1. Aqida-Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yetkazgan barcha narsalarning rostligini tasdiqlab, ko‘ngil bog‘lab ishonilishi lozim narsalar “aqida” deyilad “Aqida” so‘zining ko‘plik shakli “aqoid”dir


Download 17.1 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.1 Kb.
#203420
Bog'liq
dinshunoslik 7


1.Aqida-Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yetkazgan barcha narsalarning rostligini tasdiqlab, ko‘ngil bog‘lab ishonilishi lozim narsalar “aqida” deyiladi1. “Aqida” so‘zining ko‘plik shakli “aqoid”dir. Islom aqidasi musulmon kishini ma’lum narsalar bilan mahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar majmuidir.Mullo Ali Qori “Fiqhul akbar”ga qilgan sharhida “aqida” so‘ziga shunday ta’rif berilgan: “Aqida shunday ilmki, unda e’tiqod qilish lozim narsalar haqida bahs yuritiladi”.

Tavhid (arab - yakkaxudolik)- umumiy maʼnoda - yakkaxudolik haqidagi taʼlimot (qarang Vahdoniyat). Sharʼiy istiloxda esa, Tavhid - islomda Allohga shirk keltirishning turli koʻrinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga eʼtiqod qilish.Tavhid islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman eʼtirof etilgan aqidalarning birinchisi, mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun Qurʼonning 112"Ixlos" surasi ham baʼzan Tavhid surasi deb yuritiladi

Aqida ilmining asosiy maqsadi – bandani ikki dunyo saodatiga erishtirish.Eng to‘g‘ri aqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam, u zotning sahobalaridan naql qilingan. Bu “Ahli sunna val jamoa” aqidasi deyiladi.“Aqida” so‘zi “tugib qo‘yish”, “bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash” ma’nosidagi “aqd” o‘zagidan yasalgan.

2. Moturidiylik va ash’ariylik. Mutakallimlar Qur’on oyatlari, hadislar va sahobalarning tutgan yo‘li asosida aqida masalalarini mufassal bayon etib berganlar. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlar orasida Abu Mansur Moturidiy va Abul Hasan Ash’ariy alohida o‘rin egallaydi. Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha Imom deb tan olindilar. «Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada moturidiylik va ash’ariylikning aqidaviy ta’limiga asoslanadi. Bunga ko‘ra, hanafiy mazhabi moturidiylik, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik ta’limotida deb qaraladi. Shu o‘rinda bu ikki maktab vakillari haqida biroz ma’lumot berib o‘tish o‘rinlidir. Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk kalom imomi va fakih Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944) bo‘lib, u asli Samarqandning Moturid qishlog‘ida (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) dunyoga kelgan va taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni o‘z qishlog‘ida olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan. Moturidiy fiqh va kalom masalalariga qiziqib, o‘z zamonasining taniqli hanafiy mazhabi olimlaridan saboq oladi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda bo‘lib, bahs-munozaralari bilan taniladi va shu sohaga oid asarlar yozib qoldiradi. Bunday asarlar qatoriga «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Ka’biy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin.

3. Imon, iymon (arab. — ishonch, eʼtiqod) — islomning 5 rukni (asosi)dan biri; Allohga, uning farish-talariga, kitoblariga, paygambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonish. Bu "iymoni mufassal", yaʼni iymonning mufassal taʼbiri deb ham ataladi. I. moturidiylik taʼlimotiga koʻra, 2 narsaning butunligi — eʼtiqod (dinga ichdan chukur ishonish), iqror (buni soʻzda tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari "arkon aliymon" ("eʼtiqod asoslari") sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sigʻsin, xoh sigʻmasin, baribir ularga shak-shubhasiz eʼtiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, yaʼni aqidalar islomning diniy dunyoqarash asoslarini tashkil etadi. I. tushunchasi islomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni turli ilohiyot va diniyhuquqiy maktab vakillari turlicha talqin qilganlar. Hoz. kunda I. soʻzi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatanni sevish maʼnolarida ham ishlatiladi.

4.Allohning birligiga . Uning Rasuli va ohirgi Payg’amabar Muhammad Salollohu Alayhi Vassallam ekanliklariga. Qiyomat kuniga va qiyomat kuni barcha qayta tirilishiga.

5. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan

6. Kalom ilmi o‘rta asrlarda falsafiy-diniy fikrlar va dinning nazariy asoslarini o‘rganish, islom aqidalariga e’tiqod etish haqidagi bilimlarni ifodalagan. Biron-bir dinga mansub shaxs uchun majburiy hisoblangan, har qanday sharoitda muhokama qilmasdan e’tiqod qilinishi lozim bo‘lgan diniy talablar majmuiga nisbatan aqliy mulohaza yuritish jarayonida u maxsus bilimlar tizimi sifatida vujudga keldi. Kalom – "ilmul kalom" atamasi keng ma’noda o‘rta asrlar musulmon adabiyotida diniy-falsafiy mavzularda (jumladan, nasroniylik va yahudiylikda ham) erkin fikr yuritishga nisbatan qo‘llangan, tor ma’noda esa aqidaparastlik, ya’ni dinda obro‘-e’tiborli hisoblangan shaxslar – payg‘ambar, sahobalarga taqlid yo‘li bilan emas, balki Qur’on va sunniy ta’limotni aql-idrokka mos talqin etish, tafakkurga suyanib ish yuritishga nisbatan ishlatilgan. Hadis ilmi payg‘ambarimiz tomonidan rivoyat qilingan gap va ishlarni, fiqh ilmi shariat qonunchiligini, kalom ilmi esa islom dinida e’tiqod qanday bo‘lishini o‘rgatadi.



.

7. O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish ham imon shartlaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra qiyomat kuni bo‘lganda, barcha insonlar qayta tirilib, mahshargohga yig‘iladi. Yaxshi amal qilib o‘tganlarning mukofoti (jannat), yomon amal qilganlarning jazosi (do‘zax) mavjud. Bandaning barcha ishlari hisob-kitob qilinib Allohning huzurida ko‘riladi. Har bir kishining qilgan ishlari kitobi – nomai a’moli o‘qiladi. Yaxshi amallar va yomon ishlar hammasi o‘lchanadi. Bu borada Qur’on oyatlari va hadislarda misollar ko‘p. Masalan: «Ular: «Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan uyg‘otdi?» – deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar so‘zlagan rost narsa (qiyomat)dir» (Yosin, 52).
Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling