2-soat
Dars jarayoni
Kirish.
“Ayting-chi, teleboshlovchilik kasbi qanday kasb? U bilan kimlar
shugʻullanadi?
Asosiy qism.
Oʻqib tushunish.
Matnni oʻqing, savollarga javob bering.
Ushbu matn orqali oʻquvchilarda publitsistik matnning ifoda shakli,
matnning tuzilishi, unga oid til birliklar, hamda teleboshlovchilik kasbi haqida
maʼlumot berish maqsad qilingan.
Matn: “Teleboshlovchi kim?”
Oʻquvchilar matn bilan tanishib chiqqanlaridan soʻng, matn ostidagi savollar
bilan suhbat boshlanadi.
Muhokama.
1.Teleboshlovchi kasbi qachon, qaysi voqeadan soʻng paydo boʻldi?
Bu savol matnda ochiq ifodalangan maʼlumotni topishga qaratilgan.
Oʻquvchilar matnning birinchi qismida berilgan maʼlumotlar asosida televizorning
yaratilishi oqibatida XX asrning 40-yillariga kelib teleboshlovchilik kasbi paydo
boʻlganini aytishi lozim.
2. Nima uchun, dastlab teleboshlovchi kasbi koʻp tarmoqli boʻlmagan?
Bu savol matnning birinchi qismidagi gaplarni oʻzaro integratsiya qilish
orqali anglashiladi, yaʼni oʻquvchi telekanallarning kamligi teleboshlovchilik
kasbining koʻp tarmoqli boʻlmaganiga sabab boʻlishini tushunib, ayta olishi lozim.
3. Koʻrsatuvlarning turiga qarab, teleboshlovchilikning qanday yoʻnalishlari
borligi haqida gapiring.
Bu savolning javobi matnning ikkinchi qismidan anglashiladi. Oʻquvchi
ushbu qismda berilgan maʼlumotlar orqali teleboshlovchilik yoʻnalishlarini sanab
berishi lozim. Bu yerda asosiy eʼtibor oʻquvchining nutq soʻzlashini oʻstirish bilan
birgalikda teleboshlovchilik kasbi haqida maʼlumot berishdan iborat.
4. Yangiliklar sharhlovchisi bilan koʻngilochar koʻrsatuv boshlovchisining
Do'stlaringiz bilan baham: |