|
Xusanov Nozim Baxtiyorovich
|
Vazirning birinchi o'rinbosari
|
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri:
Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, o‘ziga qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini hamda Vazirlikka qarashli tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
|