Teleboshlovchi boʻlib qolsam nutqiy mavzuning maqsadi


Download 240.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana26.01.2023
Hajmi240.39 Kb.
#1126601
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10. Teleboshlovchi bo\'lib qolsam OʻK



TELEBOSHLOVCHI BOʻLIB QOLSAM 
 
Nutqiy mavzuning maqsadi: oʻquvchilar ongida teleboshlovchilik kasbi 
haqida tasavvur paydo qilish, ushbu sohaga oid til birliklarini nutqida 
faollashtirish; matnni oʻqib tushunish; mavzu yuzasidan munosabat bildirish va oʻz 
fikrini himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish. 
Rasmiy va norasmiy uslub.
Sifat va yordamchi soʻzlar imlosi.
 
1-soat 
DARS JARAYONI 
Kirish. 
 
“Ayting-chi, teleboshlovchilik kasbi qanday kasb? U bilan kimlar 
shugʻullanadi? 
Asosiy qism. 
Ogʻzaki nutq. Rasm asosida suhbat. 
Rasmlarga qarang. 
Darslikda ekran qarshisida nutq soʻzlayotgan kishilarning har xil holatdagi 
rasmlari berilgan. Oʻquvchilar rasmdagi holatlar bilan tanishib, oʻz 
munosabatlarini ogʻzaki tarzda ifodalab berishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor 
oʻquvchining rasmdagi holatlarni tushunishi, ushbu holatlarga mos bogʻlanishli 
nutq tuzib, aytib berishiga qaratiladi.
Oʻquvchilar oʻz munosabatlarini bildirganlaridan soʻng, rasm ostidagi 
savollar asosida suhbat boshlanadi. 
Muhokama.
1. Rasmlarda qanday kasb egalari aks etgan? Bu kasb haqida nimalarni 
bilasiz? 

Bu yerda asosiy eʼtibor oʻquvchining ushbu jarayonlarga boshlovchilik 


qiladigan kasb egalari kim ekanligini, ular haqida nimalarni bilishlarini aniqlashga 
qaratiladi. 
Oʻquvchilarning fikri tinglangach, ushbu kasb haqida maʼlumot berib oʻtiladi: 
Teleboshlovchi – televideniyeda boshlovchilik qiladigan suxandon. 
2. Rasmlarni bir soʻz bilan rasmiy va norasmiy deya taʼriflash mumkin. Bu 
ikki tushunchaning farqini berilgan rasmlar asosida qanday tushuntirasiz? 

Bunda oʻquvchilar ikkala suratni taqqoslab munosabat bildirishlari lozim. 


Dastlab, oʻquvchilardan rasmiy va norasmiy soʻzlarining maʼnosi, soʻngra rasmlar 
orqali ushbu farqlarni izohlashlari soʻraladi. 

Download 240.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling