1. Optik signal retranslyatorining vazifasi nimadan iborat


Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy parametrlari


Download 460.67 Kb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi460.67 Kb.
#1136412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

15.3. Sinxronizatsiya tizimlarining asosiy parametrlari

Sinxronizatsiya tizimlarining ikkinchi toifali parametrlariga sinxrosignalning vander taxlili bilan bog’liq bo’lgan TIE (vaqt oralig’i xatoligi), MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi), TVAR (vaqt bo’yicha variatsiya), TDEV (vaqt bo’yicha daviatsiya) parametrlari ham kiradi.




15.3.1. Vaqt oralig’i xatoligi - TIE

Buning uchun uzatiluvchi va qabul qilinuvchi Re 2 raqamli signalni, Re 1 etalon signal bilan solishtirish jarayonini qarab chiqamiz (12.18-rasm).




15.18-rasm. TIE tushunchasi


Rasmdan ko’rinib turibdiki, etalon signalga nisbatan Re 2 signali faza bo’yicha surilishga ega. Bunday surilish vaqt bo’yicha surilish – TIE (Time interval error) nomini olgan va uni vaqt parametri orqali baholash mumkin. Sinxrosignal bilan etalon signalni solishtirish orqali, TIE parametrlarini oldingi qiymati, TIE parametrlarining kuzatish vaqtiga har xil bog’liqligi va TIE parametrlarining maksimal qiymati o’lchanadi. TIE parametrlarini o’lchash absalyut birliklar singari, keltirilgan birliklar (masalan U1) da ham amalga oshadi. Bu erda U1 – bu berilgan uzatish tizimi orqali 1 bit axborotni uzatish uchun lozim bo’lgan vaqt.

15.4. Vaqt oralig’ining maksimal xatoligi – MTIE


TIE parametri, sinxrosignal parametrlarini taxlil qilish uchun me’yordagi baholashni bermaydi. Buning uchun etalon signal bilan solishtiriladigan erkin sinxrosignalni qarab chiqamiz. (12.19-rasm).


Bunda ma’lum diskretizatsiyalash qadami bilan TIE qiymati o’lchanadi. O’lchash, o’lchanadigan T vaqt davomida amalga oshadi. Buning uchun TIE parametridan eng katta og’ishni maksimal baholovchi o’lchash oralig’i parametri (S) ni kiritamiz. Bu parametr MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi) nomini olgan. Shunday qilib, MTIE quyidagicha aniqlanadi:

MTIE = TIEmaxS- TIEminS


15.19.-rasmda TIE va MTIE parametrlari ko’rsatilgan.


15.19-rasm. TIE va MTIE parametrlari


MTIE parametrlarining qiymati S oralig’ining o’lchamiga bog’liq. Odatda sinxrosignal xarakteristikalari sifatida, sinxronizatsiya manbalarining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanuvchi MTIE (S) bog’lanishi qo’llaniladi.


MTIE parametrlarini o’lchash uchun 1 s dagi S kuzatish oralig’i qo’llaniladi. Bu parametr nafaqat vander kabi, balkim djitter kabi ham ta’sir qiladi. Shunday qilib MTIE parametriga vander ta’sir qiladi.

Download 460.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling