1. Oliy ta’limdan keyingi ta’limda amalga oshirilgan islohotlar
Download 17.87 Kb.
|
1 2
Bog'liq19-bilet savollarga javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mustaqillik yillarida yoshlarni dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta’lim olishlari uchun tashkil etilgan jamg‘armalar va ularning ahamiyati
19-bilet savollarga javob 1. Oliy ta’limdan keyingi ta’limda amalga oshirilgan islohotlar. Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tuzilmasi faol rivojlantirilmoqda. Oliy o'quv yurtlarida yo'nalish bo'yicha nomzodlik doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko'rsatmoqda.2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir. 2.Mustaqillik yillarida yoshlarni dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta’lim olishlari uchun tashkil etilgan jamg‘armalar va ularning ahamiyati Yuzaga kelgan yangi tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. Zero, dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta’minlar edi. Avvalo, 1992-yil martdagi Prezident farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olmoqda. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi. 2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofi q, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Download 17.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling