1. Operasion tizim tushunchasi va uning turlari. Operasion tizimlarning omillar bo’yicha tavsiflanishi Tarmoq operasion tizimlari


Download 23.3 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1441833
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 mavzu Operatsion tizimlar va ularning turlari Windows operatsion

Nazorat savollari
1. Operatsion tizim tushunchasi.
2. PK ning operatsion tizimsining asosiy turlari.
3. DOSoperatsion tizimsi.
4. UNIXoperatsion tizimsi.
5. DOSoperatsion tizimsining asosiy operatorlari.
6. BIOShaqida tushuncha.
7. DOSoperatsion tizimining afzalliklari.
Windows operasion tizimida fayillar bilan ishlash.
Microsoft kompaniyasi, foydalanuvchilarga grafik interfeys va bir nechta ilovalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini berdi. Windowsning birinchi tizimlari, MS DOS OT bilan ishlaydigan qobiq dasturdan iborat edi. U MS DOS tizimidan ishga tushirilar va shundan MS DOS markaziy prosessorni himoyalangan rejimga o’tkazar hamda bir nechta masalani parallel bajarilishini tashkil etar edi. Grafik interfeys mavjudligi va uni Microsoft tomonidan keng ko’lamda quvvatlanish shunga olib keldiki, ko’pgina yangi dastur mahsulotlari shu yangi imkoniyatlarga mo’ljallab ishlab chiqildi. Vaqt o’tishi bilan Microsoft kompaniyasi, hisoblashlar ishonchliligi va uning samaradorligini ta’minlashga e’tiborini qaratdi, ammo foydalanuvchiga tushunarli va umuman qulay interfeys bilan ta’minlash asosiy masala bo’lib qoldi.
UNIX OT oilasi. UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va ko’p foydalanuvchili oddiy opеratsion tizimdir. O’z vaqtida, u dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchii instrumental tizim sifatida loyihalashtirilgan edi. UNIXning har xil xususiyatlarga ega bo’lgan versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi juda kichik operativ xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarda foydalanish mumkin bo’lgan bo’lsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin bo’lgan, yuqori darajali tilni ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko’chirib o’tkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega bo’ldi. C tilidan o’tkazuvchi kompilyator hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi.
Free BSD operatsion tizimi. Linux OTdan tashqari erkin tarzda tarqatiladigan operatsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSDni ham aytish mumkin. Bu С lar orasidagi prinsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga ko’ra, Linux tizimiga har kim o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u o’zini kodini ochiq holda qoldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Ko’pchilik, berilgan matnlar va tayyor echimlardan foydalanishni xohlaydilar, ammo o’z dasturiy ta’minot sirlarini ochiq keltirmaydi. Shuning uchun ham, bu operatsion tizim uchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Har bir kompaniya o’z operatsion tizimidan tashqari unga o’z installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta to’plamini qo’shadi. Bunda u, o’z tizimiga o’zining o’zgarishlarini boshqalar bilan kelishmasdan kiritishi mumkin.
Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT o’z koordinatoriga egadir, bu Koliforniya Berkli universitetidir. Xohlagan odam bu operatsion tizim kod matnlarini o’rganishi va unga o’z o’zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu o’zgarishlar kiritiladigan so’z emas, hatto o’zgarishlar foydali bo’lsa ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor.
Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga o’xshash operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro prinsipida qurilgan.
Windows oilasiga mansub operatsion tizimlar. Birinchi Windows tizimi 1985 yil noyabrida yuzaga kelgan, bu vaqtda i80 286 prosessori asosida kompyuterlar keng tarqalgan edi.
Keyin OS/2 OT ishlab chiqildi. Windows NT OS/2 loyihasidan kelib chiqdi (versiya 3.0).
Windows operatsion tizimlari faqat IBMga mutanosib shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun yaratilgan. Ular boshqa platformalarga ko’chirib o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega emas. Hamma Microsoft dasturiy ta’minoti kabi, operatsion tizim berilgan kodlari yopiqdir, shuning uchun ham ularning arxitekturasining to’liq tasnifi yo’qdir, faqat bu tizimlardan qanday foydalanish tavsiflarigina mavjud.
Windows operatsion tizimlari oilasi, asosan uy sharoitida, korporativ qo’llashga emas, foydalanishga mo’ljallangan. Ularda bir nechta foydalanuvchi kompyuterlari bilan ishlash imkoniyati ko’zda tutilgan bo’lsa ham, lekin qayd qilish mexanizmi ishlamaydi. Har bir foydalanuvchi o’z ishchi muhiti, o’z ishchi stoli ko’rinishi, masalalar paneli tarkibi va «Пуск» menyusi, foydalaniladigan dastur sozlash parametrlariga v hokazolarga egadir.
IBM kompaniyasining OS/2 warp OT lari oilasi. OS/2 OT lari, shaxsiy kompyuterlar uchun eng ko’p parametrlar bo’yicha eng yaxshi OT bo’lganligi va asosiy raqobatchilardan ancha oldin yaratilganligiga qaramasdan juda ommaviylashmadi va keng tarqalmadi ham.
Buning asosiy sababi, - uning sifati emas, balki tijorat qonunidir, ya’ni balki reklama sustligi, bozorda oldingi o’ringa chiqish uchun harajatlar ajratish va h.k.lar.
Birinchidan, IBM kompaniyasi bu OT ni dasturiy ta’minot bozoriga olib chiqmasdan, korporativ mijozlar bilan o’z amaliyotini davom ettirdi, chunki IBM PC birinchi navbatda shaxsiy kompyuterdir.
Ikkinchidan, IBM kompaniyasi, asosan foydani tizimli dasturiy ta’minot orqali emas, balki serverlar va boshqa qurilmalar orqali qilar edi. OS/2 OT keng tarqalishi uchun o’quv darsliklar, reklama va h.k.larga e’tibor berish kerak edi. Ammo bunday bo’lmadi, shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu tizim bilan ko’pchilik tanish emas. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, o’z vaqtida bu tizimni o’rgangan va mos dasturiy ta’minotni yaratgan korxona va tashkilotlar, hanuzgacha ommaviy bo’lgan Windows NT/2000/XP OT lariga o’tmaydilar, chunki ular yaxshigina katta tizimli resurslar talab qiladilar.
OS/2 ning oxirgi versiyalari, o’z nomlarida warp so’ziga ega, bu esa ingliz tilidan “asos” deb tarjima qilinadi, chunki har yangi versiya oldingisiga tayanadi.
Linux operatsion tizimi. Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarqatiladigan UNIX – tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi koddan foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi shart. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsenziyali tarqatiladi.
Shunday qilib, Linux tizimi ko’p sonli dasturchilar va internet orqali bir-biri bilan muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi.
Boshida Linux tizimi, “qo’lbola” UNIX ga o’xshash tizimi sifatida i80 386 prosessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo’ljallangan edi. Ammo keyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko’p kompaniyalar qo’llab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operasion tizimning amaldagi versiyalari deyarli hamma tipdagi prosessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy interfeys va texnalogiyalarni qo’llaydi.
Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’laqonli operasion tizimdir (xuddi UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallel holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashini bildiradi.



Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling