҆s
qo‘shiladi yoki
of
predlogidan foydalaniladi.
the problems of the poor – qashoqlarning muammolari
poor people’s problems – qashshoqlarning muammolari
(NOT the poor’s problems)
Ro‘yxatdagi otlarni umumiy ma’noda ifodalash uchun the artiklidan foydalanish yoki
many, more kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash kerak bo‘ladi.
This government doesn’t care about the poor.
Bu hukumat nochorlarga g‘amxo‘rlik qilmaydi.
There are more unemployed than ever before.
Ilgarigiga qaraganda ko‘proq ishsizlar bor.
Lekin, yuqorida sanab o‘tilgan otlar “both … and …” bilan ifodalanganda the artikli
bilan qo‘llanilishi mumkin emas.
opportunities for both rich and poor – ham boylar ham nochorlar uchun imkoniyatlar
11. Bir nechta –sh yoki –ch bilan tugovchi millatni ifodalagan sifatlar mavjud: Irish,
Welsh, English, British, Spanish, Dutch, French. Ana shu sifatlar oldidan the artiklini
ishlatib, otga aylantirish mumkin.
The Irish are very proud of their sense of humor.
Irlandlar o‘zlarining yumorga bo‘lgan sezgilaridan juda g‘ururlanishadi.
Sanab o‘tilganlar the bilan kelganda ko‘plikdagi ot bo‘ladilar. Birlikdagi ot bo‘lishi
uchun esa an Irishwoman, a Welshman kabi ko‘rinish oladi.
Boshqa millatni ifodalagan sifatlar bunday usulda otga aylanmaydilar. Masalan:
Danish (adj) – Daniyaga oid (sifat)
The Danes (noun) – Daniyaliklar (ot) (NOT The Danish)
Do'stlaringiz bilan baham: |