Harakat qanchalik tez bo‘lsa, zarrachaning harorati shunchalik yuqori bo‘ladi
Download 408.04 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'AK o\'quv qo\'llanma-189-195
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.6. Issiqlik uzatilishi
Issiqlik sig‘imi. Obyekt isitilganda uning harorati ortadi. Isitish deganda
obyektga ma’lum miqdordagi issiqlik yoki issiqlik energiyasini uzatish tushuniladi. Issiqlik obyektda atomlar vibratsiyasining kinetik energiyasi ko‘rinishida to‘planadi. Idishdagi maksimal mumkin bo‘lgan suv miqdori bilan obyekt yutishi mumkin bo‘lgan issiqlik miqdorini bir-biriga o‘xshatish mumkin. Tabiiyki, idishdagi suv miqdori uning idishning sig‘imi deb ataladigan hajmidan oshiq bo‘lishi mumkin emas. Huddi shunga o‘xshab har qanday obyekt issiqlik sig‘imi 195 bilan xarakterlanishi mumkin, u obyektning materialiga ham, m massasiga ham bog‘liq bo‘ladi: C = cm (4.74) Bunda s – materialning issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadigan konstanta. U solishtirma issiqlik sig‘imi deb ataladi va uning uchun quyidagi nisbat adolatli bo‘ladi: c = (4.75) Solishtirma issiqlik sig‘imi materialning o‘zini tasvirlaydi, issiqlik sig‘imi esa bu materialdan qilingan obyektning tavsifi bo‘lib hisoblanadi. Qat’iy qilib aytadigan bo‘lsak, solishtirma issiqlik sig‘imi butun haroratlar diapazonida ham, materialning barcha holatlarida ham doimiy kattalik bo‘lib hisoblanmaydi. U materialning holati o‘zgarganda, masalan, material qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tganda sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Mikroskopik darajada solishtirma issiqlik sig‘imi materialning struktura o‘zgarishini aks ettiradi. Masalan, 0 ... 100 harorat diapazonida (suyuq faza) suvning solishtirma issiqlik sig‘imi deyarli doimiy bo‘lib hisoblanadi. Deyarli – biroq butunlay emas, u muzlash harorati atrofida biroz yuqoriroq, 35 oralig‘ida va 38 ... 100 intervalda biroz pastroq bo‘lib qoladi. Shuningdek suvning eng past solishtirma issiqlik sig‘imi 37 ga, barcha issiq qonli mavjudotlarning biologik optimal haroratiga mos kelishi qayd qilingan. Shuni qayd qilish mumkinki, qoidaga ko‘ra, material qanchalik og‘ir bo‘lsa, uning solishtirma issiqlik sig‘imi shunchalik past bo‘ladi. 4.6. Issiqlik uzatilishi Issiqlikning ularni bilish zarur bo‘lgan ikkita fundamental hususiyati mavjud: Download 408.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling