Dars mavzusi: O’lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” Darsning maqsadi


Download 9.09 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi9.09 Kb.
#1820174
Bog'liq
Dars mavzusi O’lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” Dar


Sana ____ ___________

7-sinf adabiyot


Dars mavzusi: O’lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz”
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad-O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” asari bilan tanishtirish;
    Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarda odamiylik, vijdonlilik tuyg’ularini shakllantirish;

  1. Rivojlantiruvchi maqsad- o’qib xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. Uyga vazifani so’rash;

  3. “Qiyomat qarz”

  4. Savol-javob;

  5. O’quvchilarni baholash;

  6. Uyga vazifra berish;

Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.


Darsni tashkil etib bo’lgach, yangi mavzuni boshlandan oldin o’quvchilardan uyga vazifani so’rab baholayman. So’ng quyidagi savollar asosida o’tilgan mavzuni takrorlayman:
1.O’lmas Umarbekov qachon va qayerda tavallud topgan?
2.O’lmas Umarbekov qanday asarlar yozgan?
3. O’lmas Umarbekov asarlari asosida yaratilgan badiiyfilmlarni bilasizmi?
4. O’lmas Umarbekov qanday Davlat mukofatlariga sazovor bo’lgan?
5. O’lmas Umarbekovning qaysi asarini o’qigansiz?

Savol-javob orqali o’tilgan mavzuni takrorlab olgach, yangi mavzuga o’taman.


Yangi mavzu – “Qiyomat qarz”. Asarni dastlab o’quvchilarga rollarga bo’lib o’qitaman. So’ng asar mazmunini o’quvchilar ongida chuqurroq joylashishi uchun quyidagi savollar asosida qisqacha suhbat o’tkazaman:

  1. Asar nima uchun “Qiyomat qarz” deb nomlangan?

  2. Asar bosh qahramonlari kimlar?

  3. Sizningcha ular qanday kimsalar?

  4. Asarni o’qish orqali biz qanday ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin?

Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman.
Uyga vazifa: Taassuror yozish

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruxsat: __________ IBM
(imzo)
Download 9.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling