1. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari (bundan buyon matnda Namunaviy shtatlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin


XXV. TEXNIK-FOYDALANISh VA XO‘JALIK BO‘LIMI


Download 0.57 Mb.
bet5/5
Sana13.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1676329
1   2   3   4   5
Bog'liq
2859 21.02.2017

XXV. TEXNIK-FOYDALANISh VA XO‘JALIK BO‘LIMI

1.

Bo‘lim boshlig‘i

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

1

1

1

1

2

2

2

2

2

2

3

3

3

3.

Texnik (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

1

1

1

1

1

1

1

1

4.

Katta tovarshunos

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

5.

Ombor mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

6.

Omborchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

7.

Yordamchi ishchi

1

1

1

1

1

2

2

2

2

2

2

3

3

8.

Bino komendanti

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

9.

Xo‘jalik bo‘limi mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

10.

Dispetcherlik xizmati operatori

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

11.

Talabalar turar joyi mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

12.

Bino va inshootlarni joriy ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishchi:

slesar-santexnik

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

elektromontyor

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

duradgor

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

Ventilatsiya va konditsionerlashtirish tizimlarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

13.

Farrosh

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

14.

Gazpayvandlovchi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2

2

2

15.

Garderobchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

16.

Liftchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

17.

Qorovul

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

18.

Bog‘bon

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

19.

Ko‘cha supuruvchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

20.

Yuklovchi

1

1

1

1

1

2

2

2

2

2

2

3

3

21.

Xo‘jalik bekasi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

22.

Pasportist

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

23.

Talabalar turar joyi direktori

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

24.

Aloqachi (aloqa elektromontyori)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

25.

Dispetcher-garaj mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

26.

Mexanik

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

27.

Haydovchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXVI. MUZEYLAR

1.

Fond saqlovchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Muzey kuzatuvchisi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXVII. QOZONXONA

1.

O‘t yoquvchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Chilangar (santexnik)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXVIII. SPORT INShOOTLARI

1.

Sport inshooti mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Shifokor (vrach)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

3.

Hamshira

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

4.

Kimyoviy usulda tozalovchi (xloratorщik)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

5.

Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

6.

Ishchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXIX. VIVARIYLAR

1.

Vivariy mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Ishchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXX. O‘QUV POLIGONLARI

1.

Poligon mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXXI. SAN’AT SAROYLARI

1.

San’at saroyi mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXXII. AVTOMATLAShTIRILGAN TELEFON STANSIYASI (ATS)

1.

Stansiya boshlig‘i

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Aloqa muhandisi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

3.

Aloqa bo‘yicha texnik

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

4.

Aloqachi (aloqa elektromontyori)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

XXXIII. O‘QUV-YORDAMChI XODIMLAR

1.

Kabinet mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Laboratoriya mudiri

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

3.

Laborant

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

4.

Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

5.

Texnik (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

6.

Ishlab chiqarish ta’limi ustasi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

7.

Konsertmeyster (yetakchi konsertmeyster)

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-3, 12.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
ME’YORLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida ta’lim olayotgan bakalavrlar va magistrlar (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) kontingentidan kelib chiqib, sirtqi ta’lim talabalari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qo‘llagan holda, Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi.
2. Talabalarning kontingenti 10 000 nafardan ziyod bo‘lgan OTM xodimlarining soni tasarrufida OTM bo‘lgan vazirlik yoki idora tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
2-bob. OTMda alohida tuzilmalar va lavozimlarni kiritish me’yorlari
1-§. Rektorat
3. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) lavozimi OTM tomonidan xalqaro faoliyat (xorijlik talabalar soni 200 va undan ko‘p bo‘lganda yoki qo‘shma fakultet yoki qo‘shma dastur yoki xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan birining filiallariga muassislik qilish bitimlari mavjud bo‘lganda) yuritilgan taqdirda tasarrufida OTM bo‘lgan vazirlik yoki idoraning asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra (boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi OTMlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida kiritiladi.
4. Bosh energetik lavozimi OTMda 40 ming kv.metr va undan yuqori umumiy o‘quv-laboratoriya, turar joy va boshqa maydon mavjud bo‘lganda kiritiladi.
5. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan OTM uchun 1 birlik sonida kiritiladi.
6. Yuriskonsult (katta yuriskonsult) lavozimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kotib — ish yurituvchi lavozimi 1 birlik hisobida rektor (filial direktori) va har bir prorektor (filial direktori o‘rinbosari) uchun alohida kiritiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-3, 12.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)
2-§. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
8. Uslubchi lavozimi OTMda:
kunduzgi ta’lim talabalari soni 500 nafargacha bo‘lganda 1 birlik;
kunduzgi ta’lim talabalari soni 501 dan 3000 nafargacha bo‘lganda 2 birlik;
kunduzgi ta’lim talabalari soni 3001 va undan ziyod bo‘lganda, keyingi har 500 nafar talaba uchun qo‘shimcha 0,5 birlik hisobida, lekin OTM uchun 4 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi.
9. Tarbiyachi-pedagog lavozimi OTMda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlikdan kiritiladi.
3-§. O‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma)
10. Uslubchi lavozimi OTMda kunduzgi ta’lim talabalari soni 2500 nafargacha bo‘lganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar talaba uchun qo‘shimcha 1 birlikdan kiritiladi.
11. Sirtqi (Maxsus sirtqi) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimi sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari soni 2000 nafargacha bo‘lganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari uchun qo‘shimcha 1 birlikdan kiritiladi.
12. Kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimi kechki (smenali) ta’lim tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarida 1 birlik hisobida kiritiladi.
13. Sirtqi (maxsus sirtki) hamda kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Tasarrufida akademik litsey va texnikum mavjud bo‘lgan OTMlarda ularga metodik yordam ko‘rsatish uchun 1 birlik hisobida bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2859-3, 12.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)
4-§. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (sektori)
14. Tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlarda klinik ordinatura mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida muhandis lavozimi kiritiladi.
5-§. Tahririy-nashriyot bo‘limi
15. Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘limdagi xodimlar soni 5 birlik va undan ortiq bo‘lgan hollarda kiritiladi. Ushbu bo‘limda xodimlar soni 5 birlikdan kam bo‘lganda OTM rahbari buyrug‘i bilan bo‘lim boshlig‘i vazifasi muharrirlardan biriga yuklatiladi.
16. Tahririy-nashriyot bo‘limi xodimlarining shtat birligi o‘tgan moliya yilida bajarilgan ish hajmiga (mualliflik varag‘i hisobidan) asosan quyidagicha kiritiladi:
1 birlik muharrir lavozimi har bir 110 mualliflik varag‘i uchun;
1 birlik musahhih lavozimi har bir 210 mualliflik varag‘i uchun;
1 birlik texnik muharrir lavozimi har bir 900 mualliflik varag‘i uchun.
6-§. Fakultet
17. Kunduzgi ta’lim fakulteti dekani lavozimi fakultetda:
kunduzgi ta’lim talabalari soni 200 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik;
kunduzgi ta’lim talabalari soni 200 dan ziyod bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kunduzgi ta’lim fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi va kechki (smenali) ta’lim talabalari soni 201 nafardan 400 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik;
kunduzgi va kechki (smenali) ta’lim talabalari soni 401 nafar va undan ortiq bo‘lganda, keyingi har 200 nafar talaba uchun qo‘shimcha 0,5 birlik hisobida, lekin fakultet uchun 3 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-3, 12.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)
19. Kunduzgi ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi ta’lim talabalari soni 400 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik;
kunduzgi ta’lim talabalari soni 401 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
20. O‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher lavozimi kunduzgi ta’lim fakultetida talabalar soni 500 nafardan ortiq bo‘lganda 1 birlik, talabalar soni 1000 nafardan ortiq bo‘lganda qo‘shimcha 1 birlik hisobida kiritiladi.
21. Fakultetlarda ish yurituvchi lavozimi:
fakultetda talabalarning soni 200 nafardan ortiq bo‘lganda — 1 birlik;
fakultetda talabalarning soni 700 nafardan ortiq bo‘lganda — 2 birlik hisobida kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
211. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi fakultetda:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari soni 501 nafardan 1 000 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalari soni 1 001 nafar va undan ortiq bo‘lganda 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q-son hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2859-3, 12.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)
7-§. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi)
22. Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) dekani lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilarining soni o‘rtacha yillik hisobda:
100 nafargacha bo‘lganda — 0,5 birlik;
100 nafardan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
23. Uslubchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
24. Ish yurituvchi lavozimi malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
8-§. Magistratura bo‘limi
25. Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan shtat birliklariga muvofiq tashkil etiladi.
Bunda bo‘lim boshlig‘i va uslubchi lavozimlari:
OTMda magistrlar soni 200 nafargacha bo‘lganida — 0,5 birlik;
OTMda magistrlar soni 201 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
9-§. Ikkinchi bo‘lim
26. Ikkinchi bo‘limda quyidagi lavozimlar kiritiladi:
bo‘lim boshlig‘i — hisobda 4000 nafar va undan ortiq harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda 1 birlik;
muhandis — hisobda 500 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 1 birlik, hisobda 2000 dan 4000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 2 birlik, hisobda 4000 nafar va undan yuqori harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — 3 birlik.
27. Ikkinchi bo‘lim shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
10-§. Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo‘lim
28. Sirtqi (maxsus sirtki) ta’lim mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida Sirtki (maxsus sirtki) bo‘lim tashkil etiladi.
Bo‘limda quyidagi lavozimlar kiritiladi:
bo‘lim boshlig‘i — 1 birlik;
uslubchi — 1 birlik.
29. Sirtqi (maxsus sirtki) bo‘lim shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
11-§. Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi
30. OTMda omborxonalar (omborlar) soni 3 ta va undan ko‘p mavjud bo‘lganida 1 birlik omborxona mudiri lavozimi kiritiladi.
31. Omborchi lavozimi alohida turuvchi har bir omborxona (ombor) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
32. Bino komendanti lavozimi har bir alohida turuvchi bino uchun 1 birlikdan kiritiladi, talabalar turar joylari binolari bundan mustasno.
33. Xo‘jalik mudiri lavozimi 400 nafar va undan ortiq nafar talaba istiqomat qiluvchi har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
34. OTMda issiqlik energiyasi, gaz ta’minoti va yong‘in xavfsizligi markazlashtirilgan boshqaruv tugmasi mavjud bo‘lganida kecha-kunduz ishlovchi dispetcherlik posti tashkil etiladi va har bir postga 4 birlikdan iborat bo‘lgan dispetcherlik xizmati operatorlari lavozimlari kiritiladi.
35. Talabalar turar joyi mudiri lavozimi har bir talabalar turar joyi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
36. OTM balansida va foydalanishida bo‘lgan bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimi quyidagilar bo‘yicha kiritiladi:
slesar-santexnik — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.metr maydon uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda;
elektromontyor — 700 ta yoritish nuqtalari (viklyuchatel, razetka va karoba) uchun 1 birlik (balansda bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi), lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda;
duradgor — OTM balansidagi bino (inshoot)larning foydalaniladigan har 3500 kv.metr maydoni uchun 1 birlik, lekin har bir OTMga 1 birlikdan kam bo‘lmagan holda;
ventilatsiya va konditsionerlashtirish tizimlarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar — 100 ta markazdan qochuvchi (tsentrobej) va derazali uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun 1 birlik lavozimda kiritiladi.
37. Binolarning ichki qismi, shu jumladan o‘quv, laboratoriyalar va xizmat xonalari, yo‘lak(koridor)lar, zinapoyalar, sport zallari va boshqa maydonlarni (talabalar turar joyining talabalar yotadigan xonalaridan tashqari) tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.metr tozalash maydoni uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
38. OTM hududida joylashgan tashqi hojatxonalarni tozalovchi farrosh lavozimi har biri alohida turuvchi 8 ta va undan yuqori ochkolik hojatxona uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
39. Garderob (jihozlangan kiyim saqlash joylari) mavjud bo‘lganda bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq bo‘lmagan holda) 250 ta xizmat ko‘rsatish joylari uchun 1 birlik hisobida garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi (mavsumiy — 6 oyga) kiritiladi.
40. Liftchi lavozimi bir smenada (lekin 2,5 smenadan ortiq bo‘lmagan holda) bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan bir lift yoki liftlar guruhi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
41. Qorovul lavozimi alohida turuvchi binoning kecha-kunduz ishlovchi bir qo‘riqlash posti uchun dam olish va bayram kunlarini inobatga olgan holda 4 birlikdan ko‘p bo‘lmagan holda kiritiladi.
42. Bog‘bon lavozimi OTMning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2 ga gacha maydoni uchun 1 birlik, keyingi har bir 2 ga maydon uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
43. Hovli supuruvchi (dvornik) lavozimi OTMning tozalanadigan 2500 kv.metr maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
44. Xo‘jalik bekasi (kastelyansha) lavozimi OTMning barcha talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi 500 kishigacha 1 birlik, keyingi har bir 250 kishiga 0,5 birlik hisobida kiritiladi.
45. Pasportist lavozimi:
talabalar turar joylarida 500 nafargacha talaba istiqomat qiluvchi OTM uchun 0,5 birlik;
talabalar turar joylarida 501 nafar va undan ortiq talaba istiqomat qiluvchi OTM uchun 1 birlik.
46. OTMda 1000 nafardan ortiq talaba istiqomat qiladigan uch yoki undan ziyod bir-biriga yaqin turuvchi talabalar turar joylari binolari mavjud bo‘lganda, talabalar turar joylari talabalar shaharchasiga birlashtirilishi mumkin.
Talabalar shaharchasi tashkil etilganda 1 birlik hisobida talabalar shaharchasi direktori lavozimi kiritiladi.
47. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi mavjud bo‘lmaganda 1 birlikdan iborat aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi kiritiladi.
48. Dispetcher — garaj boshlig‘i lavozimi OTMda 6 tadan kam bo‘lmagan avtotransport vositalari (yengil va yuk avtomashinalari, avtobuslar va kichik avtobuslar) bo‘lgan transport xo‘jaligi (garaj) mavjud bo‘lganda kiritiladi. 6 tadan kam avtotransport vositasi mavjud bo‘lsa, OTM rahbarining buyrug‘iga muvofiq OTMning ma’muriy xodimlaridan biriga garaj boshlig‘i vazifalarini bajarish yuklanadi.
OTMda 6 tadan ortiq avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda 1 birlik mexanik lavozimi kiritiladi.
49. Haydovchi lavozimi OTM balansida mavjud har bir foydalanilayotgan avtotransport vositasi uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
Avtotransport vositalari haydovchilarini saqlash OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
50. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son “Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xodimlar soniga qarab, xizmat va navbatchi avtomashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:
1 ta xizmat mashinasi — OTM uchun;
1 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 nafargacha bo‘lganda;
2 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 100 dan 200 nafargacha bo‘lganda;
3 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 200 dan 300 nafargacha bo‘lganda;
4 ta navbatchi mashina — xodimlar soni 300 nafar va undan ortiq bo‘lganda.
OTMning ta’lim jarayoni xususiyatidan kelib chiqqan holda, talabalar kontingentini inobatga olib maxsus avtomashinalarga (yuk avtomashinasi, avtobus) quyidagi limitlar o‘rnatiladi:
talabalar soni 5000 nafargacha bo‘lganda — 1 ta maxsus avtomashina;
talabalar soni 5000 nafardan ko‘p bo‘lganda — 2 ta maxsus avtomashina.
12-§. Muzeylar
51. OTMda alohida muzey maqomiga ega bo‘lgan (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda) muzeylar mavjud bo‘lganda har biriga 1 birlik hisobida fond saqlovchi lavozimi kiritiladi.
52. OTMda alohida binoda turuvchi muzey mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida muzey kuzatuvchisi lavozimi kiritiladi.
13-§. Qozonxonalar
53. Uy-joy kommunal xo‘jalik tizimiga o‘tkazilmagan OTM (bino)larda isitish mavsumida (5 oy) o‘t yoquvchi lavozimi:
markazlashgan isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 2 birlik hisobida, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida;
lokal isitish qozonxonalari orqali isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa 1 birlik, 6 va undan ortiq bo‘lsa 2 birlik hisobida.
Yil davomida yuvinish xonasi yoki basseyn ichki qozonxona hisobidan issiq suv bilan ta’minlanadigan OTMlarda yuqorida qayd etilgan o‘t yoquvchi (ishchi) lavozimlarining bittasi doimiy kiritiladi.
54. OTM markazlashgan isitish tizimi orqali isitilganda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi chilangar (santexnik) lavozimi 1 birlik, agar boyler va nasoslar (er tagidan nasos orqali suv tortib oladigan suv yig‘uvchi minora (inshoot) mavjud bo‘lsa, bir o‘rin almashish ish vaqti (smena) uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
14-§. Sport inshootlari
55. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlari uchun 1 birlik hisobida sport inshooti mudiri lavozimi kiritildi.
56. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan har bir yopiq yoki ochiq suv havzasi (basseyn) uchun quyidagi lavozimlar kiritildi:
shifokor (vrach) va hamshira lavozimlari — 1 birlik hisobida;
suvni kimyoviy usulda tozalovchi (xloratorщik) lavozimi — 1 birlik hisobida.
57. OTM balansida bo‘lgan, alohida manzilda (turuvchi) joylashgan yopiq yoki ochiq sport inshootlarining umumiy maydoni 3000 kv.metr va undan ortiq bo‘lganda 1 birlik bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha muhandis va 1 birlik ishchi lavozimlari kiritiladi.
15-§. Vivariylar
58. Vivariy mudiri lavozimi OTMda vivariy mavjud bo‘lganda, jonivor (hayvon) va shartli mollarga qarovchi xodimlar soni 5 nafar va undan ortiq bo‘lganda 1 birlik hisobida kiritiladi.
59. Ozuqa (em-xashak) kuxnyasi ishchisi lavozimi OTMda vivariy mavjud bo‘lganda 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
60. Vivariydagi har 14 qafasdagi jonivor (hayvon)lar yoki 10 bosh shartli mol uchun 1 birlik hisobida jonivorlarni parvarish qiluvchi ishchi lavozimi kiritiladi.
16-§. O‘quv poligonlari
61. OTMda alohida manzilda joylashgan har bir o‘quv poligonlari uchun 1 birlik hisobida zimmasiga poligonning moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda o‘quv-mashq jarayonining olib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan poligon mudiri lavozimi kiritiladi.
17-§. San’at saroylari
62. OTMda alohida turuvchi san’at saroylari mavjud bo‘lganda, har biri uchun 1 birlik hisobida zimmasiga san’at saroyining moddiy-texnika bazasi saqlanishi hamda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklatiladigan san’at saroyi mudiri lavozimi kiritiladi.
18-§. Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi (ATS)
63. OTMda Avtomatlashtirilgan telefon stansiyasi (ATS) mavjud bo‘lganda quyidagi lavozimlar kiritiladi:
350 dan ortiq telefon bog‘lamalari mavjud bo‘lsa 1 birlik stansiya boshlig‘i lavozimi;
1 birlik aloqa muhandisi lavozimi;
1 birlik aloqa bo‘yicha texnik lavozimi;
har 350 telefon bog‘lamalari (parallel bog‘lamalari bilan birgalikda) uchun 1 birlik aloqachi (aloqa elektr montyori) lavozimi.
19-§. O‘quv-yordamchi xodimlar
64. OTMning o‘quv-yordamchi xodimlari soni quyidagi me’yorlar asosida kiritiladi:
kafedraga 1 birlik kabinet mudiri lavozimi yoki kafedra qoshida o‘quv laboratoriyalari mavjud bo‘lganda 1 birlik hisobida laboratoriya mudiri lavozimi;
OTMda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan mavjud laboratoriya joylashgan har bir xona (auditoriya) uchun 1 birlik hisobida laborant lavozimi;
laborantlarning soniga 1:10 nisbatda muhandis yoki texnik lavozimlaridan biri;
OTMda tegishli jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi mavjud bo‘lganda, har bir o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi uchun 1 birlikda ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi;
san’at va madaniyat yo‘nalishlarida kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi OTM va fakultetlarda tasdiqlangan o‘quv rejasida konsertmeyster qatnashishi lozim bo‘lgan 800 o‘quv soatidan kelib chiqqan holda, 1 birlik hisobida konsertmeyster va yetakchi konsertmeyster lavozimlari. Bunda belgilangan umumiy konsertmeystrlar shtat birligining 20 % idan ko‘p bo‘lmagan holda yetakchi konsertmeystr lavozimi joriy etilishi mumkin.
65. OTMning murojaati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xulosasi asosida o‘quv-yordamchi xodimlar soni mazkur me’yorlar asosida belgilangan o‘quv-yordamchi xodimlarning umumiy shtat birligi sonidan 20% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorga ko‘paytirilishi mumkin.
20-§. Texnik-ta’mirlash va tezkor qayta tiklash xizmati
66. Texnik-ta’mirlash va tezkor qayta tiklash xizmatining shtat birliklari soni va lavozimlari joriy va kapital ta’mirlash hajmlaridan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ish turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
67. Texnik-ta’mirlash va tezkor qayta tiklash xizmati shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
68. Mazkur me’yorlar OTMlarning rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga ham tatbiq etiladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 23-yanvardagi 3-2020, 2-2020-q/q, 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2859-2/0188-son)
69. OTM mazkur me’yorlar asosida tuziladigan shtat jadvalini yuqori turuvchi vazirlik yoki idoraga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilishda, unga asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (talabalar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi va boshqalar) rahbar, bosh buxgalter va reja-moliya bo‘limining boshlig‘i tomonidan imzolangan holda ilova qilishi shart.
70. OTM shtat jadvalining mazkur Namunaviy shtatlar va me’yorlar asosida hamda OTMning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga muvofiq tuzilishi yuzasidan javobgarlik shaxsan OTM rahbari, bosh buxgalteri va reja-moliya bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 24-avgustdagi 18-2018, 22-Q/Q, 122-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-1, 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 485/1, 200-KK va 107-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2182, 2011-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 3-son, 25-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 30-apreldagi 179, 21-Q/Q va 40-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2182-1, 2012-yil 18-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 225-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 30-maydagi 2-2016, 15-Q/Q va 41-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2182-2, 2016-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 25-son, 312-modda).


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 122-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son; 19.02.2020-y., 10/20/2859-2/0188-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 10/21/2859-3/0461)

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling