1. Og'ir metallar Yengil metallar


Download 27.9 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1517324
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekistonda rangli metallurgiya bilan bog‘liq vaziyat

RANGLI METALLAR — temirdan boshqa barcha metallarning sanoatdagi nomi. 5 guruhga boʻlinadi: yengil metallar; ogʻir metallar; qiyin suyuklanadigan metallar; asl metallar; nodir metallar. Yengil Rangli metallarga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (zichligi 0,53—5 g/sm3); ogʻir Rangli metallarga mis, nikel, qoʻrgʻoshin, qalay, kadmiy, kobalt, rux, margimush, surma, vismut, simob (zichligi 5—13,6 g/sm3); qiyin suyuqlanadigan Rangli metallarga volfram, molibden, niobiy, tantal, xrom, sirkoniy va b. ; asl Rangli metallarga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; nodir Rangli metallarga tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyraker metallar (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (texnetsiy, fransiy, poloniy, radiy, aktiniy, toriy, protaktiniy, uran va barcha transuran elementlar) kiradi.

  • Rangli metallarning koʻpchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Mas, alyuminiy oʻz rudalarida A12O3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida boʻladi. Rudalardan gidrometallurgiya usulida avval A12O3, undan esa elektroliz yoʻli bilan alyuminiy olinadi.

  • Mis tabiatda, asosan, tog jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Mis rudasi boyitilgandan keyin uni suyuqlantirib shteynni bessemerlash usuli bilan xomaki mis, xomaki misni termik usulda tozalab yoki elektroliz qilib sof mis olinadi. Magniy tabiatda har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va b. kiradi. Bu rudalar (Mas, magnezit) dan magniy oksid MgO olinadi, magniy oksiddan uglerod ishtirokida xlor oʻtkazish yoʻli bilan magniy xlorid MgCl2 hosil qilinadi, u elektroliz qilinib, xomaki magniy olinadi. Uni qayta suyuqlantirib yoki sublimatsiya yoʻli bilan sof magniy olinadi. Boshqa P.m. ham tegishli usullarda shu metallarning rudalaridan ajratib olinadi.

    Tayanch: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
    Fanga oid: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi.
    Dars turi: Yangi bilimlarni o’rganuvchi
    Dars uslubi: “Assisment” metodi, guruhlar bilan ishlash, “Muammoli vaziyat” metodi, “Venn diagrammasi”, ”Moychechak guli” metodi
    Dars jihozi: Darslik,proektor, ekran,davriy jadval, tarqatmalar,
    kimyoviy jihoz va reaktivlar
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quv qurollar, xona tozaligi, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik
    ko’rish, ma’naviy va ekologik daqiqa,guruhlarga bo’lish
    Navbatchi axboroti, yurtimizdagi bo’layotgan voqea , hodisalar , ma’naviy va ekologik daqiqa
    Download 27.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling