1. Ma`muriy huquqbuzarlik

  2. Fuqaroviy huquqbuzarlik

  3. Intizomiy huquqbuzarlik

  4. Jinoiy huquqbuzarlik

17. Huquqiy dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda davlat siyosatini, qonunlarni ishlab chiqishni sifatli tashkil etish, huquqiy normalarni hayotga to‘g‘ri va bir xil qo‘llashni amalga oshiruvchi davlat organi qaysi ?





  1. Notarial organlar

  2. Prokuratura

  3. Adliya organlari

  4. Vazirlar Maxkamasi

18. Huquq bilan tartibga solinadigan va muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlar nima deyiladi ?





  1. Huquqbuzarlik obyekti

  2. Huquqbuzarlik subyekti

  3. Huquqiy javobgarlik

  4. Huquqiy munosabat

19. Quyidagilardan qaysi biri mustahkam bo`lmagan tuzilma ?





  1. Federatsiya

  2. Unitar

  3. Etatik

  4. Konfederatsiya

20. Quyidagilardan qaysi biri voyaga yetmaganlarga nisbatan 6 oydan 2 yilgacha beriladi ?





  1. Ozodlikin cheklash

  2. Ozodlikdan mahrum qilish

  3. Axloq tuzatish ishlari

  4. Majburiy jamoat ishlari

21. Quyidagilardan qaysi biri 2019-yil 1-yanvarda amalga oshirilgan ?





  1. “Davlat Xavfsizlik Xizmati to`g`risida” gi qonun qabul qilindi

  2. Bojxona kodeksi qabul qilindi

  3. Sanksiya berish prokuraturadan sudga o`tdi

  4. Yangilangan Soliq tizimi joriy etildi

22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashiruvchi davlat o‘rgani deb ... belgilangan.





  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

  2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

  3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

  4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

23. Huquqiy odat qaysi davlatda mavjud ?





  1. Buyuk Britaniya

  2. Vengriya

  3. Shvetsiya

  4. Braziliya

24. “Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart” ushbu modda huquq normasining qaysi elementiga mos ?





  1. Gipoteza

  2. Gipoteza va Dispozitsiya

  3. Dispozitsiya

  4. Sanksiya

25. O`zb. Res. Konstitutsiyasining nechinchi moddasida “O`zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o`zbek, qoraqalpoq va muayyan hududda ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda olib boriladi” deb yozilgan ? (yangi konstitutsiya)





  1. 139-modda

  2. 100-modda

  3. 135-modda

  4. 120-modda

26. Davlat budjetini quyidagi qaysi organ ishlab chiqadi ?





  1. Vazirlar Mahkamasi

  2. Oliy Majlis

  3. Prezident

  4. Oliy Sud

27. Kishilarning xulq-atvoriga, ularning xatti-harakatlariga va odatlariga ta’sir o‘tkazish imkoniyati nima deyiladi?





  1. Jamiyat

  2. Hokimiyat

  3. Davlat

  4. Jamoa

28. Yuridik javobgarlik qanday tartibda amalga oshirilmaydi ?





  1. Sud tartibida

  2. Ma`muriy tartibda

  3. Intizomiy tartibda

  4. Fuqaroviy tartibda

29. Siyosiy partiyalarni ro`yxatga olishni qaysi davlat organi amalga oshiradi ?





  1. IIB

  2. Davlat Xizmatlari Agentligi

  3. Adliya vazirligi

  4. Notarial organlar

30. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi kimlarga berilgan ?





  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlis deputatiga

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga

  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga

  4. Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.




Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling