Kasbiy monologik nutq. Reja


Download 211.5 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1325208
  1   2   3
Bog'liq
Kasbiy monologik nutq.


Kasbiy monologik nutq.
REJA:

1.Kasbiy muloqot odobi


2.Monologik nutqning elementlari.


Kasbiy muloqot odobi
Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib boradi. Ammo, mana shu kasblar ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham mas’uliyatliligi bilan ajralib turadi. Bu ustozlik va murabbiylik kasbidir.Barcha sohalarning ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi. Har birimizga kimdir harf o‘rgatib, savodimizni chiqargan.
Bugun kim, qaerda, qanday vazifada ishlamasin, qachondir maktabda o‘qigan, ustozlar tarbiyasini olgan.
Bugun yurtimizda o‘quvchilarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar jahon talablariga to‘la mos keladi. Istiqlol yillari barcha ilm maskanlari mukammal ta'miralandi. Keng va yorug‘ darsxonalar, zamonaviy andozalar bilan jihozlangan o‘quv labaratoriyalari, komyuter` texnikalari bolalarimiz xizmatida. Talabalarning odob-axloq, bilim saviyasini yanada yuqoriga ko‘tarish, har bir talabaning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish borasida ustozlar tinmay izlanmoqda.
Talabalar ongiga bugungi dunyoda bo‘layotgan shiddatli, fitnalik bir davrda chinakam ma'naviyat va ma'rifatni singdirish juda muhimligini har bir ustoz murabbiy dildan his etadi. O‘zbekiston bugungi dunyo hamjamiyatidagi o‘zining munosib o‘rnini egallab, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar ichra teng ovoz bilan xalqaro maydonda o‘z mavqeiga ega bo‘lishida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Shu o‘rinda alohida ta'kidlab aytishimiz lozimki, barchalarimizga mana shunday shart-sharoitlarni yaratib bergan va haqiqiy yurt fidoyisiqanday bo‘lishini ko‘rsatib bergan, taraqqiyot modelimizni ishlab chiqib butun xalqimizga buyuk davlat barpo qilish sirlarini o‘rgatgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chin ma’noda barchamizga murabbiy hisoblanadilar. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” O‘zbekistonimizni yanada gullab-yashnashi uchun dasturil amaldir.
Keyingi avlod, albatta, ular ko‘rsatib, o‘rgatib ketgan va ketayotgan yo‘llaridan borib faqat va faqat rivojlanib boraveramiz. Chunki, yurtboshimiz ta'lim bergan taraqqiyot yo‘li bu yuksaklikka intilish yo‘lidir.
So‘z mulkining sultoni bo‘lmish hazrati Alisher Navoiy ilm tarqatuvchi ustozlarni haqqini ado qila olmaslik to‘g‘risida shunday marhamat qiladilar:“Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,Aylamak bo‘lmas ado haqqin aning yuz ganj ila”.
Monologik nutq badiiy asar qahramonlarining o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Ham shе’riy ham nasriy asarlarda ishlatiladi. Badiiy asarlardagi maktublar, asosan, monologik yozma nutq ko‘rinishida bo‘ladi (eslang: Kumushning Otabеkka yozgan maktubi, yoki Otabеkning Kumushga yozgan maktubi). Shе’riy matnlarda lirik qahramon kеchinmalarini tugal tasvirlash uchun monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki monologik nutq - «Qahramonning o‘z-o‘zi bilan ichdan gapirishi, fikrlashi, fikr va tuyg‘ularining ichki ifodasidir. Ichki monologda qahramon o‘zining sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki monolog orqali qahramon kitobxon oldida o‘z-o‘zini ochadi. Shuning uchun ham uning shaxsiyatida hеch narsa sirli yoki tushunarsiz bo‘lib qolmaydi. Ichki monolog so‘zlashuv nutqidan o‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».1

Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling