1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Download 58.7 Kb.
|
10 26.06.2015
[OKOZ: 1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud amaliyoti va statistikasi] [TSZ: 1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi] O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi hisoblanadi. Shu bilan birga, aybdor shaxs mazkur jinoyatlarni sodir etishda, deyarli barcha hollarda, inson hayoti va solig‘i kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa obyektlarga ham tajovuz qiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat tartibi va xavfsizligi quyidagilar bilan belgilanadi: O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi; “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 2013-yil 10-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”; (2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l ustavi” va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. (2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) 3. Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rayotganda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida berilgan, jumladan, quyidagi atamalarga amal qilishlari lozim bo‘lib, unga ko‘ra: yo‘l-transport vositalarining harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi bo‘lib, u o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini, shahar elektr transporti yo‘llarini va yo‘laklarni oladi; transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma; yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui; transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari va h.k.) yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ijara shartnomasi, ishonchnoma, yo‘l varaqasi va h.k.) asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi — davlatning mutlaq yurisdiksiyasidagi hududlar va suv hududlari. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan) Oldingi tahrirga qarang. 4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) XVIII — bobida barcha turdagi transport vositalarida harakatlanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Transport vositalariga, jumladan, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped, velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) 5. Maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan transport vositalari jumlasiga yo‘l yotqizish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan mashinalar (ekskavatorlar, greyderlar, avtokranlar, skreperlar, avtoyuklagichlar) kiradi. Oldingi tahrirga qarang. 6. Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti o‘n to‘rt yoshga to‘lgan, JK 260 — 262, 2631, 264 — 266, 268, 269- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning subyekti esa, o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi. (6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Tushuntirilsinki, JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti sifatida transport vositasini boshqargan, ya’ni: haydovchilik guvohnomasiga ega; yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgan; tegishli turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan; umuman transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan; qo‘sh boshqaruvli o‘quv (mashq) transport vositasida transportni boshqarishni o‘rgatayotgan shaxs topilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 7. Yo‘l harakati qoidalarining I bo‘limiga ko‘ra, ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo‘lgan va yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan hamda eng yuqori harakatlanish tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositasini, moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped) va o‘xshash tavsifga ega bo‘lgan boshqa transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas. Mazkur transport vositalarini yoki ot-ulov transportini boshqarib borayotgan, shuningdek, velosipedchilar, aravacha, chana, bolalar hamda nogironlar aravachalarini tortib (yurgizib) borayotgan va yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxs, agar bunda ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan yoxud odam o‘lgan bo‘lsa, buning uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, JK 268-moddasi bo‘yicha javobgar bo‘ladi. (7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Agar yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bir necha turdagi transport vositasi haydovchilarining jinoiy harakatlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lsa, bunday holda ular transport vositasi turidan kelib chiqib, tegishlicha, JK 266 yoki 268-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Oldingi tahrirga qarang. 8. JK 260, 261 — 263, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning zaruriy belgisi sodir etilgan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalarning buzilishi bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish borligi hisoblanadi. Harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi ham harakat, ham harakatsizlikda ifodalanishi mumkin. (8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Shuni nazarda tutish lozimki, yo‘l harakati qoidalarini buzish transport vositasini boshqarish tartibiga doir belgilangan ko‘rsatmalarga rioya etmaslikda (masalan, belgilangan harakatlanish tezligini oshirish, yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, harakatlanishning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketish va shu kabilarda) ifodalanadi. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish esa, transport vositalaridan foydalanish tartibiga doir belgilangan ko‘rsatmalarga rioya etmaslikda (masalan, nogabarit yuklarni yoki yo‘lovchilarni bunga mo‘ljallanmagan transport vositasida tashish, transport vositasi boshqaruvini shu vositani boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga topshirish va shu kabilarda) ifodalanadi. (8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Transport vositasi haydovchisining yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida emas, balki yukni ortish yoki tushirishda, transport vositalarini ta’mirlashda, qurilish, yo‘l, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirishi natijasida JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘lgan harakatlari, yuzaga kelgan oqibatlar va ayb shaklidan kelib chiqqan holda, shaxsga qarshi jinoyatlar yoki ishlarni amalga oshirish qoidalarini buzish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, agar u kelib chiqqan oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa, ayblovdan chiqarilishi lozim. Bunday hollarda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi. 9. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, yo‘l-transport hodisasi sabablarini tekshirishda yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining qaysi bandlari buzilganligini va ulardan qaysilari JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lganligini aniqlash zarur. Yo‘l harakati qoidalari ikki yoki undan ortiq yo‘l harakati ishtirokchisi tomonidan buzilgan hollarda, JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik faqat transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari mazkur moddada ko‘rsatib o‘tilgan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan haydovchidagina kelib chiqadi. Transport vositasini boshqarish borasidagi harakatlari kelib chiqqan oqibatlar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmagan boshqa haydovchi esa, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Oldingi tahrirga qarang. 10. JK 260, 261, 262, 266, 268, 269-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoki boshqa qoidalar buzilishi xususiyatidan qat’ii nazar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan, deb e’tirof etiladi, chunki, bunda aybdor barcha hollarda o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik bilan harakat qiladi. Agar aybdor harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini qasddan buzsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Aybdor tomonidan bir necha mustaqil jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, masalan, bu jinoyatlardan biri harakatlanish yoki transport vositasidan foydalanish xavfsizligiga qarshi, boshqasi esa, hayotga yoki sog‘liqqa qarshi jinoyat bo‘lsa, uning harakatlari mazkur jinoyatlar majmuini tashkil etadi. Oldingi tahrirga qarang. 11. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 260, 2601, 262, 263, 2631, 266, 268, 269-moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan “odamlar o‘limi” deganda, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish yoxud jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa qoidalar buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq odam o‘lishini tushunish lozim. (11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) “Halokat” deganda, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, jamoat transportidagi (avtobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli taksi va shu kabilar) o‘nlab odamlar nobud bo‘lishi bilan bir qatorda atrof-muhitga hamda odamlar sog‘lig‘i yoki hayoti uchun tuzatib bo‘lmas darajada ziyon yetkazgan hodisa tushunilishi lozim. “Boshqa og‘ir oqibatlar” deganda, odamlar o‘limi bilan bir qatorda poyezdlar, kemalar yoki samolyotlar qatnovi uzoq muddatga izdan chiqishi, tevarak-atrofdagi uylar va boshqa inshootlar vayron qilinishi (portlashi, yonib ketishi, qulab tushishi) va h.k.lar tushunilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq odamga o‘rtacha og‘ir va/yoki og‘ir shikast yetkazilganligi faktining o‘zi qilmishni “boshqa og‘ir oqibatlar” belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lmaydi. 12. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki yoki undan ortiq odam jabrlangan (bir paytning o‘zida badanga og‘ir shikast yetkazilgan va odam o‘limi kelib chiqqan) hollarda, yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsning harakatlari JK 33-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq JK 266-moddasining og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari ehtiyotsizlik oqibatida buzilganligi sababli bir yo‘la bir necha shaxsning badaniga turli darajadagi og‘irlikda (yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir) shikast yetkazilgan bo‘lsa, aybdor shaxs JK 266-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bir xil oqibatlar keltirib chiqargan, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining bir nechasi buzilganda, aybdorning harakatlari JK 266-moddasining shunday oqibatlarni nazarda tutuvchi tegishli qismi bilan (JK 33-moddasi ikkinchi qismi qoidasiga muvofiq) qamrab olinadi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Haydovchining yo‘l-transport hodisasi sodir etilishida, jumladan, harakatlanish tezligini oshirganligi natijasida, aybdorligi yoki aybsizligi masalasini hal etishda “Yo‘l harakati qoidalari”ning XI bo‘limi talablaridan kelib chiqish lozim bo‘lib, unga ko‘ra, haydovchi transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, xususan, harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda boshqarishi kerak. (13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Shu talabdan kelib chiqib, harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lganda, agar haydovchida buni payqashi imkoniyati bo‘lsa, u transport vositasini to‘xtatish darajasigacha tezlikni kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak. JK 266-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda va uning huquqqa xilof xatti-harakatlari bilan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi aniqlangan taqdirda kelib chiqadi. 14. Haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yo‘qligi masalasini hal etishda, harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lgan payt, har bir muayyan holda, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgunga qadar yo‘lda mavjud bo‘lgan vaziyatni inobatga olgan holda aniqlanishidan kelib chiqish lozim. Harakatlanish uchun xavf paydo bo‘lgan vaqt, haydovchi uni payqay olishi uchun obyektiv imkoniyatga ega bo‘lgan paytdan boshlab hisoblanadi. 15. Maxsus bilim talab qiladigan masalalarni yo‘l-transport hodisasi xususiyatlaridan (transport vositalari harakatlanish tezligi, haydovchida yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yo‘qligi, yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari harakatlarining “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga muvofiqligi, transport vositalari, ular agregatlari va uzellarining texnik holati va shu kabilardan) kelib chiqib, aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi tayinlanishi lozim. Yo‘l-transport hodisasining boshqa holatlarini aniqlash uchun sud-avtotexnika ekspertizasi hal qiladigan masalalar bilan bir qatorda sud-trassologiya va boshqa ekspertizalarga oid masalalarni qamrab oluvchi kompleks ekspertizalar tayinlanishi mumkin. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) xulosa berish uchun ekspertga zarur bo‘lgan, ishda mavjud materiallarga asoslangan yo‘l-transport hodisasiga oid boshlang‘ich ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Yo‘l-transport hodisasi holatlari to‘g‘risida ishda bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, ekspertga (ekspertlarga) bu ma’lumotlarning har biri bo‘yicha alohida xulosa berish topshiriladi. 16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud-avtotexnika ekspertizasi vakolati doirasiga faqat yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq maxsus texnik masalalarni hal etish kiradi. Shuning uchun, ekspertiza tayinlashda sudlar ekspertlar oldiga yechimi mutloq sudning vakolatiga taalluqli (masalan, yo‘l harakati ishtirokchisining aybdorlik darajasi to‘g‘risida) huquqiy masalalarni qo‘yishga haqli emaslar. 17. Sudlarga tushuntirilsinki, yo‘l-transport hodisasini sodir etishda aybdor va jabrlanuvchini, uning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolganligini bila turib, yordamsiz qoldirgan haydovchi JK 266 va 117-moddalarining tegishli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha javobgarlikka tortilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Agar haydovchi yo‘l-transport hodisasini sodir etishda aybdor bo‘lmasa, biroq, jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘i uning ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida xavf ostida qoldirilgan bo‘lsa, haydovchi tomonidan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishga doir “Yo‘l harakati qoidalari”ning 13-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarilmaganligi JK 117-moddasining tegishli qismi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi. (17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda) Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan shaxsga bila turib yordam ko‘rsatmaslik deganda, transport vositasi haydovchisi jabrlanuvchi yoshligi, keksaligi, kasalligi yoki ojiz ahvolda bo‘lganligi sababli mustaqil ravishda tibbiy yordam so‘rash imkoniyatiga ega emasligini, uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf mavjudligini anglagan, biroq unga zarur yordam ko‘rsatmagan (masalan, haydovchi hodisa joyidan yashiringan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmagan, tez tibbiy yordam chaqirmagan, jabrlanuvchini yaqin oradagi davolash muassasasiga olib bormagan va shu kabi) hollar tushunilishi lozim. Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan jabrlanuvchiga bila turib yordam ko‘rsatmaslik motivlari, shuningdek, haydovchining boshqa shaxslar tomonidan yordam ko‘rsatilishi mumkinligi haqidagi vajlari aybdorning harakatlarini kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi. 18. Yo‘l-transport hodisasida aybdor haydovchi uchun quyidagi hollarda JK 117-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqmaydi: agar unda jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmasa (masalan, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hushini yo‘qotganligi yoki olgan tan jarohati uni jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lsa va h.k.); jabrlanuvchining badaniga yetkazilgan tan jarohatlari uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmasa; jabrlanuvchining o‘limi yo‘l-transport hodisasi paytida ro‘y bergan bo‘lsa. 19. Jinoyat kodeksi 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda sudlar, yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining aynan qaysi bandlari buzilganligi mazkur moddada ko‘rsatilgan oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganligini va bu qoidabuzarlik aynan nimada ifodalanganligini (masalan, texnik nosoz transport vositasini boshqarganlik, transportni mast holda boshqarganlik, harakatlanish tezligini oshirib yuborganlik va shu kabilarni) hukmda ko‘rsatishlari lozim. Oldingi tahrirga qarang. (19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan) 20. Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishini harbiy mashinani boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishdan farqlash lozim. Harbiy xizmatchi tomonidan jangovor, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, qilmish JK 298-moddasi bilan kvalifikatsiya qolinadi. Agar yo‘l-transport hodisasi harbiylashtirilmagan mashinani boshqargan harbiy xizmatchining aybi bilan yoki harbiy mashinani boshqargan harbiy bo‘lmagan shaxsning aybi bilan sodir etilsa, qilmish JK 266-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. 21. Tushuntirilsinki, temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxslar, agar ular tomonidan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxslarga mazkur transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilgan taqdirda, JK 261-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday javobgarlik faqat quyidagi hollarda kelib chiqadi, agar: (21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs haydovchi transport vositasini boshqarishga ruxsat berilgan paytda mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini aniq bilgan bo‘lsa; (21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining haydovchi tomonidan buzilishi natijasida badanga og‘ir shikast yetkazilgan yoki odam o‘lgan holda kelib chiqqan bo‘lsa. Jinoyat kodeksi 261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti tashkilot, korxona, muassasa rahbarining buyrug‘i bilan transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs, shuningdek, shaxsiy transport egasi hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Agar transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan alkogolli ichimlikdan mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilgan va keyinchalik bu haydovchi o‘zboshimchalik bilan transport vositasini boshqargan bo‘lsa, JK 261-moddasi bilan javobgarlik kelib chiqmaydi. (21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Shuni nazarda tutish lozimki, alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini topshirgan shaxs, basharti yo‘l-transport hodisasi natijasida JK 261-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar kelib chiqmagan bo‘lsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi uchinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Oldingi tahrirga qarang. 22. Sudlar shuni nazarda tutishlari zarurki, transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilgan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxs tomonidan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganda, uning harakatlari kelib chiqqan oqibatlarga qarab, JK 260 yoki 266-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi mumkin. (22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Jinoyat kodeksi 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transporti harakati xavfsizligini tashkil etish bilan bog‘liq xodimlar (masalan, harakat xizmati, havo aloqasini boshqarish markazi, dispetcherlik xizmati xodimlari, katta shturman, parvozlar rahbari), shuningdek, transport vositasini bevosita boshqaruvchi xodimlar (kema komandiri (kapitani) va shturmani, mashinist va uning yordamchisi va boshqalar) bo‘lishi mumkin. 23. Jinoyat kodeksi 262-moddasi bo‘yicha javobgarlik, ta’mirlash ishlarini bajarayotgan shaxs yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun mas’ul shaxs tomonidan temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasi, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoxud boshqa transport uskunalari sifatsiz ta’mirlangan, shuningdek texnik jihatdan nosoz transport vositasini foydalanishga chiqarishga ruxsat berilgan hollarda kelib chiqadi. Bunda, transport vositalari, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarining texnik holati uchun mas’ul shaxs, texnik nosozlikdan xabardor bo‘lishi shart. 24. Sudlar yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni texnika xavfsizligi yoki transportda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan farqlay olishlari shart. Yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (JK 266-moddasi) deganda, bunday harakatlarning transport vositasi yo‘llarda harakatlanishi jarayonida sodir etilishi tushuniladi. Agar transport vositasidan foydalanish jarayonida, jumladan transportga yuk ortish-tushirish, transport vositasini ta’mirlash, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqa turdagi ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan, odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqan bo‘lsa, mazkur qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxsning harakatlari JK 257-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 25. Sudlar yo‘l-transport hodisasida aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo turi va muddatini belgilashda insonparvarlik, odillik tamoyillaridan kelib chiqib, har bir ish bo‘yicha alohida yondashuv to‘g‘risidagi qonun talabiga qat’iy rioya qilishlari, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, hodisa sodir bo‘lgandan keyin shaxsning xatti-harakatiga (uning jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qilgan harakatlari, jabrlanuvchi va uning oilasiga moddiy va boshqa tarzda yordam berganligi, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplaganligi va h.k.) va jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarga alohida e’tibor berishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. 26. Sudlar JK 260, 2601, 262, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda, sudlanuvchiga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llash masalasini muhokama qilishlari lozim. Mazkur masala shaxs bunday huquqqa ega, egamasligidan (masalan: shaxs jinoyat sodir qilgunga qadar yoki tergov vaqtida ma’muriy tartibda yoki sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligidan) qat’ii nazar, muhokama qilinishi shart. (26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) Jinoyat kodeksining 261-moddasi, 266-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qushimcha jazo qo‘llanilishi majburiyligi belgilanganligi sababli, sud, JK 57-moddasida belgilangan alohida hollar (masalan, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bo‘lib, boshqa mutaxassislikka ega emasligi) mavjud bo‘lganda, hukmning tavsif qismida o‘z qarorini asoslab bergan holda, qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llamasligi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 27. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda mazkur jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalalarni hal etishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli, shuningdek, “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorlarida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda) 28. Tashkilot, korxona, muassasalarda xizmat vazifalarini bajarishga vijdonsiz munosabatda bo‘lish, transport vositalarining qoniqarsiz ahvoli, mehnat va ijro intizomini buzish, avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini saqlash qoidalarini buzish kabi jinoyat sodir etilishiga imkon yaratib bergan hollar aniqlanganda, sudlar xususiy ajrim (qaror) chiqarish yo‘li bilan tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslari e’tiborini shu holatlarga qaratishlari lozim. Ish bo‘yicha avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini saqlash qoidalari qo‘pol buzilishi ( yo‘llarning cho‘kishi, yer osti inshootlari lyuklarining ochiq qoldirilishi, ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilmaganligi va h.k.) hollari aniqlanib, u JK 266-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqargan yo‘l- transport hodisasi uchun sharoit tug‘dirgan bo‘lsa, sudlar mazkur qoidalarga rioya etilishiga mas’ul shaxslar (ta’mirlash-qurilish eki foydalanish tashkilotlari xodimlari, ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va h.k.) harakatiga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari lozim. 29. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport harakati yoki undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 22-dekabrdagi 32-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV Toshkent sh., 2015-yil 26-iyun, 10-son Download 58.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling