1. Og'ir metallar Yengil metallar
Download 27.9 Kb.
|
O‘zbekistonda rangli metallurgiya bilan bog‘liq vaziyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmaliq KMK
- Navoiy KMK
- Raqobat ustunliklaridan foydalanish
MAVZU: O‘zbekistonda rangli metallurgiya bilan bog‘liq vaziyat Reja: 1.Og'ir metallar2.Yengil metallar3.Suyuqlantirib yoki sublimatsiya yoʻli bilan sof magniy olinadi “Yashil iqtisodiyot”ga, ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda. O‘zbekiston rangli metallarning katta zaxirasiga ega bo‘lgani uchun o‘z qiyosiy ustunliklaridan foydalanishga intiladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda rangli metallarni qazib olish, qayta ishlash va ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Rangli metallurgiya tarmog‘iga iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida qaraladi. O‘zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjud. Oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush — 24,6 ming tonna, mis — 21,3 mln tonnani tashkil etadi. Rangli metallarning katta zaxirasi ularni qazib olish, qayta ishlash va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksportini o‘stirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bois ushbu sektorda islohotlarni amalga oshirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi 6 yilda ishlov berish sanoatida metallurgiya sanoatining jismoniy hajmi ulushi 11 foizdan 24 foizga oshgani alohida e’tiborga molik. 2022-yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarish hajmi 97,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2016-yilga nisbatan 10 baravar ko‘pdir. 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida rangli metallar ishlab chiqarish hajmi ham o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarda mis va undan mahsulotlar ishlab chiqarish 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshib, 184 ming tonnani, rux va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 1,3 foizga o‘sib, 83,6 ming tonnani, qo‘rg‘oshin va undan tayyorlangan mahsulotlar esa 20 foizga kamayib, 8,1 ming tonnani tashkil etdi. Rangli metallar eksporti iqtisodiyotni salmoqli valyuta tushumlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda, 2022-yilning 10 oyi davomida mis eksporti 0,4 foizga oshib, 954 mln dollar, rux yetkazib berish 30 foizga ko‘payib, 213 mln dollar, qo‘rg‘oshin eksporti 39 foizga kamayib, 6,5 mln dollar, xorijga alyuminiy sotuvlari 10 foizga ortib, 48,6 mln dollarga teng bo‘ldi. Shuningdek, 2022-yilning 11 oyi davomida oltin eksporti 14,2 foizga kamayib, 3,6 mlrd dollarni tashkil etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, 2021-yilda tog‘-kon sanoatida TTXI hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 1,3 mlrd dollarga, 2023-yilda esa 1,5 mlrd dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda investitsiyalarning eng katta qismi rangli metallurgiya flagmanlari korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (Olmaliq KMK) (64 foiz) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) (28,5 foiz) ulushiga to‘g‘ri keladi. Olmaliq KMKMazkur kombinat 1949-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali 98,8 foizi O‘zbekiston hukumatiga tegishli hisoblanadi. Budjet daromadlarining 9 foizi Olmaliq KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi ikkinchi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi. 100 dan ziyod turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan kombinatda 35 ming kishi mehnat qiladi. Kombinatda 3 ta ochiq karer va 4 ta yer osti konlari, shuningdek, 5 ta qayta ishlash korxonasi va 2 ta metallurgiya majmuasi faoliyat olib boradi. Sulfidli, tarkibida oltin bo‘lgan va polimetall rudalarni qazib olish va boyitish, tozalangan mis, metall rux, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ular asosida ikkilamchi mahsulotlar va qotishmalar ishlab chiqarish Olmaliq KMKning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kombinat mamlakatda birlamchi mis yetkazib beruvchi yagona ishlab chiqaruvchidir. 2021-yilda Olmaliq KMKning katodli mis ishlab chiqarish quvvati 148 ming tonna, oltin — 17 tonna va kumush — 196 tonnani tashkil etib, kompaniya daromadi esa 2,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi. 2022 yilda eksport hajmi 942,1 mln dollarni tashkil qildi. Navoiy KMK1958-yilda tashkil etilgan ushbu kombinat Moliya vazirligi orqali 100 foiz O‘zbekiston hukumatiga tegishli. Mamlakat budjeti daromadlarining 18 foizi Navoiy KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi, unda 58 ming kishi faoliyat olib boradi. Korxonaning asosiy faoliyati oltin qazib olish va qayta ishlash bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi yiliga qariyb 80 tonna oltinni tashkil etadi. Maydoniga ko‘ra dunyoda eng yirik hisoblangan Muruntov koni Navoiy KMKning asosiy resurs bazasi sanaladi. 2022-yilning birinchi yarim yilligida Navoiy KMKning umumiy oltin savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 1,4 mln unsiyani tashkil etdi va shu orqali 2,6 mlrd dollar foyda keltirdi. Oltindan olingan yillik daromad 11 foizga oshgan, bunda 4 foizi oltinning sotish narxi o‘sganiga, qolgan 7 foizi esa oltin savdosi hajmining ko‘payganiga bog‘liq bo‘ldi. Raqobat ustunliklaridan foydalanishRangli metallarning katta zaxiralari bir qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun raqobatdosh ustunliklarni yaratadi, bu esa mamlakatning intensiv texnologik rivojlanishiga turtki beradi. Yashil iqtisodiyot”ga ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda. Bugungi kunda jahon bo‘yicha mis ishlab chiqarish unga bo‘lgan talabning o‘sishiga yeta olmayapti. Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2030-yilga borib misga bo‘lgan talab 45 foizga o‘sib, yiliga 38 ming tonnaga yetadi, bu esa elektromobillarga bo‘lgan talabning ortishi va “yashil” tarmoq uchun infratuzilmaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda, ishlab chiqarish hajmi talabdan past darajada qoladi. Download 27.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling