1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tarixi Rivojlanish tarixi
Download 298.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tarixi Rivojlanish tarixi
1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tarixi Rivojlanish tarixi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) protsedurali dasturlash g‘oyasining rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni yanada rivojlantirish uchun ko‘pincha voqea (hodisaga yo‘naltirilgan dasturlash, HYD) va komponent (komponentga yo‘naltirilgan dasturlash, KYD) tushunchalari katta ahamiyatga ega. Dastlabki tushunchalari taklif qilingan, keyinchalik paradigmaga aylangan birinchi OYD tili Simula edi, lekin "obyekt yo‘nalishi" atamasi bu tilni qo‘llanilish kontekstida ishlatilmadi. Bu til 1967-yilda paydo bo‘lganida, unda inqilobiy g‘oyalar taklif qilingan: obyektlar, sinflar, virtual metodlar va boshqalar, lekin bularning hammasini o‘sha vaqtdagi dasturchilar muhim tushunchalar deb bilishmagan. Ayrim fikrlarga ko‘ra, bu til o‘z vaqtidan ancha oldinda edi va 1960-yillarning dasturchilari til qadriyatlarini qabul qilishga tayyor emas edilar. Shuning uchun u boshqa dasturlash tillari bilan raqobatlasha olmadi. Simuladagi sinf tushunchasini Algol konstruksiyalari yordamida to‘liq aniqlash mumkin bo‘lgan(ya'ni Simuladagi sinf - bu primitivlar yordamida tasvirlangan murakkab tushuncha) 1 . Alan Kaye va Den Ingalls Smalltalk orqali dasturlashga yangi nuqtai nazarni kiritdilar. Bu yerda sinf konsepsiyasi tilning boshqa barcha konstruksiyalari uchun asosiy g‘oyaga aylandi (ya'ni Smalltalkdagi sinf - bu primitiv, u orqali murakkab tuzilmalar tasvirlangan). Aynan u birinchi bo‘lib obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tiliga aylandi. Hozirgi vaqtda obyektga yo‘naltirilgan paradigmani amalga oshiradigan amaliy dasturlash tillari soni (tillar ro‘yxati) boshqa paradigmalarga nisbatan eng ko‘p hisoblanadi. Sanoatdagi eng keng tarqalgan tillar (C++, Delphi, C#, Java va boshqalar) Simula obyekt modelini o‘zida mujassam etgan. Smalltalk modeliga asoslangan tillarga misol sifatida Objective-C, Python, Ruby kabilarni keltirish mumkin. Download 298.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling