2.Operasion tizimlarning omillar bo’yicha tavsiflanishi: razryadli, buyruqli va obyektga yo’naltirilgan, bir va ko’p masalali, tarmoq operasion tizimlar.
Opеratsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay muloqotni (intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni qoshimcha ravishda ornatiladigan xizmat korsatuvchi dasturlar toplami toldirib turadi. Bunday dasturlarni kopincha utilitlar va drayverlar dеb ataladi.
Hozirda operatsion tizimlarning juda kop turlari mavjud bolib ulardan quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar.
Qobiq dasturlar –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan kompyuter bilan qulayroq va korgazmali muloqot ornatish imkoniyatini beradi.
MS DOS operatsion tizimi bir vaqtlar inson bilan kompyuter ortasida vositachi rolini oynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin ozi rivojlanish natijasida haddan ziyod kop buyruqlar bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida yangi vositachi ishlab chiqish extiyoji tug’ildi va natijada operatsion tizimning qobiq dasturlari yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion tizim boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion tizim bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dastur mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi: diskdan kataloglar ro’yhatini to’liq ekranga chiqarish, faylllarni qayata nomlash, fayllarni o’chirish, katalog (papka)larning pog’onalik strukturasini ko ‘rish, bir kataloglardan boshqa kataloglarga o’tish, kataloglar hosil qilish, katalogni qayta nomlash va o’chirish, matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |