1 Olmos Rahmonov
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Adjective and Adverb by Olmos Rahmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 Olmos Rahmonov
- 12 Olmos Rahmonov
Attributive Adjectives
chief – bosh elder – katta (oilada)
eldest – eng katta (oilada) former – sobiq
indoor – ichki (bino ichi) inner – ichki
live – tirik, jonli little – kichkina (Note: ravish bo‘lganda bunday ma’no bermaydi)
outdoor – tashqi (tashqari) outer – tashqi
principal – bosh, asosiy sole -
main – bosh, asosiy
upper – yuqori only – yagona (Note: ravish bo‘lganda bunday ma’no bermaydi)
old – eski (munosabat, rishta kabilarni nazarda tutganda)
This is my elder son. Bu mening katta o‘g‘lim.
Kunning asosiy muammosi ishsizlikdir.
Shamollash yuqori nafas yo‘llari infeksiyasidir.
U tirik dinozavrni ko‘rganini aytdi. 11 Olmos Rahmonov
Bruce is an old friend of mine.
Bryus mening eski do‘stim.
A little old man came into the shop. Kichkinagina keksa bir kishi do‘konga kirdi.
8. Agar bitta ot oldidan bir xil xususiyatni ifodalovchi bir nechta sifatlar joylashsa, ularning orasida vergul ishlatiladi.
a blue, red, white, green flag – havorang, qizil, oq va yashil rangli bayroq (faqat ranglar) a lovely, long, cool, refreshing drink – chiroyli, baland stakandagi, salqin, tetiklantiruvchi ichimlik (faqat moddiy jihatdan tasvirlovchi sifatlar) an expensive, ill-planned, wasteful project – qimmat, yomon rejalashtirilgan, behuda loyiha (faqat salbiy ma’no beruvchi sifatlar)
Lekin qisqa va lo‘nda sifatlar qatorlashsa vergul tushirib qoldirilishi ham mumkin. a tall (,) dark (,) handsome cowboy – uzun bo‘yli qorachadan kelgan kelishgan kavboy.
9. Agar sifatlar kesim tarkibida qatorlashib kelsa, oxirgi sifat oldidan “and” ishlatiladi.
He was tall, dark and handsome. U uzun bo‘yli, qorachadan kelgan va kelishgan edi.
Sen xuddi qishki kundek: kalta, qorong‘u va kirsan.
My soul is exotic, mysterious, incomprehensible. Mening qalbim g‘alati, sirli, tushunib bo‘lmas ahvolda.
Sifatlar otning oldidan qatorlashib kelganda “and” ishlatilmaydi.
an angry young man – jahli chiqib ketgan yosh yigit (NOT an angry and young man)
a big beautiful garden – katta chiroyli bog‘ Biroq, bir biriga o‘xshash sifatlar ot oldidan qatorlashib kelsa, “and” ishlatilishi ham ishlatilmasligi ham mumkin. Bu holat, ayniqsa, ijobiylikni ifodalagan sifatlar yoki salbiylikni ifodalagan sifatlar qatorlashib kelganda uchrab turadi.
12 Olmos Rahmonov
a cruel (and) vicious tyrant – shavqatsiz (va) yovuz rahbar a warm (and) generous personality – iliq (va) saxiy shaxsiyat an ill-planned, expensive (and) wasteful project – yomon rejalashtirilgan, qimmat (va) behuda loyiha Bitta narsaning har xil turlarini, bitta narsaning har xil qismlarini ifidalash uchun sifatlar otning oldidan qatorlashtirilganda “and” ishlatilishi shartdir.
a yellow and black sports car – sariq va qora rangli sport avtomobili a concrete and glass factory – beton va shisha zavodi hot and cold drinks (= hot drinks and cold drinks) – issiq va salqin ichimliklar
Shuningdek, bitta narsaning ikki yoki undan ortiq sinflarga tegishli ekanligini ifodalasak, “and” ishlatilishi kerak.
It's a social and political problem. Bu ijtimoiy va siyosiy muammo. She's a musical and artistic genius. U musiqa va san’at dahosi.
Norasmiy ingliz tilida sifat yoki ravish oldidan “nice and” jumlasi ishlatilgan holatlar uchraydi. Shu jumla “pleasantly – yoqimli”, “suitably – mos ravishda” ma’nolarini anglatayotgan bo‘ladi.
It's nice and warm in front of the fire. (= pleasantly warm) Gulxanning oldi yoqimli iliq.
The work was nice and easy. Ish kutilgandek (mos ravishda) oson edi.
Now just put your gun down nice and slow. Endi esa qurolingni sekingina qo‘y.
10. Ba’zi sifatlar oldidan “the” artikli qo‘llanilganda, shu sifatga ega odamlarning guruhini ifodalovchi ko‘plikdagi ot vujudga keladi. Bunday sifatlardan hosil qilingan otlar ingliz tilida “well-known groups” deb yuritiladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling