1. Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy kompetentligi. Bo’lajak o’qitubchilarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari


O'qituvchi kasbiy kompetensiyasining takomillashtirishda muloqot jarayoni


Download 16.24 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1192515
1   2
Bog'liq
maruza

O'qituvchi kasbiy kompetensiyasining takomillashtirishda muloqot jarayoni;
Kasbiy faoliyatda muloqotni tashkil etishda pedagoglar avtoritar, liberal va demokratik uslublardan foydalanadi. Ular orasida liberal uslub pedagog shaxsida namoyon bo‘lmasligi zarur. Muloqot jarayonida pedagoglar ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash; sustkashlik, o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish; haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka e’tiborni qaratishlari kerak.
O'qituvchi kasbiy kompetensiyasining takomillashtirishda ta’lim strategiyalarini o’rni;
a’lim strategiyalari insoniy mohiyat kasb etadi. Chunki pedagogik strategiyalar pedagogik faoliyat turi sifatida o‘qituvchi shaxsiyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’limning gumanistik strategiyalari o‘qituvchi kasbiy faoliyatining dasturi hisoblanadi. U o‘qituvchi shaxsining o‘zligini kasbiy faoliyat jarayonida namoyon etishini ifodalaydi.
Pedagog o ’z ixtisosligi bo’yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas’uldir. U muntazam ravishda o ’z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o ’qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo’lishi, aniqrog’i, kasbiy kompetensiya egasi bo’lishi lozim.
Endilikda o ’qituvchi uchun o ’zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlami puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o’z faoliyatida qo’llay olishi, bir so’z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo’lishi lozim.
shu nuqtaiy nazardan qaraganimizda o‘qituvchilik kasbi o‘zining mazmuni va bajaradigan vazifalarining ko‘lamiga ko‘ra hissiy jihatdan mehnatning katta bosim ostida kechadigan turi hisoblanadi. Aksariyat o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarini hissiy-intellektual jihatdan kuchli bosim ostida kechadigan harakat sifatida baholaydilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu bosimning doimiy ekanligini e’tirof etadilar.
O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlari muayyan darajadagi jismoniy yuklamani bajarishni ham talab qiladi
“Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. SHu sababli, chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»1.Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida shakllantirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling