14-mavzu. Taqlid so‘zlarning hosil bo‘lishi
Download 131.19 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzuHTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’noga ko’ra turlari Undovlar ma’nosiga ko’ra 2 katta guruhga bo’linadi: 1. His-hayajon undovlari
- 2. Haydash-chaqirish undovlari
- Tuzilishiga ko’ra turlari
- Sintaktik vazifalari 1. Kirish so’z
14-mavzu. Taqlid so‘zlarning hosil bo‘lishi Kishilarning his-hayajonlarini, xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini va rasm- odat bilan bog’liq murojaatlarini bildiradigan alohida so’zlar tuvrkumi undov so’zlar deb yuritiladi. Undovlar semantik jihatdan atash xususiyatiga ega emas, morfologik jihatdan o’zgarmaydi va affiksasiya yo’li bilan yasalmaydi, sintaktik jihatdan esa gap bo’lagi bo’lib kelolmaydi va gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Ularning u ana bir grammatik xususiyati shuki, osongina otlashib, otning grammatik ko’rsatkichlarini qabul qilishi va otning sintaktik vazifalarini bajarishi mumkin. Undovlar faqat demoq, solmoq, tortmoq, urmoq kabi fe’llar bilangina birikma hosil qiladi va shunda ham ular bilan birgalikda yaxlit gap bo’lagi bo’lib keladi: oh demoq, dod solmoq, uf tortmoq, oh urmoq. Ma’noga ko’ra turlari Undovlar ma’nosiga ko’ra 2 katta guruhga bo’linadi: 1. His-hayajon undovlari: ie, eh, o, uh, uf, bay-bay, ho, o’h-ho’, ehe, e, hay- hay, a-ha, e-ha, ha-ya, o’, i, a, o’h, obbo, iya, he, ie-voy, ura, vo, vodarig’, esiz, evoh, vah-vah, ajabo. 2. Haydash-chaqirish undovlari: a) odamlarga qaratilgan undovlar: hoy, oy, ay, alio, ey, ma, tss, marsh, qani, jim, tek, fisht; b) hay von va parrandalarga qaratilgan undovlar: beh-beh, pish-pish, pisht, tu- tu, gah, kuch-kuch, mah-mah, xo’sh, tak, dirr, ish, xix, chu(h), kisht, hayt, huyt. Bulardan tashqari, undov so’zlarning yana ikki kichik guruhi bor: 1. Rasm-odat undovlari6 assalomu alaykum, salom, assalom, vaalaykum assalom, xayr, xo’sh, xo’p, marhamat, marhabo, rahmat, tashakkur, shukur, qulluq, balli, ofarin, barakalla, qoyil, hormang, bor bo’ling, esonmisiz, omonmisiz, uzr. 2. Ko’rsatish, ta’kid undovlari: hu, huv, ha, hmm, hov. Tuzilishiga ko’ra turlari 1. Sodda: yeh, o, uf, kisht, xayr, uzr, oh, ma, pisht, obbo. 2. Juft: o’h-hu, eh-he, eh-ha, voy-bo’, voy-dod, e-voh; e-ha-a, voy-voy-ey. 3. Takroriy: bay-bay, oh-oh, mah-mah, pisht-pisht; e-e-e, bay-bay-bay, hay- hay-hay. Bor bo’ling, assalomu alaykum, vaalaykum assalom kabi qo’shma holdagi undov so’zlar bo’lsa-da, ular shu holicha sintaktik birliklardan ko’chib o’tgan. Sintaktik vazifalari 1. Kirish so’z: Voy, bu o’zimizning Karimku. Ye, sekinroq gapir. 2. Undalma: Hoy, qayoqqa ketyapsiz?Ey, nimaga ovora bo’lyapsiz? 3. So’z-gap: Eh! Hayot bir lahza mening hukmim bilan yursaydi. Ho-o! Bunio’zimga oldim. 4. Otlashsa, otning sintaktik vazifalarini bajaradi: Ortiqcha oh-voh o’rinsiz. Dod-vovdan nima foyda?! Download 131.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling