Harakat qanchalik tez bo‘lsa, zarrachaning harorati shunchalik yuqori bo‘ladi


Download 408.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi408.04 Kb.
#1022169
1   2   3   4
Bog'liq
O\'AK o\'quv qo\'llanma-189-195

Harorat shkalalari. Bir nechta harorat shkalalari mavjud. Dastlabki nolinchi 
harorat 1664 yilda Robert Guk tomonidan distillangan suvning muzlash nuqtasida 
o‘rnatilgan. 1694 yilda Paduyalik Karl Renaldi chiziqli harorat shkalasida reper 
(tayanch) nuqtalar sifatida ikkita nuqta – muzning erish nuqtasi va suvning 
qaynash nuqtasidan foydalanishni taklif qilgan. U butun harorat intervalini 12 ta 
teng bo‘lakka bo‘lgan. Taassufki, uning taklifi qariyb 50 yilgacha hech kimni 
qiziqtirmagan. 1701 yilda Nyuton ham harorat shkalasi uchun ikkita belgilangan 
nuqtadan foydalanishni taklif qilgan. Birinchi nuqta sifatida u muzning erish 
nuqtasini tanlagan (nolinchi nuqta), ikkinchi nuqta uchun – sog‘lom angliyalikning 
qo‘ltig‘i ostidagi haroratni tanlagan, u buni 12-nuqta deb atagan. Nyuton shkalasi 
bo‘yicha suv 34-nuqtada qaynagan. Daniyalik amaliyotchi ixtirochi Daniel 
Farengeyt 1706 yilda o‘zining termometri uchun nolinchi nuqta sifatida suv, muz 
va osh tuzi aralashmasining sovuq haroratini tanlagan. Ikkinchi nuqta sifatida u 
“sog‘lom odam qonining harorati” deb ta’riflanadigan 96 gradus haroratni tanlagan 
(aslida Farengeyt uchun 96 soni shunchaki qulay bo‘lgan, chunki u 2 ga qoldiqsiz 
bo‘lingan, bu bo‘laklarni oson belgilash imkonini bergan. Biroq Farengeyt qonning 


191 
harorati odamning millati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishini hisobga 
olmagan. Hozirgi kunda sog‘lom odamning harorati 97 ... 100

G‘ (36 ... 37,7 ) 
oraliqda bo‘lishi isbotlangan, biroq daniyalik ixtirochi yashagan paytda odam 
tanasidan yaxshiroq termostat hali mavjud bo‘lmagan). Uning shkalasida muzning 
erish nuqtasi 32

ga, suvning qaynash nuqtasi esa 212

ga to‘g‘ri keladi. 1742 yilda 
astronomiya professori Andrea Selsiy nol – muzning erish nuqtasi, 100 – suvning 
qaynash harorati bo‘lgan shkalani taklif qilgan. 
Hozirgi kunda ilmiy va texnik ishlanmalarda odatda ikkita –selsiy va Kelvin 
shkalasidan foydalaniladi. Kelvin shkalasi bunda suv bir paytnig o‘zida uchta 
holatda – bug‘, suyuqlik va muz holatida bo‘ladigan, 4,58 mm simob ustuni 
bosimga mos keladigan suvning uchlanma nuqtasiga asoslanadi. Suvning 
uchlanma nuqtasining harorati 273,16 K yoki 0
ga teng deb qabul qilingan. 
Kelvin shkalasi chiziqli bo‘lib hisoblanadi, unda nolinchi nuqta (0 K) barcha 
harakatlanayotgan zarrachalarning kinetik energiyasi nolga teng bo‘ladigan 
haroratga mos keladi. Amaliyotda bu nuqtani olib bo‘lmaydi, u absolyut nol deb 
ataladigan sof nazariy kattalik bo‘lib hisoblanadi. Kelvin va selsiy shkalalari 
o‘rtasida 0,01
0
farq mavjud, bu nol gradus selsiy suvning uchtalik nuqtasi bilan 
emas, balki muz va namlikka to‘yingan havo atmosfera bosimida dinamik 
muvozanatda bo‘ladigan harorat bilan belgilanishi bilan izohlanadi. Bu ikkita 
shkala bir xil egilishga ega (ya’ni 1
= 1 K, 0 K = -273,15
): 
0
S = 
0
K – 273,15
0
(4.66) 
Suvning qaynash harorati 1
= 373,15 K ga teng. Farengeyt shkalasi 
ko‘proq tik egilishga ega, chunki 1
= 1,8 
0
F Selsiy va Farengeyt shkalalari -40
va 
0
F haroratda kesishadi. Qiymatlarni bir shkaladan boshqasiga o‘tkazish uchun 
quyidagi ifodadan foydalaniladi: 
0
G‘ = 32 + 1,8 (4.67) 
Bu 0
da Farengeyt shkalasi bo‘yicha harorat +32

F ga teng bo‘lishini 
bildiradi. 


192 

Download 408.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling