Pedogogik texnologiyada tizimli yondashuv. Pedogogik texnologiyada loyihalash Reja


Download 1.02 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1331937
Bog'liq
texnologiya tizimi yondashuvi

Pedogogik texnologiyada tizimli yondashuv. Pedogogik texnologiyada loyihalash

Reja:

  • Pedogogik texnologiyada tizimli yondashuv.
  • Pedogogik texnologiyada loyihalash
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan tizimga kiruvchi ob’ektlar boshqa ob’ekt va hodisalar bilan birgalikda ko‘rilishi kerak. Hech bir tirik mavjudot, hech bir jamoa, hech bir sun’iy ob’ekt atrof-muhit bilan aloqasisiz mavjud bo‘la olmaydi. Lekin barcha aloqalarni amalda hisobga olishning iloji yo‘q, nazariy jihatdan ma’nosiz. 
  • Qo‘yilgan masala yechimiga katta ta’sir qiluvchi barqaror aloqalarni aniqlashning o‘zi yetarli. Mana shunday konkret maqsadni aniqlash uchun tizimli yondashuv tushunchasidan foydalanamiz. 
  • Demak, tizimli yondashuv pedagogik izlanishlarning metodologik asoslardan biri sifatida yaxlit pedagogik jarayonni tizim sifatida talqin qilish imkonini beradi. Tizimli tadqiq qilishda tahlil qilinayotgan ob’ektning ko‘pgina elementlari sifatida, ushbu elementlarning birgalikdagi xususiyatlari sifatida qaraladi.
  • Tizimli yondashuv har qanday ob’ektni anglash va tushunishda yetakchi umumilmiy yondashuv sanaladi; bu metodologiya yo‘nalishi ijtimoiy-ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyotda, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida o‘rganish yotadi.
  • Ushbu yondashuvni pedagogikada qo‘llash ilmiy bilimlarning variativ komponentlarini aniqlash imkonini beradi va u pedagogik tizim sifatida quyidagicha tavsiflanadi: yaxlitlik, aloqadorlik, tuzilishi va tashkillashuvi, tizim darajasi va ierarxiyasi, boshqaruv, tizim maqsadi va maqsadga muvofiqligi, tizimling o‘z-o‘zini tashkil qilishi, uning mavjudligi va rivojlanishi. 
  •  V.G. Afanasevning fikriga ko‘ra, zamonaviy olamda nazariy va amaliy muammolarni yechimida tizimli yondashuvning zarurligi “hayotning o‘zidan, ta’lim jarayonning yuqori darajadagi integratsiyasidan kelib chiqadi”, bunda “hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq”, bir muammoning yechimi boshqa ko‘pgina muammolar yechimiga bog‘liq, “muammolar tizimli va kompleks xarakter”ga ega.
  • Tizimli tafakkurga ta’rif berishdan oldin “tafakkur” atamasini ko‘rib chiqamiz. Kichik Akademik slovarda tafakkuru shunday tariflanadi: insonning fikr yuritish, mulohaza qilish, xulosa chiqarish qobiliyati; ob’ektiv borliqni ong orqali aks ettirishning asosiy bosqichi. Falsafiy lug‘atda “tizimli yondashuv” atamasi faol ishlatilsada, ko‘zga tashlanmaydi
  • Loyihalar predmet va uning yo`nalishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo`yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat, oldindan ko`ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo`ladi
  • Tashhis, oldindan ko`ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog’ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog’liq.
  • Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo`llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida o`quvchi va o`quvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur.
  • Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o`quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o`quv qo`llanmalar muhim manba bo`lib xizmat qiladi
  • Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo`la yoki birin-ketin anglanishiga bog’liq. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  •  1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  • 2.Avazov Sh. Ekologicheskoe vospitanie starsheklassnikov selskoy shkolы v protsesse kraevedcheskoy deyatelnosti: Avtoref. diss….kand.ped.nauk.-Tashkent, 1993. -19 s.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling