Matn, jadval prosessorlari va ulaning imkoniyatlari. Microsoft office dasturida matnlar bilan ishlash uchun Microsoft Word matn muxarriridan foydalaniladi bu dasturda rasm, jadval, web-saxifalar yaratish mumkin. Bundan tashqari Microsoft Word dasturidan chiqmagan holda Microsoft Excel dasturi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Microsoft Excel dasturida boshqa dasturlarda qilinmaydigan ishlar-funksiyalar bilan ishlash, turli arifmetik va statistik funksiyalarni bajarish mumkin. Microsoft Excel dasturida ma’lumotlarni qiymat yoki grafik ko’rinishida olish mumkin. Ma’lumot yoki natijani grafik ko’rinishda olish diagramma deyiladi.
Taqdimot yaratish va uning dastriy ta’minoti. Microsoft office paketlari ichida taqdimotlar yaratish uchun qo’llaniladigan maxssus Microsoft PowerPoint dasturi mavjud. Bu dastur turli xisobotlar, konferensiyalar, tadbirlarga ko’rgazmali xujjatlar yaratish uchun qo’llaniladi. Uninig dasturiy ta’minoti bu Microsoft office dasturlar paketi hisoblanadi. Ya’ni Microsoft office dasturlar paketi o’rnatilish jarayonida Microsoft PowerPoint dasturi ham o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |