1. Nyutonning 1-qonunini ta'riflang


Download 57.86 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi57.86 Kb.
#1034427
Bog'liq
Sevinch Fizika Test


1.Nyutonning 1-qonunini ta'riflang.
A) Jismlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir kuchi kattalik jihatdan teng, yo'nalish bo'yicha esa qarama-qarshi
B) Agar moddiy nuqtaga bir vaqtning o’zida bir nechta kuch ta'sir qilayotgan bo'lsa, u holda ularning har biri boshqa kuchlar bo'maganidek moddiy nuqtaga tezlanish beradi:
C) Jismlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir kuchlari ularning massalari ko'paytmasiga proporsional
D) Jismga kuch ta’sir etib, unit inch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatidan chiqarmaguncha, u shu holatini saqlaydi.
E) To’g’ri javob yo’q
2.Inersiya qonunini ta'riflang (Nyutonning 1-qonuni)?
A)Ta’sir etuvchi kuchlar bolmaganda jism tinch qoladi, yoki tekis va to'g'ri chiziqli harakatda bo'ladi.
B)Turli inersial sanoq tizimlarida barcha mexanik hodisalar bir hil kechadi
C)Har qanday mexanik harakat nisbiy tushuncha bo'lib , tanlangan sanoq tizimiga bog'liq
D)Tashqi ta'sir bo'lmaganda jismning tezligini saqlash hodisasi
E) To’g’ri javob yo’q
3. Bir inersiyaviy sanoq tizimidan ikkinchi inersiyaviy sanoq tizimiga o’tganda, tezligi yorug’lik tezligidan juda kichik jism holatini tavsiflovchi qanday kattaliklar o’zgaradi?
A) jism ta’sir etuvchi kuch
B) tezlanish
C) kinetic energiya
D) jism massasi
E) To’g’ri javob yo’q
4. Teng tasir etuvchi kuch yo’ki natijalovchi kuch deb qaysi kuchga aytiladi.
A) ishqalanish kuchidan tashqari jismga qo’yilgan barcha kuchlarning algebratik yig’indisiga teng bo’lgan kuch
B) jismga qo’yilgan kuchlarning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan kuch
C) jismga qo’yilgan kuchlarning biror o’qdagi proyeksiyalarining yig’indisiga teng bo’lgan kuch
D) jismga qo’yilgan kuchlarning algebratik yig’indisiga teng bo’lgan kuch
E) ishqalanish kuchidan tashqari, jismga qo’yilgan barcha kuchlarning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan kuch
5. Jism qanday holatlarda tezlanishga ega bo’lmaydi?
A) tinch holatda va to’g’ri chiziqli tekis harakat qilganda
B) faqat tinch holatda
C) to’g’ri chiziqli trayektoriya bo’ylab notekis harakatlanganda
D) aylana bo’ylab tekis harakat va to’gri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat qilayotganda
E) aylana bo’ylab tekis o’zgaruvchan va to’g’ri chiziqli o’zgaruvchan haraklarda
6. Vagondagi stolchadan tushib ketgan jism tushish davomida orqaga og’sa, poyezd qanday harakatlanayotgan bo’ladi?
A)chapga burilayotgan
B) to’g’ri chiziqli va sekinlanuvchan
C) to’g’ri chiziqli va tekis
D) to’g’ri chiziqli va tezlanuvchan
E) to’g’ri javob yo’q
7. Kuchlar ta’sirida tinch bo’lgan yoki to’g’ri chiziq bo’ylab tekis harakat qilayotgan jism … bo’ladi.
A) muvozanatda
B) harakatda
C) notekis harakatda
D) to’g’ri chiziqli tekis harakatda
8. Jismga ta’sir qilayotgan kuchlar o’zaro kompensatsiyalangan. Bu holatda jism trayektoriyasi:
1) parabola, 2) to’g’ri chiziq, 3) aylana, 4) ellips, 5) vintsimon chiziqdan iborat
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4,5
E) to’g’ri javob yo’q
9. Sanoq tizimi liftga bog’langan. Sanoq tizimni inersiyasigaviy deb hisoblash mumkin, agar lift …
1) erkin tushganda, 2) yuqoriga tekis ko’tarilganda, 3) yuqoriga tezlanish bilan ko’tarilganda, 4) yuqoriga sekinlanuvchan ko’tarilganda, 5) pastga asta-sekin tushganda
A) 1,2
B) 2,5
C) 3,4
D) 1,3,4
10. Rasmda OX o’qi bo’ylab haraktanlanayotgan jism tezligining vaqtga bog’lanish grafigi berilgan. Jismga qo’yilgan barcha kuchlarning OX o’qidagi proyeksiyasi nol bo’lgan oraliqni ko’rsating.


  1. AB

  2. BC

  3. CD

  4. DE

Download 57.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling