Ekstremizm – lotinchadan olingan bo’lib, oʻta, keskin degan ma'nolarni anglatadi. G’arazli maqsadlariga erishish uchun islom dinini niqob qilib, turlicha g’arzli ishlarga qo’l o’rishdir


Download 22.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1516757
Bog'liq
2-joriy nazorat (dinshunoslik)


2-JORIY NAZORAT

  1. Iymon arabchadam olingan bo’lib, “ishonch, e’tiqod ma’nolarini anglatadi. Iymon - Xudoning borligi va birligini dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytish. Iymon islomning 5 asosidan biri: Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va o’lgandan keyin tirilishga ishonishdir.

-Iymonning shartlari 7 tadir: g’aybga iymon keltirmoq; g’ayb ilmini Alloh taoloning o’zigagina xos deb bilmoq; Jannat va do’zaxni ko’rmasdan turib ham iymon keltrimoq; Alloh harom qilgan narsalarni harom deb bilmoq; Alloh halol qilgan narsalarni halol deb bilmoq; Allohning azobidan qo’rqmoq; Allohning rahmatidan umidvor bo’lmoq.



  1. Hanafiya mazhabi sunniylik yoʻnalishiga mansub. Mazhabga Nu’mon ibn Sobit asos solgan. Imomi A’zam taxallusi bilan mashhurdir. Hanafiya mazhabi butun jahon musulmonlarining 3 dan 1qismini o’z ichiga oladi.

  2. Naqshbandiya tariqatiga Bahovuddin ibn Muhammad al-Buxoriy Naqshband asos solgan. Naqshband juda yoshligidan sufiy tariqatlarini o‘rganishga kirishgan, o‘z zamonasining atoqli sufiylari bilan uchrashgan va ulardan ta’lim olgan. Naqshban tariqatining asosida “Dil ba yoru dast ba kor” degan g’oya yotadi.

  3. Ekstremizm – lotinchadan olingan bo’lib, oʻta, keskin degan ma'nolarni anglatadi. G’arazli maqsadlariga erishish uchun islom dinini niqob qilib, turlicha g’arzli ishlarga qo’l o’rishdir. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (masalan, ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi.

  4.  Missionerlik so’zi asli lotincha bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.
    Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esа, to’g’ridan- 
    to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni 
    qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tаrkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. “Iyegova shohidlari” oqimi dunyo bo’ylab ta’qibga uchrashi eskidan bor. Bir necha mamlakatda ularning faoliyati man etilgan yoki cheklangan. Rossiyada guruh ekstremist deb tamg’alangan, Janubiy Koreya va Eritreyada uning a’zolari qamoqda. “Iyegova shohidlari” oqimining dunyo bo’ylab 8,5 million a’zosi va 120 mingdan ortiq jamoat markazlari bor. O’zlarini haqiqiy nasroniy deb bilsa-da, Isoga emas, Iyegova xudosiga sig’inadi. Muqaddas uchlikni, nasroniy bayramlarni tan olmaydi. Sekta a’zolari Injilni o’zgacha talqin qilishi, shuningdek, qiyomat haqidagi bashoratlari bilan tanilgan.

Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling