1-oktabr “ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi
(Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)
Download 21.84 Kb.
|
1 oktabr sinariy
(Y. Usmonova ijrosida “O’zbekiston” qo’shig’I ijro etildi)
Boshlovchi. Ey hurmatli muallim, Har ko’ngilda mehring bor. Har uyda har shaharda, Sening mevalaring bor. Boshlovchi. Ekkan mevalariningni, Hosili hech tugamas. Dunyoda sening kabi, Baxtli inson topilmas. Boshlovchi. Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi. 1-O’quvchi Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim, Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim. Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim, Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim. Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim, Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim, Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim. 2-O’quvchi Ilm-u ziyo berar bizga, Onadir har o’g’il qizga. Jo bo’ldingiz qalbimizga, Mehribonim o’qituvchim, Jonajonim o’qituvchim. O’qi, o’rgan deya doim, To’g’ri yo’lni ko’rsatasiz Hayot darsin o’rgatasiz Mehribonim o’qituvchim, Jonajonim o’qituvchim. (Ustozlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi.) 3-O’quvchi Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga, O’z mehrini nurini bahsg etadi har yoshga. Bilganimda suyunib, bilmay qolsam kuyungay, Bardoshga-yu, bardoshga-yu, bardoshga. O’zshatmog’in istaydi eng pokiza insonga, Yetaklaydi seni u fan bog’iga bo’stonga. Yuragingga o’tkazar, yuragidan nihollar, Yetganingda voyaga boshi yetar osmonga. Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li yorug’dir, Ustoz ko’ngli xazina, sahovatga to’liqdir. Yetsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar, Do’stim bilsang ustozing otang kabi ulug’dir 4-O’quvchi Ey, inson idrokin charxlovchi zot, Ey, marifat bog’ini gullatgan zako. Siz bilan munavvar bu shirin hayot, Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh. 5-O’quvchi Azaldan ustozni ulug’lar xalqim, Ularga ezgulik tilamoq xaqqim. Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko, Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim. (Ko’z tegmasin qo’shig’iga raqs ijro etiladi.) Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling