1. Optik signal retranslyatorining vazifasi nimadan iborat


SDHda TIE va MTIE parametrlari


Download 460.67 Kb.
bet5/6
Sana28.01.2023
Hajmi460.67 Kb.
#1136412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

15.5. SDHda TIE va MTIE parametrlari

Biz TIE parametrlarining qanday bog’liqligini va TIE parametri bo’yicha chastota surilishini qanday baholash mumkinligini qarab chiqamiz. Masalan tarmoqda sinxronizatsiya og’ishi (t=10-11 ) ro’y bergan deb faraz qilsak (4.20.-rasm), bunday, og’ish, har biri 15400 sekund (4.2 soat) bo’lgan ko’rsatkichlarni og’ishiga olib keladi.


Berilganlarni 155,520 Mbit/s tezlikda uzatganda, bir bitni uzatish uchun:

tv=1/t=6.4x10-9 s


vaqt lozim va bitta ko’rsatkichning surilishi, vaqtli surilishning TIE=154 nsga teng. Demak bitta siljish uchun yuzaga keluvchi vaqt 33.4 msga teng va SDH tizimlarida sinxronizatsiyaning buzilishi, ko’rsatkichlarni siljishiga olib keladi.




15.20-rasm. Chastota nomo’tadilligi va ko’rsatkichlarning siljishi.




15.6. Sinxronizatsiya signallari va ularning mo’’tadilligiga ta’sir qiluvchi omillar

Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiyaga erishish uchun avvalo tarmoqning barcha qurilmalari orqali taktli chastota haqida axborot berish lozim. Bunday maqsadlarda sinxrosignallar qo’llaniladi. Bu signallar liniya signallari bilan birgalikda yoki alohida signallar ko’rinishida berilishi mumkin. Tarmoq bo’yicha sinxrosignallarni uzatish jarayonida ular har xil ta’sirlarga uchraydi. Natijada signalning sifati pasayadi va tarmoqda sinxronizatsiya parametrlarining buzilishiga olib keladi. Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarida sinxronizatsiya signallarini yoki signal saqlovchilarining mo’tadiligini buzilishi tashqi elektrik shovqinlarni fizik sababi va uzatish liniyasining fizik parametrlarini o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari yana algoritmik sabablar (masalan ko’rsatkichlarning siljishi) tufayli ham yuzaga keladi.


Taktli chastotaning nomo’tadilligi signal saqlovchisining fazali titrashi deb ataladi. Signalning fazali titrashini chastotaga bog’lanishi 10 Gtsdan yuqori bo’lsa djitter, 10 Gts dan past bo’lsa vander deb ataladi. Djitter har xil zanjir va qurilmalarda o’zgaradi. Vander fazali sinxronizatsiya zanjiri bo’yicha o’zgarishsiz o’tadi, zanjirda yig’ilishi va sinxronizatsiya tizimiga ta’sir qilishi ham mumkin. Chastota nomo’’tadilligining asosiy sabablari:
-elektromagnit interferentsiya;
-qabul qilgichdagi sinxronizatsiya zanjiriga ta’sir qiluvchi shovqinlar;
-trakt uzunligining o’zgarishi;
-saqlovchi axborotlarni o’z vaqtida tushmasligi.
Chastota nomo’tadilligining asosiy algoritmik sababi, bitli yoki baytli usulni qo’llaganda tezliklarni tenglashtirish rejimi hisoblanadi, masalan, ko’rsatkichlarning siljishi. Qabul qilgich va uzatgichning sinxronizatsiyalovchi generatori uchun shovqinlarni ta’sir qilish mexanizmi, odatda fazaviy avtosozlovchi zanjirida yuzaga keladi. Bunda har xil tuzilishga ega bo’lgan shovqinlar qabul qilingan signalga va saqlanuvchi signalga ta’sir ko’rsatadi. Natijada chastotani fazaviy avtosozlovchi xalqada saqlovchi signalni noto’g’ri qabul qilish ehtimolligi oshadi. Noto’g’ri qabul qilingan saqlovchi signal tufayli tizim o’zini ushlab turish rejimidan chiqadi.
Trakt uzunligining o’zgarishi, harorat tufayli kengayish yoki uzatish muhitining siqilishi tufayli yuzaga keladi. Trakt uzatganda, qabul qilgichning kirishidagi uzatish tezligining samaradorligi kamayadi. Chunki juda ko’p bitlar uzatish muhitida yig’iladi. Trakt qisqarganda esa uzatish tezligi oshadi. Demak trakt uzunligining o’zgarishi tizimning sinxronizatsiya chastotasiga ta’sir qiladi, chunki uzatish tezligining o’zgarishi tizimning sinxronizatsiya chastotasini asosiy nomo’tadillik parametrlariga ekvivalentdir. Saqanuvchi axborotlarni vaqtida tushmasligi esa quyidagicha:
- raqamli uzatish tizimlarida kodlarga bo’lgan asosiy talablar shundan iboratki, liniyaning oxiridagi qabul qilgichda taktli chastota tebranishini saqlashni va saqlanuvchi axborotlarni etarli darajada aniqlashni ta’minlashi lozim. Agar saqlanuvchi axborotning sathi raqamli signalga bog’liq bo’lsa, unda taktli chastota tebranishlaridan qayta tiklangan fazali titrashlar saqlashga bog’liq bo’lgan impulslarning kichik zichligiga nisbatan vaqtdavri davomida oshadi. Fazali titrashlarning amplitudasi nafaqat impulslarning zichligiga bog’liq, balkim raqamli signalning tuzilishiga ham bog’liq. Masalan, axborotlarni saqlash zichligini oshirish, AMI liniya kodlarini HDB-3 kodlariga o’zgartirishga olib keladi.



Download 460.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling