1. Oliy nufuzga ega bo’lish


Faol ijtimoiy munosabatlar


Download 42.62 Kb.
bet13/15
Sana25.01.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1120120
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Qadriyatlar yo’nalishlari savolnomasi (I.G.Senin)

Faol ijtimoiy munosabatlar. Kishining odamlarga yo’nalganlik xislatini o’z qiziqishlari vositasida yuzaga chiqarishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’naliy bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga, o’zlariga hamfikr insonlarni izlashga va ular bilan hamkorlik qilishga moyil bo’ladilar.
O’z ustida ishlash. Kishining o’z qobiliyatlari va imkoniyatlaridan mumkin qadar samarali foydalanishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar turli sohalarni o’zlashtirish, hap xil mashg’ulotlarda o’z kuchlarini sinab ko’rishga harakat qiladilar.
Yutuqlarga yo’nalganlik. Kishining o’z qiziqishlari doirasida aniq maqsadlarni ko’zlab, ularga erishishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar o’z qiziqishlari sohasida real natijalarga erishish, erishgan yutuqlarining muhimlik darajasini his etish va shundan rag’batlanib, yangi marralarni belgilashga moyil bo’ladilar.
Ma’naviy qoniqish. Kishining bo’sh vaqtlarda biron-bir sevgan mashg’uloti bilan chin ko’ngildan, berilib shug’ullanishga, uning mazmunini chuqurroq anglashga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan kishilar, odatda, o’zlari bajargan ishlarning natijasidan emas, balki ko’proq mashg’ulotning o’zidan, jarayonidan zavqlanadilar, ruhiy ozuqa oladilar.
O’zlikni saqlash. Kishining shaxsiy xislatlarini chertib ko’rsatadigan sohalari bilan mashg’ul bo’lishga intilishida o’z aksini topadi. Bu yo’nalish bo’yicha yuqori ko’rsatichga ega bo’lgan kishilar qodir, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga, kam uchraydigan narsalar, asarlar yaratishga intilib, o’ziga xos tafakkur tarzi, kasb — korga bo’lgan qobiliyatlarini tobora chuqurlashtirishga moyil bo’ladilar.
Kishining har xil istak va xohishlarini aks ettiradigan savollar diqqatingizga havola etiladi. Har bir savolni yaxshilab o’qing va uning mazmunini o’zingizga qiyoslab ko’ring. Javob variantlari quyidagicha:
1.Men uchun hech qanday ahamiyati yo’q.
2.Unchalik muhim emas.
3.Muhim ahamiyatga ega.
4.Muhim, zarur.
5.Juda muhim, ehtiyojiy zarur.
Bilingki, bu erda yaxshi yoki yomon, to’g’ri yoki noto’g’ri javoblar. Eng to’g’ri javob chin ko’ngildan, xolisona berilgan javobdir. Shu sababli barcha savollarga uylab, haqqoniy javob berasiz, degan umiddamiz.


Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling