Ushbu savolning javobi matnda ochiq ifodalangan maʼlumotni
topishga
qaratilgan. Matnning 3- xatboshisida suxandon va teleboshlovchining farqlari berib
oʻtilgan. Oʻquvchi matndan ushbu oʻrinlarni topib, fikrini hayotiy misollar bilan
izohlab berishi lozim.
6. Teleboshlovchi qanday sifatlarga ega boʻlishi kerak? Bu xislatlar ularga
nima uchun kerak boʻladi. Fikrlaringizni asoslab bering.
Bu savolning javobi ham matndan ochiq ifodalangan. Oʻquvchi matn bilan
qayta ishlash davomida ushbu oʻrinlarni topishi, matnning 4-5-xatboshilarda
berilgan maʼlumotlarni
tushunib, ogʻzaki bayon qilishi lozim. Bunda asosiy eʼtibor
matndagi jumlalarni soʻzma-soʻz emas, balki oʻz
ifodalari bilan tushunib, ayta
olishiga qaratiladi.
7. Nima uchun teleboshlovchilik dunyodagi eng ogʻir kasblardan biri
hisoblanadi?
Mazkur savolning javobi matnning oxirgi xatboshida keltirilgan. Unga
koʻra,
teleboshlovchilik masʼuliyatli kasb boʻlib, kasb egalari aniq bir rejim
asosida ishlashmaydi: kunduzi ham, kechki payt ham, hatto dam olish kunlari ham
ishlashi mumkin. Tasvirga olish uzoq davom etgan vaqtlari tushlik ham
qilmaydilar…bu maʼlumotlarni oʻquvchilar tushunib, aytib berishlari lozim.
Asosiy eʼtibor, har bir kasbning oʻz masʼuliyati borligini his qilib,
munosabat
bildirishlariga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: