1. Boshlovchilarning kiyimiga eʼtibor qarating.
2. Boshlovchilarning nigohlari nimaga qaratilgan?
3. 1-rasm bilan 2-rasmdagi sahna bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Rasmiy nutqda soʻzlovchi aynan nimalarga eʼtiborli boʻladi? Misollar bilan
tushuntiring.
Bu savolga javob olishdan avval oʻquvchilarda rasmiy nutqni qayerlarda
eshitganlari haqida soʻraladi. Bunda oʻquvchi maktablarda boʻladigan
tadbir,
ommaviy axborot vositalarida uzatilayotgan xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi
koʻrsatuvlardan misol keltirib, oʻz fikrini bildirishi lozim.
Bunda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning rasmiy
nutqdagi til birliklarini
oʻzlashtirishga qaratiladi. Masalan, oʻquvchilar
rasmiy nutqda darak gaplardan
koʻproq foydalanish, gap urgʻusi, taʼkid, shuningdek, asosan…singari til birliklari
qoʻllanishi haqida tasavvur hosil qilishi lozim.
4.
Norasmiy nutqda soʻzlovchi uchun nimalar cheklanmagan? Misollar bilan
tushuntiring.
Bu savolning javobi ham aynan bitta javobni talab qilmaydi. Oʻquvchilar
hayotiy kuzatishlari davomida duch kelgan norasmiy nutqda soʻzlovchilar nutqini
hamda rasmiy nutqdan farqli ravishda norasmiy nutqda
soʻroq gaplardan, erkin
soʻzlashuv uslubidan foydalanish mumkinligini misollar bilan aytishi koʻzda
tutilgan.
Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarga koʻmaklashish uchun biror norasmiy
koʻrsatuvdan qisqa nutqni tinglatishi va izohlab oʻtishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: