Vertikaliga: 1


Download 16.74 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.74 Kb.
#1024202
Bog'liq
krossvord savollari


Vertikaliga:

1. … - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalaming bir-biriga o’xshasnligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
2. … - deb, ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishini aytamiz; biz o’z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimizning qilgan ishlarimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi.
6.  ... - tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
7. ... - deb narsa va hodisalaming bir-biriga o’xshash bo’igan ba'zi belgiJariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi.
9. ... - xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi
10. ... - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalaming analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz.
11. Narsa va hodisalaming belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr ... deb ataladi.
12. ... - diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
14. Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda aniq bir dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni ... - tafakkurdir.
16. … - inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir.
19. … - Shaxsning biror bir obyekt haqidagi o’y va tasavvurlari


Gorizontaliga:
3. ... - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki. bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalaming muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalaming muhim bo’imagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz
4. Tafakkur ... shaklida ifodalanadi.
5. ... tafakkur - bu mavhum tafakkur bo’lib, so’zlar, so’zda ifodalangan bo’lib, g’oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo’lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi.
8. ... -mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo’lib, ular fikrlar, hukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.
9. Manbayi bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ... diqqat deb ataladi.
13. ... tiplilar – bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emotsional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror narsa xususida fikrlarini bayon eta olmaydilar.
15. … - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalami fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz.
17. Undan farqli ... tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir
18. ... xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi.
1. taqqoslash
2. diqqat
6. nutq
7. analogiya
9. induktiv
10. sintez
11. hukm
12. ixtiyorsiz
14. nazariy
16. tafakkur
19. fikr
3. abstraksiya
4. tushuncha
5. mantiqiy
8. xulosa
9. ichki
13. intuitiv
15. analiz
17. amaliy
18. deduktiv


Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling