O‘rtoqlari kulib yuborishdi
Download 12.18 Kb.
|
KEYSLAR 2
2. Keys bayoni Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirda tarbiyachi Botirdan o‘ziga berilgan she’rni o‘qishni so‘radi. Botir she’rni tutilib o‘qidi. To‘g‘ri o‘qishga qanchalik harakat qilmasin, ifodali o‘qiy olmadi. Tarbiyachi biroz kutib turdi va Botirga “She’rni yod olmabsan! Senga qachon bergan edim. Ertaga oying bilan gaplashaman! Sening ta’ziringni berishim kerakka o‘xshaydi”, - dedi. O‘rtoqlari kulib yuborishdi. Keysga savol-topshiriq: Tarbiyachi Botirni o‘rinli koyidimi? Tahlil: she’rni yod olgan bo‘lsa-da, ayni vaqtdagi ruhiy holati tufayli bolalar ba’zan uni yoddan chiqarishadi. Tarbiyachi ana shu vaziyatni inobatga olgani holda Botirga yana bir kun tayyorgarlik ko‘rib kelishini, ertaga albatta, ifodali o‘qib berasan!”, deya ruhlantira olishi zarur. Balki Botirning nutqida duduqlanish bordir. Agar shunday bo‘lsa, tarbiyachi buni bilishi va bunday vaziyatda bolaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi zarur edi. Botirning o‘zi faol, biroq, kamchiligi tufayli o‘zini to‘la namoyon eta olmaydi. O‘qituvchining yechimi: Tarbiyachi baland ovozda bolani koyishi, unga do‘q-po‘pisa qilishi mumkin emas. Ayniqsa, gap tutilib (duduqlanib) gapiradigan tarbiyachilar haqida borganda. Bo‘lsama, Botirning o‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘nadi, faolligi pasayadi va odamovi bo‘lib qoladi. Download 12.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling