1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]


Download 153.06 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi153.06 Kb.
#1630794
Bog'liq
257-II 29.08.2001




[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“PROKURATURA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
257-II-son
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
PROKURATURA TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 119-moddasining birinchi qismiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari
Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Prokuratura organlari o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
(4-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 33-moddasi birinchi qismi, shuningdek 47-bobiga qarang.
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
(4-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.
Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u o‘z bo‘ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir.
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismi; Jinoyat Protsessual kodeksining 33-moddasi uchinchi qismiga qarang.
Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 197-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236 va 239-moddalariga qarang.
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari:
har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
zarur bo‘lgan hollarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida xabardor qiladi.
(5-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi kurashga doir faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, o‘zining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlash yo‘li bilan o‘z faoliyatini oshkora amalga oshiradi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Prokuratura organlari o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 37-moddasi uchinchi qismi shuningdek 241-moddasi uchinchi qismiga qarang.
7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma’lumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi yettinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi yettinchi qismiga qarang.
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]

II BO‘LIM. PROKURATURA ORGANLARI
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi;
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
(10-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 119-moddasi uchinchi qismiga qarang.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga shuningdek O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi birinchi qismi 6-bandiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-285-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 160-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, bo‘limlarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
(13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasi 8-bandiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
(13-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuninig 15-moddasi ikkinchi qismi, shuningdek 21-moddasi birinchi qismiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
prokuratura organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
prokuratura organlari xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi;
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi birinchi qismi 12-bandiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga:
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida — muntazam ravishda;
o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida — zudlik bilan;
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida — har olti oyda axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o‘z faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risida”gi axborotini ko‘rib chiqish Tartibiga qarang.
15-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 119-moddasi ikkinchi qismiga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, shahar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari, prokurorning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yordamchisi, katta prokuror-kriminalist O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 119-moddasi uchinchi qismiga qarang.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari, prokurorlarning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, katta prokuror-kriminalistlar va prokuror-kriminalistlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari va prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar.
Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘lishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentni va uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Byuro direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi.
Byuro direktorining o‘rinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
19-modda. Prokuratura organlarining hay’atlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hay’atlar maslahat organlari bo‘lib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishga doir va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Hay’at qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]

III BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT
20-modda. Nazorat predmeti
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi.
21-modda. Qonunlar ijrosini tekshirish
Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi to‘g‘risidagi arizalar va boshqa ma’lumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar ko‘rilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
22-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o‘z vakolatlari doirasida:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko‘rishga, tekshirishlar o‘tkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to‘g‘risidagi va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishga;
davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish o‘tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majbur.
23-modda. Xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi
Xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasi birinchi qismiga qarang.
2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILIShI USTIDAN NAZORAT
24-modda. Nazorat predmeti
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi.
25-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi;
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 321-moddasiga qarang.
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qo‘zg‘atadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni ko‘radi.
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi ma’muriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega bo‘lgan hollarda prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotni va tekshiruv materiallarini ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi.
26-modda. Prokurorning sudga da’vosi
Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sog‘lig‘iga, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, da’voni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksining 46-moddasi birinchi qismi, 148, 149-moddalariga qarang.
3-BOB. JINOYATChILIKKA QARShI KURAShNI AMALGA OShIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILIShI USTIDAN NAZORAT
27-modda. Nazorat predmeti
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qarang.
28-modda. Prokurorning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi;
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
(28-moddaning matni xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan o‘z vakolatlariga berilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergov o‘tkazadilar.
LexUZ sharhi
Ko‘rib chiqilishi prokuratura vakolatiga berilgan jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida belgilab o‘tilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni o‘z ish yurituviga olishga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov o‘tkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-181-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 390-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 382-moddasiga qarang.
4-BOB. UShLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASh JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIRNING BOShQA ChORALARINI IJRO ETISh ChOG‘IDA QONUNLARGA RIOYA QILINIShI USTIDAN NAZORAT
30-modda. Nazorat predmeti
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga qarang.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonuniga qarang.
31-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga;
Oldingi tahrirga qarang.
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishga;
(31-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga jo‘natishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq bo‘lsa, bu choralarni bekor qilishga va o‘z qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy bo‘linmalardan darhol ozod qilishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham so‘rab-surishtirishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatidan talab qilishga;
jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish to‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini;
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini;
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunining 38-moddasi yettinchi qismiga qarang.
Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.04.00 Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror ishtiroki]

IV BO‘LIM. SUDLARDA IShLARNI KO‘RIShDA PROKURORNING VAKOLATLARI
33-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi.
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 51-moddasiga, Iqtisodiy protsessual kodeksining 49-moddasiga hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 409-moddasiga qarang.
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.
34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 512-moddasi birinchi qismiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda ko‘rish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli.
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi.
36-modda. Protestlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, chaqirib olish
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellatsiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda ko‘rish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]

V BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
38-modda. Protest
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.
39-modda. Qaror
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 275-moddasi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 331-moddasi birinchi qismiga qarang.
Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Uni ko‘rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
40-modda. Taqdimnoma
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim.
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 297-moddasiga qarang.
41-modda. Ariza
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 334-moddasiga qarang.
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
42-modda. Ogohlantiruv
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Ogohlantiruv to‘g‘risida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv e’lon qilingan shaxsning ish, o‘qish joyi bo‘yicha ish beruvchiga (ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishga haqli.
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]

VI BO‘LIM. PROKURATURA ORGANLARINING XODIMLARI
43-modda. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga, zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi.
Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“O‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”.
Qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolat muddati davomida kamida ikki marta kompleks o‘rganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’minlanishi hisoblanadi.
O‘z faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishini ta’minlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
48-modda. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yiladi.
Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari olib yurish huquqiga ega.
49-modda. Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustama haqlardan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-sonli “Sudlar, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan me’yorlar bo‘yicha bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
51-modda. Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanadi.
Davlat sug‘urta organlari quyidagi hollarda sug‘urta summalarini to‘laydilar:
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan bo‘shatilganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa), agar bu hol u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda;
prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida;
prokuratura organlari xodimiga u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yo‘qotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq har oyda to‘lab boriladi.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga yetkazilgan zararning to‘lovi boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va o‘zga daromadlarni hisobga olmagan holda to‘lanadi.
Prokuratura organlari xodimining o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq tarzda unga tegishli mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila a’zolariga to‘laligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.
VII BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
52-modda. Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
53-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari
Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va o‘quv yurtlari tashkil etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-sonli “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar chop etishi mumkin.
54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti respublika budjeti hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
55-modda. Prokuratura organlarining muhri
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va unga bo‘ysunuvchi prokuraturalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
56-modda. Ushbu Qonunda qo‘llanilgan ayrim atamalarning talqini
“Fuqarolar” degan atama zamirida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tushunish kerak.
“Prokuratura organlari xodimlari” degan atama zamirida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan prokuratura organlari va muassasalarining barcha xodimlarini, shuningdek prokuratura ish o‘rganuvchilarini tushunish kerak.
5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida o‘z vakolatlari doirasida ish olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak.
28-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, to‘qqizinchi va o‘n uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida o‘z vakolatlari doirasida ish olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlarini tushunish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
1-moddadagi, 7-moddaning to‘rtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining o‘ninchi, o‘n birinchi, o‘n ikkinchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi “prokuror” degan atama zamirida o‘z vakolatlari doirasida ish olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlarini tushunish kerak.
(56-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-181-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 390-modda)
28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak.


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 168-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 39-son, 390-modda; 2008-y., 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son) )

Download 153.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling