Harakat qanchalik tez bo‘lsa, zarrachaning harorati shunchalik yuqori bo‘ladi


Download 408.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi408.04 Kb.
#1022169
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'AK o\'quv qo\'llanma-189-195



189 
4.5. Materiallarning harorat va issiqlik xususiyatlari 
Inson tanasi haroratni his qilishga qodir, biroq bu tashqi issiqlikni 
o‘lchashning aniq uslubi bo‘lib hisoblanmaydi. Odamning his qilishi nafaqat 
nochiziqli bo‘lib qolmasdan, balki nisbiy hamdir, chunki u oldingi tajribaga 
asoslanadi. Biroq odamlar sovuq va issiq obyektlar o‘rtasidagi farqni hech bir 
qiyinchiliksiz aniqlaydilar. Nima uchun bu obyektlar har xil qabul qilinadi? 
Atrofimizdagi olamning har bir zarrasi doimo harakatda bo‘ladi. Harorat 
tebranayotgan zarrachalarning kinetik energiyasining o‘lchami bo‘lib hisoblanadi. 
Harakat qanchalik tez bo‘lsa, zarrachaning harorati shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Molekulalar va atomlar materialning berilgan hajmida bir xil tezlik bilan harakat 
qilmaydi albatta, chunki ularning hammasi mikroskopik darajada har xil haroratda 
bo‘ladi. Ko‘p sonli harakatlanayotgan zarrachalarning o‘rtacha kinetik energiyasi 
obyektning makroskopik haroratini belgilaydi. Bu jarayonlar statistik mexanikada 
o‘rganiladi. Materialning haroratini belgilaydigan zarrachalarning makroskopik 
o‘rtacha kinetik energiyasini o‘lchash uslublari va qurilmalari ko‘rib chiqamiz. 
Harorat molekulalarning harakatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, u birlik maydonda 
molekulalarga qo‘yilgan kuchga teng bo‘ladigan bosim bilan chambarchas 
bog‘lanishda bo‘ladi. 
Turlicha materiallar tutashganda ularda harakatlanayotgan atomlar va 
molekulalar bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlarga kirishadi. Buning ustiga, har bir 
tebranayotgan atom o‘zini atrof-muhitga elektromagnitik nurlanishni sochayotgan 
mikroskopik manba kabi tutadi. Bularning barchasi issiq obyektlardan sovuq 
obyektlarga issiqlikni uzatishni amalga oshirish imkonini beradi. Atomlarning 
harakati qanchalik intensiv bo‘lsa, harorat shunchalik yuqoriroq va elektromagnitik 
nurlanish shunchalik kuchliroq bo‘ladi. Haroratni o‘lchash uchun termometrlar deb 
ataladigan maxsus qurilmalardan foydalaniladi, ular yoki obyekt bilan kontaktda 
bo‘ladi, yoki uning elektromagnitik nurlanishini qabul qiladi va chiqishda fizikaviy 


190 
signalni ishlab chiqaradi. Aynan ana shu signal obyektning harorat o‘lchami bo‘lib 
hisoblanadi.
Termometr so‘zi adabiyotlarda dastlab 1624 yilda J Leurechon “La 
Recreation Mathematique” kitobida paydo bo‘lgan. Muallif suv bilan to‘ldirilgan, 
shkalasining bo‘linishi 8 gradusni tashkil qiladigan shisha termometrning 
tuzilishini tasvirlagan. Bosimga bog‘liq bo‘lmagan birinchi termometr Toskaniya 
gersogi Ferdinand II tomonidan 1654 yilda yaratilgan. U o‘zida spirt bilan 
to‘ldirilgan germetik qilib kavsharlangan trubkani taqdim qilgan. 
Ko‘pincha issiqlik deb ataladigan issiqlik energiyasi kaloriyalarda o‘lchanadi 
(oziq-ovqatlarning to‘yimliligini o‘lchaydigan kaloriya aslida 1000 fizikaviy 
kaloriyaga teng va kilokaloriya deb ataladi). Bir kaloriya (kal) normal atmosfera 
bosimida 1 g suvni 1 gradus isitish uchun zarur bo‘ladigan issiqlik miqdoriga teng. 
AQSH da ko‘pincha ingliz issiqlik birligi – BIB dan foydalaniladi: 1 BIB = 252,02 
kal (BIB – Britaniya issiqlik birligi). 

Download 408.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling