Nasimova Malikaning " Til-millat boyligi"


Download 22.83 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi22.83 Kb.
#152005
Bog'liq
Til-millat boyligi. Nasimova Malika



27-umumiy o’rta ta’lim

maktabi 11-“A” sinf o’quvchisi

Nasimova Malikaning

Til–millat boyligi” mavzusida yozgan

Insho

Til–millat boyligi.

Reja:

1.Til millatning tamal toshi.

2. Buyuk va bebeho ma’naviy boylik.

3. BMTda yangrar Navoiy tili.

Til- millat ko’zgusi, uning o’zligini, ma’naviy qiyofasini ko’rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o’zini, qadr-qimmatini , g’ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.

Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tili muhim o’rin tutadi. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning ko’zgusidir . Hadisda “ Kishining zebu ziynati, go’zalligi uning tilidadir” ,–deyiladi. Har bir xalq, millat o’z tiliga hurmat bilan qaraydi. Chunki til millatning tamal toshi, u boy berilsa , millat ham boy beriladi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar ”,– deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Demak, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.

Dunyodagi qay bir xalqni olmaylik, uning jahon sivilitziyasidagi o’rni va mavqeyi , betakror milliy o’zligi va tarixiy tajribasi bilan belgilanadi. Milliy o’zlikning birinchi belgisi bu milliy til bo’lib, u millatning millat bo’lib shaklllanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Til bo’lmasa el ham, millat ham bo’lmaydi. Elni – el, millatni millat darajasiga ko’taradigan uning yashashi va faoliyatini belgilab turadigan vosita til ekan, u bilan butun insoniy qiyofalar shakli shamoyiliga ega bo’ladi. Xalqning madaniy - ma’naviy boyligi, aql idroki va tafakkuri, ilmiy , tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o’z ifodasini topadi. Shu ma’noda til xalqning qalbi va borlig’idir. Til xalqning buyuk va bebeho ma’naviy boyligi, bitmas tuganmas xazinasidir.

Til jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o’zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro’y beradigan barcha voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shaklllanadi va mavjud bo’ladi.

XX asr boshida ma'rifatparvar, ulug’ bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma'rifiy ahamiyatga ega bo'ldi. O'tgan asrning so'ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yo'lida sa'y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzum hukmronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tili rivojiga katta e'tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, “Davlat tili haqida”gi Qonunda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Bu ona tilimiz taraqqiyotida ilgari hech ko'rilmagan yangi davr boshlanganining ifodasi edi.

Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari o'zbek tilida yozilmoqda. Ona tili­miz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo'llanmoqda. Ilk marotaba Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilida nutq so‘zladi.Bu esa tilimizga bo’lgan hurmat va ehtiromning namunasi desak, xato bo’lmaydi.

Dunyo yangilandi dunyo oldida,
Ezgulik oldida, ziyo oldida,
Shukurga qarzim ko’p Olloh oldida,
BMTda yangrar Navoiy tili.

Asriy muzliklarni eritar bu til,


Yurakdan g’aflatni aritar bu til,
Dunyoni hikmatga yor etar bu til,
BMTda yangrar Navoiy tili.

Оnajon tilim – bu, osmon tilim – bu,


Har so’zi surati Rahmon tilim – bu
Navoiy she’r ishra sulton tilim – bu,
BMTda yangrar Navoiy tili.

Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga ham ijobiy ta'sir etmoqda. Uning lug'at xazinasi yangi so'z va tushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayib bormoqda. Shuningdek, ilgari taqiqlab kelingan milliy merosimiz namunalarining qayta tiklanayotgani, muqaddas islom dini asoslari, umumbashariy qimmatga ega bo'lgan dunyo adabiyoti namunalarini tarjima qilish ishlari kuchaygani ham o'zbek tili imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, mustaqillik yillarida Qur'oni karim va hadisi sharif bir necha bor tarjima qilinib, nashr etildi.



Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo'llanishini ta'minlash bo'yicha ko'pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bo'lib voyaga yetgan, shu til orqali o'zini, o'zligini, butun dunyoni tanigan insonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir, azizlar.
Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling