Rasmiy uslub
Download 207.31 Kb.
|
RASMIY VA FONET-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy uslubning turlari
RASMIY VA FONETIK USLUBLAR Amirqulova Muxlisa Rasmiy uslubRasmiy uslub tez-tez takrorlanib turuvchi bir xildagi o‘zgarmas jumlalarga boy. Bu uslub turida sinonimlar, ko‘chma va ko‘p ma'noli so‘zlar, obrazli vositalar ko‘llanilmaydi. Rasmiy uslub ma'lum ma'noda chegaralangan uslubdir, Shuning uchun bu uslubda bir xil qolipdagi, standart vositalar ko‘plab qo‘llaniladi va shu uslub uchun muhim belgi sifatida xarakterlanadi. Rasmiy uslub matnlaridagi jumlalar aniq va ravon, unda ortiqcha so‘zlar qo‘llanilmasligi talab kilinadi. Sintaktik jihatdan rasmiy uslubning jumlalari ikki tarkibli: sodda yoyiq gaplardan va ixcham shaklidagi qo‘shma gaplardan tashkil topgan bo‘ladi. Rasmiy uslubning turlariShunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, aktlar, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Rasmiy uslubning nutqiy qurilmalari Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda; shunga ko‘ra; ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ...ga ko‘ra; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak formalarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. Rasmiy uslub acocan kitobiy va shu uslub uchun xos atamalardan tashkil topadi. Rasmiy uslubning tayanch lug‘aviy vositalari: xalqaro munosobatlarga oid bayonot, nota, bitim, shartnoma, munozara, rasmiy tashrif, do‘stona munosabat, rasmiy xabar, idora ishlariga oid so‘z; karor, chakirik, topshirik, vazifa, buyruqlar, щuningdek, huquq sohasidagi so‘z va birikmalar: qonun, ijro, qonunchilik, bank, kredit, mulk, fond kabilardir. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma'muriy va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko‘rinishidir. Rasmiy uslubda ishlatiladigan so‘z va turg‘un birikmalar. 1.Tilga olinayotgan kishilar o‘z nomi bilan atalmasdan, buning o‘rniga ularning belgisi, biror harakati ishlatiladi: ijrochi, ayblanuvchi, guvoh, javobgar, uyni ijaraga oluvchi,da'vogar va h.k. 2.Harakat nomi: oldini olish, chora ko‘rish, hukm chiqarish. 3.Buyruq-istak mayli 3-shaxs birlik shaklidagi fe'llar: bajarilsin, topshirilsin, yuborilsin. 4.Majhul nisbatdagi fe'llar: qaror qilindi, o‘qib eshittirildi, ko‘rib chiqildi va h.k. 5.Qo‘shma gapning turlaridan shart, to‘ldiruvchi, kesim qo‘llaniladi. Sizga shuni ma'lum qilamizki,.... To‘lov puli o‘z vaqtida yuborilsa,..... Bajariladigan ishlar shundan iboratki,...... 6.So‘z tartibi ham ilmiy uslubdagi kabi bo‘ladi, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun norma hisoblangan odatdagi tartibga rioya qilinadi. Rasmiy uslubning grammatik xususiyati Download 207.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling