O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari 602-21-kt tursunboyev Davronbek Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi


Download 6.35 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi6.35 Kb.
#1738054
Bog'liq
KONSTITUTSIYA

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari

602-21-KT

Tursunboyev Davronbek

Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi


Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining
tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy
munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o‘z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayotini yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, erkinlik hamda burchlari bilan bevosita bog‘liq.

Bir so‘z bilan aytganda, inson, fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu munosabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi.

Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi tushuniladi.

Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi.

Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar


Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o‘rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko‘rsatilgan.

Birinchi bo‘lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatdagi umum tan olingan prinsiplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi.


To‘rtinchi bo‘lim normalari davlatimizning ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishini belgilaydi.
Uchinchi bo‘lim normalari jamiyat va shaxs munosabatlarining xususiyatlarini ochib beradi.
Ikkinchi bo‘lim normalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini tartibga soladi.

Huquqning tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi.


Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rganadi.

Konstitutsiyaviy tuzum va huquqiy tartibot


Har bir davlatda huquq va tartibotning mavjudligi konstitutsiyaviy tuzumning
kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Konstitutsiyaviy tuzumning himoya qilinishi va barqarorligi davlat hokimiyati faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan bevosita bog‘liqdir.


Qullikdan
himoya qilish.
Og‘ir mehnatdan
himoya qilish.
Shafqatsizlik-
dan
himoya qilish.
E‘tibor, muhabbat
olish huquqi.
Tanlash
huquqi.
Kattalar va
bir-biriga
g‘amxo‘rlik.
Yer yuzidagi
barcha insonlar
teng huquqli.
Uy-joy, dam
olish, oziqlanish
huquqi.
Xo‘rlanishdan
himoya.
Ota-onadan
ajratishdan
himoya.

Savol va topshiriqlar:

1. «Konstitutsiyaviy huquq» atamasi qanday ma’nolarda qo‘llaniladi?

2. Konstitutsiyaviy huquq fan sifatida qanday xizmat qiladi?

3. O‘quv predmeti sifatida konstitutsiyaviy huquq qanday vazifalarni bajaradi?

4. Konstitutsiyaviy huquqning boshqa huquq tarmoqlari orasidagi yetakchi o‘rni nimada ko‘rinadi?

5. Konstitutsiyamiz muqaddimasining asosiy maqsadini ayting.

6. Konstitutsiyaning normalari davlatimizda huquqiy tartibni qanday belgilab beradi?


Download 6.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling