davlat xavfsizligi — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
davlat manfaatlari (O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlari) — jamiyatda qonun ustuvorligini, xavfsizlik va barqarorlikni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlashga bo‘lgan davlatning anglanilgan ehtiyojlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |