Axloqiylik mehvari
Download 95.09 Kb.
|
Axloqiylik mehvari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dindorlik – kishining o‘z qilmishlarini kuzatib turgan, har narsadan boxabar Yaratuvchining borligi hamda yaxshi-yomon amallar uchun mukofot va jazo muqarrar ekaniga etiqod qilishidir.
Axloqiylik mehvari Khurshid YuldoshAugust 11, 2022 Jamiyatning axloqiy-ma'naviy holati uning dindorlik darajasiga bog‘liqmi? Kishilarning diniy aqidalarga e'tiqod qilishi ular xulq-atvoriga qanchalik ijobiy ta'sir o‘tkazadi? Asrlar mobaynida din va axloqqa bir butunlik o‘laroq qaralgan; sodir etilgan gunoh uchun jazo muqarrarligiga bo‘lgan ishonch insonlarni yomonlikdan qaytarishi bot-bot ta'kidlangan. Hatto ba'zi ashaddiy ateistlar ham dinni jamiyat axloqini nazorat qiluvchi institut sifatida tan olgan. Mustaqillik mamlakatimizda islomiy axloq va qadriyatlarning qayta tiklanishi va rivoj topishiga yo‘l ochdi. Diniy nashrlarning ko‘payishi, juma namozlari va ehsonu-ma'rakalardagi amri-ma'ruflar ta'sirida xalqimizning savobu gunoh to‘g‘risidagi tasavvurlari birmuncha shakllanib ulgurdi. Aksar o‘zbeklar diniy aqidalarni inkor qilmaydi, ularga ishonadi. Oddiy aholi orasidan Xudoning borligi, narigi dunyo va taqdiri azalni inkor etuvchilarni topish oson emas. Biroq dinga va diniy qadriyatlarga munosabat jamiyatimizning axloqiy-ma'naviy qiyofasini qanchalik yaxshiladi? Avvalgiga nisbatan yuksakroq axloq va ma'naviyat egasiga aylandikmi? Bizningcha, ahvol, taassufki, aytarli darajada qoniqarli emas. Boshiga ish tushgan kishi duch kelganda vaziyatdan foydalanib qolib, imkon qadar ko‘proq haq undirib olish ilinjida o‘zini har ko‘yga solayotgan kirakashdan tortib tibbiyot xodimigacha, maktab muallimidan tortib universitet rektorigacha uchratganimizda, ba'zi imom domlalarning barmoqlari orasiga “ko‘ki”ni qistirib olib, “topganingga baraka bersin”, deb duoga qo‘l ochayotganining shohidi bo‘lganimizda (diniy ta'lim muassasidagi tanish-bilishchilik va hatto tamagirlik holatiga shaxsan guvoh bo‘lganman) nima uchun diniy e'tiqod ularni bu yo‘ldan qaytara olmas ekan, deb o‘yga toladi kishi. Din o‘zgalar haqiga xiyonat qilishni qoralaydi, albatta. Biroq nega ijobiy o‘zgarish kuzatilmayapti? Bizningcha, dindorlik va axloqiylik darajalari o‘rtasida to‘g‘ri proportsional munosabat mavjud emas. Bu fikrni asoslash uchun masalani kengroq miqyosda ko‘rib chiqamiz. Avvalo ba'zi tushunchalarga aniqlik kiritib olsak. Dindorlik – kishining o‘z qilmishlarini kuzatib turgan, har narsadan boxabar Yaratuvchining borligi hamda yaxshi-yomon amallar uchun mukofot va jazo muqarrar ekaniga e'tiqod qilishidir. Bunda axloqiy me'yorlar aqida sifatida qabul qilinib, ularning mantiqiyligi va sharoitga mosligi masalasi e'tibordan soqit etiladi. Download 95.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling