26 Olmos Rahmonov
ADVERB POSITION (1): INTRODUCTION
RAVISHNING GAPDA JOYLASHISHI (1): KIRISH
Turli xil ravishlar gapning turli xil qismlarida joylashishi mumkin. Joylashuv qoidalari
bilan tanishib chiqamiz. Shuni yoddan chiqarmasligimiz kerakki, bitta ravish bitta
so’zdan iborat bo’lishi ham, bir nechta so’zlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Masalan:
here – shu yerda (Adverb of Place – O’rin ravishi)
often – tez-tez (Adverb of Frequency – Takroriylik ravishi)
in the house – uyda (Adverb of Place – O’rin ravishi)
once every six weeks – har olti haftada bir marotaba (Adverb of Frequency –
Takroriylik ravishi)
Shuning uchun, gapda ravishning biror o’rinda joylashuvi qaralayotgan paytda,
avvalambor ravishni taniy bilish, qaysi turga mansub ekanligini ajrata bilish talab
qilinadi.
1. Verb and Object (Fe’l va To’ldiruvchi)
Agar fe’l o’timli bo’lib, uning to’ldiruvchisi mavjud bo’lsa, shu fe’l va uning
to’ldiruvchisi orasida ravish joylashtirilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: