1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni


Download 0.95 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#198998
  1   2
Bog'liq
1 OKTYABR


1 OKTYABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI

Istiqlol egalari bo'lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o'g'il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Muhtaram ustozlarimizga o'z hurmatimiz va e'tiborimizni 1997 yildan beri respublikamizda keng nishonlanib kelayotgan 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni yana bir bor izhor qilishimiz mumkin.

O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.

Ustoz o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Mashhur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmatidir. Mazkur kasb azal-azaldan jamiyat uchun eng muhim hamda kerakli qadimiy kasb hisoblanadi.Vladimir Dal o'zining izohli lug'atida yozadi: “Bilim xohish istakni talab etadi”. Avvalambor, o'qituvchi o'z kasbini sevishi, o'quvchilarning har biriga mehr qo'yishi, bor bilimu korlarini hech qizg'anmay bolalarga o'rgatishi kerak. Kasbga muhabbat birinchi o'rinda turishi lozim. Shundagina o'qituvchi degan oliy maqomga ega bo'ladi.

Hozirgi zamonaviy texnologiyalar asrida kompyuterlar inson aqliy mehnatini yengillashtirishga yordam beradigan texnik qurilma sifatida xizmat qilmoqda. Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali qo'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Masalan, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika, bozor iqtisodiyoti kabi sohalar singari pedagogika sohasida ham kompyuter texnologiyalari izchil jadal suratda rivojlanib bormoqda. Mazkur texnologiyalardan talabalar darslik bilan ishlash, uy vazifalari, tarqatma materiallar, ijodiy va yozma ishlarni bajarish jarayonida foydalanmoqdalar. Zamonaviy texnologiyalar ayni vaqtda pedagog vazifasini bajarayotganini ko'rsatmoqda.  Bu esa o'z o'zidan savol tug'dirishi mumkin. Agar texnologiyalar o'quvchi va talabalarga uy vazifasini tayyorlashga, biron bir chet tillarini o'rgatishga, ular qiziqqan barcha ma'lumotni taqdim etsa, o'qituvchining mavqeiga zarar yetmaydimi. Shunda bir nechta 7 yashar bolalar bilan ushbu savol javol topish uchun tadqiqot o'tkazildi. Bola ota-onasi yordamisiz ham kompyuter orqali uy vazifalarini bajarsa, unga qiziqarli savollarga javobni kompyuter bersa, demak, maktabga bormasdan ham uyda bilim olsa bo'lar ekanda. Hayratlanarlisi, ularning 3 % texnologiyalar o'qituvchining vazifasini to'laqonlikcha bajarishiga ovoz berishdi. Qolgan 97% esa zamonaviy texnologiyalar faqatgina o'qituvchi hamda o'quvchining vazifasini yengillashtiruvchi muloqot vositasi deb hisoblashishligini aytishdi.

O'qituvchi zimmasiga hayot talablariga to'la javob beradigan va o'z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o'z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o'qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o'quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to'ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.

Hayotning go'zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz otangdek ulug", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko'klarga ko'tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug' deb nisbat beriluvchi inson bor, bu – ustozdir! Haqiqatan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o'sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho'qqilarini zabt etishinga ko'maklashadi. O'z umrini, qalb qo'rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sening yo'lingga sarf etadi. Yutug'ingni ko'rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g'am-anduh chekadi.

O'qituvchi bog'bonga o'xshaydi. U tarbiyalab o'stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O'qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling