1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


Download 340.77 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi340.77 Kb.
#196681
  1   2
Bog'liq
70 31.01.2018




[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Agentlik o‘z faoliyatida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi;

Oldingi tahrirga qarang.

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar, Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi, ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi, FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi hamda gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi summasining 85 foizi miqdoridagi mablag‘lar, mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar summasi belgilangan tartibda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;



(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga asosan qonun hujjatlariga muvofiq Agentlikni saqlab turishga, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlashga, mehnatga haq to‘lashga, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va uning filiallari hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.



(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;

bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari tushishini alohida hisobga olish uchun daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin;

Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularning samarali ishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, idora mebeli bilan jihozlash, shuningdek, xizmat avtotransport vositalari sotib olish va ularni saqlash uchun bir hafta muddatda “yagona darcha” markazlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nomiga maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamidan mablag‘ ajratsin;

Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar qoldiqlari, shu jumladan, tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar o‘tkazilishini ta’minlasin;

“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining bino va inshootlari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari, asbob-uskunalar, jihozlar, hujjatlar va boshqa mol-mulk Agentlikning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda tekin berilishini ta’minlasin.

4. Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari tegishli mablag‘larni o‘tkazish uchun bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ushbu hisobvaraqlarda mavjud bo‘lgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etsinlar.

5. Belgilansinki:

mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanadigan avtotransport vositalariga xizmat transport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan belgilangan normativlar qo‘llanilmaydi;

Xizmat avtotransporti haydovchisi lavozimlarini joriy etishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining xizmat ko‘rsatuvchi hamda texnik xodimlarini joriy etish normativlari va shartlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga tatbiq etilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlikning markaziy apparatiga 3 ta va Agentlikning hududiy boshqarmalariga 252 ta, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 210 ta avtotransport vositalarini budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan saqlashga limit ajratsin.



(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-dekabrdagi 1025-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son)

7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamlariga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat boji va barcha boshqa turdagi yig‘imlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin;

Agentlikni belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqa tizimi bilan ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

8. Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi 14-uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

9. Toshkent shahri hokimligiga Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko‘chasi 14-uyda joylashgan Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi binosini ta’mirlash uchun istisno tariqasida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan pudratchi va loyihalash tashkilotlarini belgilashga ruxsat etilsin.

10. “O‘zavtosanoat” AJ Agentlikning buyurtmanomalari bo‘yicha transport vositalari ajratilishini ta’minlasin.

11. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 31-yanvar,

70-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 70-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil asoslarini, shuningdek uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.

2. Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik va nazorat qilish, Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

4. Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiradi.



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

5. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

6. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shu jumladan, Vazirlikning qarorlariga amal qiladi.

7. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

8. Agentlik va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutada bank hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.

9. Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.

Oldingi tahrirga qarang.

91. Tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda FHDY deb ataladi) bo‘limlari va nikoh uylari (keyingi o‘rinlarda FHDY bo‘limlari deb ataladi) hamda hududiy FHDY arxivlari (keyingi o‘rinlarda FHDY organlari deb ataladi) yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.



FHDY organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.

(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

92. Davlat xizmatlari markazlari filiallari (keyingi o‘rinlarda filiallar deb ataladi) yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi.



Filiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar.

(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

10. Agentlikning rasmiy nomi:

1) davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, qisqartirilgan nomi – “Davxizmat” agentligi;

2) rus tilida:

to‘liq nomi – Agentstvo gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi – Agentstvo gosuslug;

3) ingliz tilida:

to‘liq – Public services agency under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi – Public services agency.

2-bob. Agentlikning tuzilmasi

11. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

hududiy boshqarmalar;

Davlat xizmatlari markazlari;

Oldingi tahrirga qarang.

FHDY organlari;



(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

filiallar.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

3-bob. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari

1-§ Agentlikning vazifalari va funksiyalari:

12. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

2) ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

5) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

6) davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

13. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar shu jumladan, FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;



(13-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni, shuningdek FHDY sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;



(13-bandning 1-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikning topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

davlat xizmati ko‘rsatish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;



(13-band 1-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olishni tashkil etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi;



(13-band 1-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

2) ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini, ularning mas’uliyati va ijro intizomi kuchaytirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar yaratilishini ta’minlaydi;

idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi;

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida axborot almashish faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni qisqartirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;

ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tizimli ravishda so‘rovlar olib boradi;

3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek, uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini ta’minlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarining Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish va (yoki) chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

4) davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va davlat xizmatlari markazlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan hamkorligini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi

davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqadi;

davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishlatiladigan elektron raqamli imzoni olish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;

qog‘oz sansalorligi va byurokratizmdan voz kechish yo‘li bilan to‘liq elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish va integratsiya qilish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va samaradorligini baholaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritilishini ta’minlaydi.



(13-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

5) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibi bajarilishi bo‘yicha ishini nazorat qiladi;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo‘jalik boshqaruv organlari, uy-joy kommunal va foydalanish xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;



(13-band 5-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo‘jalik boshqaruv organlari, uy-joy kommunal va foydalanish xo‘jaligi tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo ko‘llaydi;



(13-band 5-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat organlari va boshqa tashkilotlar davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati haqida va ushbu sohada qonun buzilishlari va unga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi;



(13-bandning 5-kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

6) davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda ma’muriy tartib-taomillar, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish va optimallashtirishni, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvi innovatsion shakllarini joriy etishni tashkil etadi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ilg‘or axborot-aloqa texnologiyalarini, shu jumladan, Internet tarmog‘i va elektron raqamli imzolar keng qo‘llanilishi orqali faol joriy etishni tashkil etadi;

davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan murojaat etuvchilar o‘rtasida bevosita muloqotsiz hamkorlikni ta’minlash choralarini amalga oshiradi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi;

davlat xizmatlari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq ochiqligi va undan foydalanish imkoniyati ustidan nazorat qiladi;

14. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

2-§ Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari

15. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oldingi tahrirga qarang.

1) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;



(15-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

2) rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni tashkil etish va ularni ko‘rsatish sifati monitoringini olib borish;

Oldingi tahrirga qarang.

3) Agentlik, shu jumladan, boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;



(15-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

31) “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik ta’minlash va yuritish;



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan 31-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari kadrlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish;



(15-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

5) davlat xizmatlari markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va istiqbollarini aniqlash;

6) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

7) davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.

16. Agentlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oldingi tahrirga qarang.

1) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDY organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi.



(16-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

2) Agentlik va uning rahbariyatining faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minlashni amalga oshiradi.

3) o‘z vakolatlari doirasida Agentlik direktori (keyingi o‘rinlarda Direktor deb ataladi) va uning o‘rinbosarining buyruq va topshiriqlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

4) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;



(16-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

5) davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga ko‘maklashadi;

6) Agentlik faoliyatini huquqiy ta’minlashni, shu jumladan, norma ijodkorligini tashkil qiladi;

7) Agentlik rahbariyati uchun boshqaruv qarorlarni qabul qilish maqsadida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tendensiyalari haqidagi axborotni yig‘adi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

8) davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahat yordami beradi;

9) Agentlik vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

10) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDY organlari faoliyatini nazorat va tahlil qiladi;



(16-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

11) hududiy boshqarmalar bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;



(16-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

12) davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

13) davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati monitoringini olib boradi;

14) davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

15) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan hududiy boshqarmalarda moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

16) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;



(16-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

18) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

3-§ Hududiy boshqarmalarning vazifalari va funksiyalari

17. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida hamkorlik qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

(17-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

3) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

4) davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDY organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;



(17-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

5) davlat xizmatlari ko‘rsatishning muqobil shakllarini rivojlantirishda davlat xizmatlari markazlarini qo‘llab quvvatlash;

Oldingi tahrirga qarang.

51) FHDY organlariga rahbarlik qilish;



(17-bandning 51-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

6) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;

7) davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish.

18. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

2) Davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari hamda Agentlikning buyruqlari ijrosi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi.



(18-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

3) davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDY organlari faoliyati ustidan rahbarlik va nazorat qiladi;



(18-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4) davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini, shuningdek FHDY organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qiladi;



(18-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5) davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qiladi;



(18-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6) davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari moddiy-texnik ta’minlanishini, shu jumladan, mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etadi;



(18-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

7) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil qiladi;

8) vakolatiga kiradigan tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi.

4-bob. Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi

1-§ Agentlikning huquqlari va javobgarligi

19. Agentlik yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va mansabdor shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik ma’lumotlarni so‘rash va tekin olish.

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish;

Oldingi tahrirga qarang.

talab etilishi va davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish zarurligi asosida Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga “yagona darcha” tamoyili asosida faqatgina davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;



(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan pullik xizmatlar ro‘yxati va tariflariga muvofiq pulli xizmatlar ko‘rsatish;

yuqori malakali chet ellik hamda mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va ekspert sifatida ishga taklif qilish;

Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, idoralararo xususiyatiga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalarni tuzish.

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

Vazirlik bilan kelishilgan holda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan Agentlikning vakolati doirasida hamkorlik qilish;

Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek,ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;

o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha majlislarda Agentlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

20. Agentlik:

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning hududiy boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish.

Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha Agentlikning bo‘linmalari ishini tashkil qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun javobgardir.



(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

2-§ Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi

21. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.



(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni davlat boshqaruvi organlaridan va davlat xizmatini ko‘rsatish doirasida mutaxassislardan, fuqarolardan va mansabdor shaxslardan bepul so‘rash va olishga;



(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish zarurligi asosida Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritish;



(21-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;

yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va ekspert sifatida ishga taklif qilish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat va investitsiya dasturlari bajarilishi masalalari bo‘yicha hududiy boshqarmalar faoliyatini o‘rganish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish.

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

22. Agentlikning markaziy apparati:

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha Agentlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;

Agentlik tomonidan Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida buyruqlar sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash;

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash.



(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.



(22-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

3-§ Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi

23. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari markazlari orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.



(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari hududiy bo‘linmalari va ularning mansabdor shaxslaridan so‘rash va tekin olish;

Agentlikka “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish;

tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;

yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida konsultant va ekspert sifatida ishga taklif qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlarining davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini o‘rganish;



(23-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(23-bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish.

Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

24. Hududiy boshqarmalar:

tegishli hududlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha Agentlikning hududiy bo‘linmalari ishini tashkil qilish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida hududiy boshqarmalarning Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari, shuningdek, boshqa hujjatlari sifatli tayyorlanishi;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatini ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun javob beradi.

5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

25. Quyidagilar Direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

4) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyati bilan bog‘liq davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;



(25-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

5) davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha Vazirlik, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining topshiriqlarini bajarish;

7) o‘z o‘rinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish tendensiyasidan kelib chiqib Agentlik va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun hududiy boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

10) Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Oldingi tahrirga qarang.

12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;



(25-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

Oldingi tahrirga qarang.

13) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;



(25-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Oldingi tahrirga qarang.

15) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish) uchun o‘z vaqtida Vazirlikka kiritish;



(25-bandning 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

16) Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) o‘z o‘rinbosari, hududiy boshqarmalar va davlat xizmatlari markazlari rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

18) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;

20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Oldingi tahrirga qarang.

21) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda FHDY organlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;



(25-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

22) “yagona darcha” prinsipi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

26) Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

Oldingi tahrirga qarang.

27) Agentlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;



(25-bandning 27-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Oldingi tahrirga qarang.

271) Davlat xizmatlari markazlari direktorlari va FHDY organlari mudirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishni kelishish;



(25-bandning 271-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

28) Agentlik, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;



(25-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

29) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari tuzilmasi va shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida tasdiqlash.



(25-bandning 29-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

26. Quyidagilar Direktor o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Direktor vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

6) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

8) Vazirlik hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va Direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Direktorga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;

10) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish va o‘z vaqtida Vazirlikka kiritilishini ta’minlash;

11) Agentlikka taqdim etilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;

12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) Agentlik tizimi rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;

14) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, davlat xizmatlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Direktorga kiritish;

15) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

16) Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

17) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Direktorga kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

27. Quyidagilar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oldingi tahrirga qarang.

3) tegishli hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;



(27-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

4) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Direktor o‘rinbosariga kiritish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

6) Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oldingi tahrirga qarang.

8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;



(27-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

9) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;



(27-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Direktor o‘rinbosariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Oldingi tahrirga qarang.

11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish), uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Vazirlikka kelishish (viza qo‘yish) uchun o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbarlarining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;



(27-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

14) Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

15) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Oldingi tahrirga qarang.

16) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish;



(27-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;

19) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

28. Quyidagilar hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

2) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, boshqa qonun hujjatlari, adliya vaziri buyruqlari va Direktor buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;



(28-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

5) Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri va Direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga taalluqli masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) o‘z o‘rinbosari va hududiy boshqarmalar boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, hududiy bo‘linmalar faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

8) hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy bo‘linmalar va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Oldingi tahrirga qarang.

91) belgilangan tartibda FHDY organlarida kadrlar masalalarini hal etishda ishtirok etish;



(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan 91-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

10) Agentlik nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

11) hududiy boshqarmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

12) hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

13) hududiy boshqarma tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Direktor o‘rinbosariga kiritish;

15) hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

16) hududiy boshqarmalar faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

Oldingi tahrirga qarang.

17) hududiy boshqarmalar tarkibiga kiradigan davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatini nazorat qilish;



(28-bandning 17-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

20) hududiy boshqarmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Agentlikka kiritish;

21) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi

29. Direktor:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

30. Direktor o‘rinbosari:

1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun (tegishli buyruq asosida direktor bo‘lmagan taqdirda);

2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Agentlik javobgarlik sohalari bo‘yicha (tegishli buyruq asosida direktor bo‘lmagan taqdirda);

3) ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

31. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirilishi uchun;

2) ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarligi sohalarida;

3) ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun.

32. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:

1) hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;

2) ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hududiy boshqarmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish

1-§ Agentlik rahbariyati

33. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor boshchilik qiladi.

34. Direktor:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosariga ega bo‘ladi;



(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

maqomi va mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

35. Direktor yuklangan vazifalarni bajarish uchun:

1) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

2) Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.

3) hududiy boshqarmalar boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;

4) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga:

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlik, uning boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlarining tashkiliy-kadrlar tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni;



(35-band 4-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

ushbu Nizomning 38-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish yuzasidan taqdimnomalarni;

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlik xodimlariga martaba darajalarini berish bo‘yicha takliflarni;



(35-band 4-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni, ularga davlat mukofotlari berish yuzasidan taqdimnomalarni;

Agentlik faoliyatining yakunlari bo‘yicha hisobotni kiritadi (taqdim etadi);

5) o‘z vakolatlari doirasida Agentlikning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;

6) qonun hujjatlariga muvofiq Agentlik xodimlariga to‘lanadigan ustamalar, mukofotlar va boshqa taqdirlash pullari to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi;

7) Agentlikka yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

8) Agentlikning kuch va vositalarini samarali taqsimlashni tashkil etadi;

9) Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlarni o‘tkazadi;

10) qonun hujjatlariga hamda va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

36. Direktor bo‘lmaganda uning vakolatlarini Direktor o‘rinbosari bajaradi.

37. Direktor Vazirlik hay’ati tarkibiga kiritiladi.

38. Agentlik tizimi xodimlarini ishga qabul qilish va vazifasidan ozod qilish:

Oldingi tahrirga qarang.

boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va Agentlik markaziy apparati bo‘lim boshliqlari, shuningdek, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari Direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan;



(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Agentlik markaziy apparati boshqaruv xodimlari va texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari — Direktor tomonidan;



Oldingi tahrirga qarang.

hududiy boshqarmalarning boshqaruv xodimlari, shuningdek davlat xizmatlari markazlarining direktorlari va FHDY organlari mudirlari — Agentlik bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan;



(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

hududiy boshqarmalarning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlarining boshqa xodimlari — hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.



(38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2-§ Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi

(7-bobning 2-paragrafi nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari bilan o‘zaro hamkorligi Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.



Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

2) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

3) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;

5) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;

6) hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari ishtirokini tashkil etadi, davlat xizmatlari ko‘rsatish va FHDY sohalarida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.

(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

40. Hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari va filiallar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

1) Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;

2) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Agentlik markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qonun buzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;

4) o‘z ishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

5) davlat xizmatlari markazlari va filiallar faoliyati to‘g‘risida Agentlikning markaziy apparatiga ma’lumot taqdim etadi;



(40-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

6) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparatiga yuboradi;

7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

401. FHDY organlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

(401-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

1) Agentlik rahbariyati va hududiy boshqarmalar topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;

2) FHDY sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida hududiy boshqarmalarga axborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qonun buzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;

4) o‘z ishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda hududiy boshqarmalarga taqdim etadi;

5) FHDY sohasidagi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarga yuboradi;

6) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.

(401-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-sentabrdagi 767-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son)

Oldingi tahrirga qarang.



41. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Direktor o‘rinbosarining topshirig‘iga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.

(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita Direktor tomonidan qabul qilinadi.

3-§. Agentlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

42. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Hududiy boshqarmalar o‘z vakolatlari doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tegishli mablag‘larni ko‘chirish uchun bank rekvizitlari va g‘azna hisob raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan ushbu hisob raqamlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishi lozim.

43. Hududiy boshqarmalar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.

8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

44. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.

45. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

46. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.

9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish

Oldingi tahrirga qarang.

47. Agentlik quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:



1) Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga:

Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash;

Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, ularga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lash, qo‘shimcha shtat birliklarini saqlab turish, shu jumladan FHDY organlarining qo‘shimcha shtat birliklari va Agentlik hududiy boshqarmalarining arxivarius shtat birliklarini saqlab turish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish;

Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ularni joriy saqlash;

gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga — FHDY bo‘limlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash;

3) mahalliy budjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga — davlat xizmatlari markazlari filiallari uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(471-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

48. Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiradi:

Oldingi tahrirga qarang.

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar;



davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi miqdoridagi mablag‘lar;



gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi mablag‘larining 85 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima summalari;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizomning 51 va 511-bandlariga binoan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan qismi;



(48-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oldingi tahrirga qarang.

49. Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan:



Agentlikni, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarini moddiy-texnik ta’minlash;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarining binolarini qurish hamda binolar va uskunalarni ta’mirlash;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari xodimlariga ustamalar, martaba darajalari va ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha haq to‘lash;

belgilangan tartibda Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilish;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari, filiallar va FHDY organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularni o‘qitish va stajirovka o‘tashiga, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi;

Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarining kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlarining qo‘shimcha shtat birliklarini saqlab turish;

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.

(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

491. Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga kelib tushgan FHDY organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summasining 16 foizi, gerbli guvohnomalar berganlik uchun undiriladigan gerb yig‘imi mablag‘larining 85 foizi va ushbu Nizomning 511-bandiga binoan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan qismi, birinchi navbatda, gerbli guvohnomalar va fuqarolik holati yozuvlari blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni joriy saqlash, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lash, FHDY organlarining qo‘shimcha shtat birliklari va Agentlikning hududiy boshqarmalarining arxivariuslar shtat birliklarini saqlab turish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hamda FHDY organlarini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.



(491-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

50. Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

51. Davlat xizmatlari markazlariga pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar (texnik xizmatlar, shu jumladan, davlat xizmatlari ko‘rsatishda zarur bo‘lgan xizmatlar, konsalting xizmatlari, biznes reja tuzish, reklama xizmatlari, muhr va shtamp tayyorlash faoliyati, boshqa qo‘shimcha (tegishli) xizmatlar) Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlar markazlarini moddiy-texnik ta’minlashga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.

Pullik xizmatlarning ro‘yxati va tariflari, ularni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

511. FHDY organlarida pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar FHDY organlarini moddiy-texnik ta’minlashga, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.



Pulli xizmatlarning ro‘yxati va tariflari, ularni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

(511-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

52. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri ushbu Nizomning 48, 51 va 511-bandlarida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha tushadigan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘larini mazkur Nizomning 49 va 491-bandlarida ko‘rsatilgan xarajatlarga yo‘naltirish huquqiga ega.



(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

53. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra tegishli ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtiriladi.

Agentlikning markaziy apparat xodimlari uchun Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan tibbiy davolash shartlari saqlanib qoladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi;

(53-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

Oldingi tahrirga qarang.

FHDY organlari xodimlari lavozim maoshlari, lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga, jumladan FHDY organi mudiri — bo‘lim boshlig‘iga, 1-toifali inspektor — bosh mutaxassisga, 2-toifali inspektor — yetakchi mutaxassisga tenglashtiriladi.



(53-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)

10-bob. Agentlikning Vazirlikka hisobot berishi

54. Direktor muntazam ravishda Agentlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlikka hisobot beradi.

55. Vazirlik Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.

56. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

11-bob. Yakunlovchi qoidalar

57. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

58. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 70-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirishga doir

ChORA-TADBIRLAR REJASI


Download 340.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling