3 -mavzu: Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari. Reja


Download 31.76 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi31.76 Kb.
#240277
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-мавзу Глобаллашув


3 -mavzu: Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari.

Reja:

1. Globallashuvning jamiyat hayotidagi ijobiy va salbiy tomonlari.

2. Insoniyat hayotida jamiyat hayotining turli sohalarida hamkorlikning kuchayishi, uning turli jihatlari.

3. Insoniyatga tahdidlar va ularning hal etishda hamkorlikning ro`li.

"Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar jahon bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi". Harang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, "jurnalist" deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ajahoniyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalharo munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini ta'minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida "axborot quroli"ga harshi maxsus davlat dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.

"Bugungi kunda, - degan edi, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, - insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni jahonmamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi".

Kurashning bu turida eng samarali qurol - axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan jahon ajahoniyatlidir. Ya'ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga haratilgan xatti-harakatlarining asosini jahon, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan harorlarining manbaini jahon axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Globallashuvning insonlar, millatlar, mamlakatlar va mintaqalarga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri bugunning o‘zida yaqqol namayon bo‘lmoqda. U iqtisodiyoti yuksak taraqqiy qilgan yirik mamlakatning etakchiligini ta’minlashga, ularning kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo‘lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o‘zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga xatto kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham millatlar, halqlar va mamlakatlar hayotiga joriy qilishdek mudxish amaliyotni qo‘llash imkoniyatini ham kengaytirmoqda. Bu jarayonning milliy-ma’naviy hayotga, ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an’analarning emirilishiga o‘tkazayotgan ta’siri ayniqsa shiddat bilan rivojlanmoqda. Bu salbiy jarayonning bugungi oqibatlarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh sekretari Kofe Anan shunday baholagan edi: “millionlab va millionlab fuqarolar o‘zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin bo‘lmoqdalarki, globallashuv taqdirning mukofati emas, balki ularning moddiy farovonligini yoki ularning odatga aylanib qolgan turmush tarzini barbod qiluvchi kuchdir. Bu fikrning aytilganiga 9 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Ammo, ana shu vaqt davomida bu jarayon to‘xtashi nari yoqda tursin, xatto susayotgani ham yo‘q, uning o‘ringa shiddat bilan rivojlanmoqda.

Globallashuv jarayonining taraqqiy qilgan mamlakatlarning iqtisodiy sohaga (gegemonligini ta’minlashga ko‘rsatayotgan ta’sirini garchand bu masala mavzumizning yo‘nalishiga kirmasa-da), o‘tkazyotgan ta’sirini quydagi fikrlar va raqamlarda ko‘rsatish mumkin. “G‘arb analiktiklari” XXI asrni qanday tasavvur etadilar? Kim bu asrda balni boshqaradi? Tabiyki, transmilliy korporatsiyalar kimning qo‘lida ko‘p bo‘lsa, o‘sha Demak, AQSH faktlarga murojaat qilamiz: 1998 yilda 200 ta eng katta transmilliy korporatsiyalardan 74 tasi AQSH bayrog‘i ostida bo‘lgan. SHunga o‘xshash korporsiyalar barcha tovar aylanmalarining 36,5 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelgan. Amerikaliklar barcha TMK birgalikda olganda eng ko‘p “ishlaganlar”. Ular 52,7 foiz foyda ko‘rganlar. Dunyodagi eng katta 50 kompaniyalarning 33 tasining shtat kvartirasi AQSH da joylashgan. Ular birjadagi barcha katta qiymatga ega bo‘lgan aksiyalarning 71, 8 foiziga egalik qiladilar. YAna bir jonli misol. Dunyodagi mavjud 201 katta sanoat va moliya kompaniyalarining 90 foizi AQSH, Angliya, Buyukbritaniya, Germaniya va Fransiya kabi besh mamlakat xissasiga to‘g‘ri keladi

Bu ma’lumotlar er kurrasidagi milliy statistik xizmati va shuningdek BMT ning maxsus tashkiloti tomonidan to‘plangan va qudratli kompyuterlarda analiz qilingan. Ular analiz qilingan ma’lumotlarning bir qismigina xolos. Bu raqamlar jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlarning naqadar shiddat bilan mavjud moddiy boyliklarga egalik qilinayotganligidan dalolat berib turibdi.

Bu erda quyidagi savolni qo‘yish mumkin. Nima bo‘libdi, taraqqiy qilgan mamlakatlar mavjud moddiy boyliklar yoki ishlab chiqarilayotgan maxsulotlardan kelayotgan daromadni asosiy qismini egallagan bo‘lsa? Ularning intellektual texnik, texnologik va iqtisodiy imkoniyatlari katta, shuning uchun ham bu jarayon tabiiy,-deb qarash kerak emasmi?

Agar bu faqat iqtisodiy sohasi bilan cheklansa, taraqqiy qilgan mamlakatlar kam taraqqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlar bilan manfaatlar tengligi asosida munosabatlar olib borishganida va iqtisodiyot omili vositasida jahon xalqlari milliy-ma’naviyatlarini emirib, ular o‘rniga o‘zlarining madaniyat, ma’naviyat va turmush tarzlarini joriy qilishni etakchi tamoyilligi aylantirishni maqsad qilmaganlarida edi, yuqoridagi ma’lumotlardan havotirlanmasa ham bo‘lgan bo‘lur edi.

Afsuski, globallashuvning taraqqiy qilgan mamlakatlar iqtisodiyotning gullab-yashnashiga qo‘shayotgan hissasi zamini nixoyatda chuqur. Ular nazarimda quydagilardan iborat.

Birinchidan, Iqtisodiy omil har doim barcha boshqa omillarning taraqqiyoti va istiqbolini belgilab bergan. SHunday ekan agar TMK ning taraqqiy qilgan mamlakatlar qo‘lida to‘planishi shu darajada davom etadigan bo‘lsa, “XXI asrda barcha transmilliy korporatsiyalarni o‘z qo‘lida to‘plagan mamlakat boshqaradi”. Bu taraqqiy qilgan mamlakatning: a) jahondagi boshqa mamlakatlar ustidan iqtisodiy xukmronligining ta’minlanishiga olib keladi-degani; b) iqtisodiy xukimronlikka ega bo‘lgan mamlakatlarning jahon siyosatini belgilab beruvchi qudratli kuchga aylanishiga olib keladi va ularning “mayda”millatlar, halqlar va mamlakatlar turmush tarzini, millatlar, urf, odati, an’ana va qadriyatlariga zid bo‘lgan o‘zlarining “demakratik” qadriyatlarni singdirish imkoniyatlar kengaytirishga to‘la erishadilar -degani;

Ikkinchidan,taraqqiy qilgan mamlakatlarning o‘rtasida iqtisodiy ustunlikni qo‘lga kiritishi uchun o‘zaro kurashni yana xam kuchayib borishiga olib keladi. Bu nixoyatda xatarli “o‘yinga” aylanishi xavfi hozirdanoq ko‘zga tashlanmoqda. Uning xatarli tomoni shundaki, jafoni “o‘yinda” qatnashayotganlar emas, balki undan tashqarida bo‘lgan oddiy xalq, “mayda” mamlakatlar, halqlar va millatlar tortishi mumkin. CHunki, ular o‘rtasidagi “jang” o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar va resurslar uchun emas, balki kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar va resurslarni qo‘lga kiritish uchun boradi. Bu “jang” bugun kam taraqqiy qilgan yoki endi taraqqiy yo‘liga kirayotgan mamlakatlarga; a) gumanitar yordam ko‘rsatish; b) iqtisodiyotini g‘arazli niyatida o‘zlarining invistiyalariga bog‘lab qo‘yish; g) bu mamlakatlarni yovuz kuchlardan “ximoya” qilish bahonasida o‘z qurolli kuchlarini joylashtirish ko‘rinishlarida sodir bo‘lmoqda.

YUqoridagilar garchand ko‘rinishidan o‘sha mamlakatlar taraqqiyoti uchun o‘ta zarur. Lekin, ayni paytda o‘z xukumronligini o‘rnatishning eng “beozar” uslubi ham hisoblanadi. Aslida ana shu uslub va tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi “jang”ning avj olayotganligi yangi global muammoni keltirib chiqarayotganligi bugun yaqqol namoyon bo‘lmoqda;




Download 31.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling