1. О‘lmas Umarbekovning "Yoz yomg‘iri" asarida kapitan Aliyevning: " Har qanday jinoyat izsiz bо‘lmaydi. Ertami kechmi biror belgisi topiladi", degan fikrlari keltirilgan


Download 21.36 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi21.36 Kb.
#1765347
Bog'liq
DTIY Abdulhayev Zahiriddin (2)

1. О‘lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” asarida kapitan Aliyevning: “ Har qanday jinoyat izsiz bо‘lmaydi. Ertami kechmi biror belgisi topiladi”, - degan fikrlari keltirilgan. Yosh juvonning о‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq jinoyat ishini ochishda kapitan Aliyev olib borgan surishtiruv-tergov ishi natijasida bir faktni aniqlaydi va shu asosida kalavaning uchi topiladi. Kapitan Aliyev topgan asos nima edi? Fikrlaringizni asar voqealari misolida esse shaklida yoritib bering.



Me bu asarni o’qib shunga amin bo’ldimki, qing’ir ishning qiyig’i qirq yilda ham chiqadi deb bejizga aytilmas ekan. Voqealar rivoji shunday chigal ediki, buni ochish uchun juda katta mahorat va tajriba talab qilinardi. Shunday tajribaga ega bo’lgan kapitan Aliyevni o’z ishining ustasi ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Kapitan Aliyevga ushbu qotillik kelib tushgandan boshlab, qotillik sabablarini taxmin qila boshladi. Bunda u hech narsani ko’zdan qochirmasdan voqea tafsilotlarini sinchiklab o’rgandi. Ha, u to’g’ri aytgandi “Har qanday jinoyat izsiz bo’lmaydi” jinoyat yuz berdimi, demak u o’z-o’zidan sodir bo’lmasligi, uning ortida kimdir borligini u juda yaxshi bilardi. Shuning uchun bu qotillik ortida kim turgani va uning maqsadi nima ekanligini o’zicha tahlil qila boshladi. Kapitan Aliyev ish bilan tanishar ekan, bu oddiy qotillik emasligini, qotil kim bo’lsa ham o’z ishining ustasi ekanligini aytib ish uzoq davom etishligini anglab yetgandi. Shunday bo’lsa ham tergovchi bor imkonyatlarini isha solgan holda shu ishni oxirigacha borib qotil kimligini aniqlashga muyassar bo’ldi.
Asrdagi voqealar kapitan Aliyev marhuma Munis Saidovaning narsalarini, ko’zdan kechirarkan, ya’ni u o’ldirilagan kuni unda turli xil qimmatbaho zirak, uzuk, tilla soat va gazeta parchasiga o’ralgan uzuk qutisi borligini ko’rdi. Tergovchi ayolning badavlat ekanligini va uning ortidan tushadiganlar ham ko’p ekanligin o’ylab qoldi. Lekin kapitanni o’ylantirgan narsa agar buni o’ldirgan ko’cha kisovurlari bo’lsa, nega uning narsalariga tegmaganligi, qotil kisovur yo o’g’ri emasligini shundoq ham payqab turardi. Hamma yechim uzuk qutisi o’ralgan gazeta parchasida edi. Tergovchi bu gazeta parchasi orqali kalavaning uchini topganday bo’ldi. Chunki bunda qandaydir uy manzili keltirilgan edi( 16/44). Bu hali boshlanishi edi , sababi u qaysi pochtalyonga tegshliligi, uning obunachisi kim ekanligi ham nomalum edi. Lekin Kapitan Aliyev shu ozgina detal orqali sirli qotillikni fosh etishga yaqinlashyotgan edi. Tergovchining mahorati bilan bu uy, yani 16/44 topildi. Lekin shunday bo’lsa ham, xulosa chiqarishga shoshilmadi. Voqealarni kuzatib borar ekanman qotil kim bo’lishi mumkunligi haqida turlicha fikrlar chulg’ab oladi. Tergov jarayonlarida turli xil ma’lumot va detallar chiqishi natijasida sizda shubha-gumonlar ortib boraveradi. Bir tomondan marhumaning nega o’ldirilganligi, ikkinchi tomondan esa kim bu ishni qilishi mumkunligi kishini o’ylantirib qo’yadi.
“Gazeta parchasi” ha, aynan shu narsa 16/44. Bu tergovchining butun diqqat e’tiborini tortgan edi. Bu Aliyev uchun jinoyatni ochish uchun muhum ashyo desak hech adashmagan bo’lamiz . Kapitan Aliyev bundan keyin nima qilishi kerakligi haqida, qotil marhumaning eri Rahim Saidov aytgan Ollayorov bo’lshi mumkunligi to’g’risidagi shubhalarni tahlli qila boshladi. Avvalo bunga yetarlicha asos topish maqsadida uy egasi Ollayorovni tergov qildi. Tergov jarayonida uni o’ylantirgani narsa bu Ollayorov marhumaning tanimasligini aytgani, tergovchining subha-gumonlarini yanada ortishiga sabab bo’ldi. Chunki uni Munisxon bilan Rahim Saidovdan tashqari guvoh Shokirova ham bir necha marta ko'rganligini bilardi. Jinoyat ochilishi esa kapitan Aliyev Ollayorovning uyiga borishi va uning gazetalarning har bir sonini ko’zdan kechirish jarayonida bir nimani topganday bo’lganda ham, Ollayorovga o’z hayajonlarini bilintirmay, gazetaning 21-soniga yetib keldi va jinoyatchini topganini sezdi. Cho’ntagidagi gazeta parchasini aynan shu 21-son gazetasining betidan yirtilganini isbotladi. Keyinchalik esa kapitan Aliyevning 21- avgust kuni Ollayorovdan qayerda bo’lganini so’raganda, u uyda bo’lganini televizorda “Urush va tinchlik” kinosini tomosha qilganini aytib vaziyatdan chiqmoqchi bo’ldi, lekin u o’z bilmagan holda yan bir bor qo’lga tushgandi. Chunki o’sha vaqtda kino emas, aksincha, boshqa ko’rsatuv qo’yilgan edi.

Xulosam shuki, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Jinoyatni har qancha yashirishga harakat qilmasin, bir kun u, albatta, o’zini fosh etadi. Bu asarda O’lmas Umarbekovning mahorati yana bir namoyon bo’ldi. Kapitan Aliyevning kichkina bir detal orqali katta bir jinoyatni ochishi bunga yorqin misol bo’la oladi. Ishni eng avvalo gazeta parchasi orqali ochilishi keyinchalik esa inkor qilolmaydigan dalil va isbot orqali haqiqiy qotil kim ekanligi aniqlandi.


Jinoyatga jazo muqarradir.
Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling